Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

birinchidan, iqtisodiy vazifa sifatida mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani 
amalga oshirish uchun o‗tkazilayotgan demokratik va iqtisodiy islohotlarning 
umumiy maqsadlari bilan birlashgan qatnashchi davlatlar rahbarlarining yagona 
siyosiy idorasi zarur; 
ikkinchidan, xususiy biznesga va xorijiy investorlarga ishonch sharti sifatida 
barqaror makroiqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat integratsiya ittifoqi a‘zosi 
bo‗lgan mamlakatlar iqtisodiyoti integratsiyasi muvaffaqiyatli qadam tashlashining 
muhim sharti hisoblanadi.


99 
uchinchidan mintaqaviy integratsiya erkin savdo zonasini, so‗ngra bojxona, 
to‗lov va valyuta ittifoqini tashkil etishga doir kompleks chora-tadbirlar sifatida asta-
sekin, izchil amalga oshiriladigan jarayon ekanligini esda tutish zarur, bunda har bir 
bosqichda qatnashchilardan har birining manfaatlari va xulosalari kelishilishi kerak; 
to„rtinchidan, rivojlangan infratuzilmasi (transport, aloqa, gaz, neft quvurlari, 
oziq-ovqat tashish va boshqa kommunikatsiyalar) mavjudligi mintaqaviy 
integratsiyaning hal qiluvchi sharti hisoblanadi, ulardan integratsiya hamdo‗stligi 
barcha a‘zolarining manfaatlari yo‗lida samarali foydalanish zarur. 
Iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilardan iboratdir: 
1. Erkin savdo hududi, uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o‗zaro savdo 
to‗siqlarini bekor qiladilar, lekin ularning har ikkalasi uchinchi mamlakatlarga 
nisbatan savdo to‗siqlarini buzmaydi. Bunday hududda qatnashuvchi mamlakatlar 
chegaralaridagi bojxona nazorati saqlab qolinishi kerak. Uning maqsadi – qo‗shni 
qatnashchi mamlakatlarning sustroq bojxona to‗sig‗i orqali uchinchi mamlakatlardan 
hududga kirib keluvchi import mollar uchun soliq undirish yoki uni ta‘kiklashdan 
iborat (bu qoida uchinchi mamlakatlarga mol eksport qilishga ham taalluqlidir). 
Bunga 1960 yillarda tashkil topgan Yevropa erkin savdo uyushmasi (YEESU) misol 
bo‗la oladi. Unga 6 mamlakat birlashgan bo‗lib, uning asosiy vazifasi davlatlararo 
erkin savdoni yuritishdan iboratdir. YEESU integratsiyaning quyi shakli bo‗lib 
hisoblanadi, chunki u muntazam kooperatsion aloqalarni bildirmaydi. MDH 
mamlakatlari o‗rtasidagi bitim erkin savdo zonasiga ikkinchi bir misoldir. 
O‗zbekiston erkin savdo o‗rtasida Ozarbayjon, Armaniston, Belarussiya, 
Qozog‗iston, Moldaviya, Rossiya va Ukraina bilan shartnomalar tuzgan. Bu 
shartnomalarga binoan tomonlar mazkur mamlakatlardan chiqariladigan va ular 
hududiga olib kiritiladigan tovarlardan bojxona to‗lovi olmaslik majburiyatini qabul 
qilgan. Shu asosida O‗zbekiston shartnoma tuzilgan davlatlardan chiqariladigan va 
respublika hududiga olib kiriladigan tovarlardan boj olmaydi. 
2. Bojxonalar ittifoqi. Bunda qatnashchi mamlakatlar o‗zaro savdoda barcha 
cheklanishlarni bartaraf etibgina qolmay, tashqi savdo to‗siqlarining yagona tizimini 
ta‘sis etadilar. Bu bilan ichki chegaralarda bojxona xizmatini saqlash zaruriyatini 


100 
soqit qiladilar. Yevropa ittifoqi (YEI) bojxona ittifoqiga misoldir. Yevropa ittifoqiga 
1958 yilda asos solingan bo‗lib, 1993 yilga kelib u G‗arbiy Yevropadagi 12 
mamlakatni birlashtirdi. Bu uyushmaninig asosiy vazifasi ishtirokchi mamlakatlar 
doirasida resurslar, tovarlar va xizmatlar harakatini milliy chegaradan xoli ravishda 
erkin ko‗chib yurishini ta‘minlash, umummiy bozorni vujudga keltirish, bozor 
vositasida tovarlarni davlatlararo taqsimlab, aholi talab-ehtiyojini qondirishdir. YEI 
tarzida G‗arbiy Yevropa bojxona ittifoqining tuzilishi savdo integratsiyasi natijalarini 
amaliy baholash imkonini tug‗diradi. Dunyodagi eng atoqli iqtisodchilarning fikricha, 
YEI doirasida bojxona ittifoqi natijasida savdoning o‗sishi ko‗proq bo‗ladi. 
3. Umumiy bozor. Uning doirasidagi qatnashchilar savdodan tashqari ishlab 
chiqarish omillarining barchasini bemalol ko‗chirish (ishchi kuchi va sarmoya 
migratsiyasi) erkinligiga ham ega bo‗ldilar. Bunga yana o‗sha Yevropa iqtisodiy 
ittifoqi yoki Yevropa umumiy bozori misol bo‗la oladi. Uning hozirgi rasmiy nomi - 
Yevropa ittifoqidir. 
4. To‘la iqtisodiy ittifoq. Bunda qatnashchi mamlakatlar o‗z iqtisodiy 
siyosatlarini, shu jumladan, pul, soliq va ijtimoiy siyosatni, shuningdek, savdoga 
hamda ishchi kuchi va sarmoya oqimiga taalluqli siyosatni bir xillashtiradi.
Dunyoda davlatlarning necha o‗nlab iqtisodiy birlashmalari mavjud. ASEAN 
(Janubiy Sharqiy Osiyo) mamlakatlari o‗rtasida kooperatsiya aloqalari faol 
rivojlanmoqda. MDH mamlakatlari doirasidagi iqtisodiy hamkorlik ayniqsa
O‗zbekiston, Qozog‗iston va Qirg‗iziston o‗rtasida tuzilgan Markaziy Osiyo umumiy 
bozorini tashkil etish haqidagi bitimni ham tilga olib o‗tish kerak. Shimoliy Amerika 
iqtisodiy ittifoqi (NAFTA) to‗g‗risidagi bitimga katta umid bog‗lanmoqda. Jahonda 
rivojlanayotgan yosh mamlakatlarga xos, lekin barqaror bo‗lmagan boshqa 
integratsiya 
uyushmalari 
ham 
bor. 
Ularning 
ishtirokchilari 
o‗tmishdagi 
mustamlakalar bo‗lib, iqtisodiyoti bir yoqlama, ya‘ni xom ashyo etkazishga 
asoslangan, shu sababli bir-birini to‗ldirib, yagona kompleksni tashkil eta olmaydi. 
Integratsion aloqalarning paydo bo‗lishi jahon xo‗jaligiga xos voqelik, ammo ular 
umumiy tus olish uchun hamma mamlakatlarda sharoit muhayyo bo‗lishi kerak. 


101 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling