Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
§ 5.4. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalarning tutgan
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
- Bu sahifa navigatsiya:
- iqtisodiy integratsiya
§ 5.4. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalarning tutgan
o„rni va ulardan samarali foydalanish yo„nalishlari Ma‘lumki, jahon xo‗jaligida integratsion birlashmaga qo‗shiluvchi davlatlar iqtisodiyoti o‗zaro aloqalarni olib boruvchi hamkorlarga xos umumiy jarayonlarni amalga oshirgan holda milliy iqtisodiyotga ijobiy ta‘sir ko‗rsatib kelmoqda. Ba‘zi bir hollarda salbiy jihatlar qayd etilgan bo‗lsada ham, ya‘ni: bozor miqyosining kengayishi. Bunda kapital aylanmasining tezligining oshishi ba‘zi-bir rivojlanayotgan mamlakatlar uchun katta ahamiyat kasb etishi; integratsiya jarayonlarida ishtirok etuvchi mamlakatlar o‗zlarining milliy xo‗jaliklarida ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishi; integratsion blok a‘zosi bo‗lgan davlatlar guruhining obro‗-e‘tiborining oshishi, ushbu davlatlar uchun turli savdo-iqtisodiy muzokaralarda yaxshi mavqega ega bo‗lishligini ta‘minlashi; integratsion bloklarning ishtirokchi mamlakatlarda axborot texnologiyalar bo‗yicha ayriboshlash sur‘atlarini tezlashishi, eksport mahsulotlarning tannarxini kamayishiga va raqobatbardoshligini oshishiga yordam berishi; integratsion jarayonlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy muammolarni hal etish imkonini beruvchi mamlakatlar o‗rtasidagi migratsion aylanmaning kengayishiga olib kelishi. 104 Jahon iqtisodiyotida integratsion jarayonlarning yaqqol ko‗zga tashlanuvchi salbiy oqibatlarini quyidagi holatlarda namoyon bo‗lishi mumkin: iqtisodiyoti kuchsizroq mamlakatlardan resurslarning (tabiiy va inson) iqtisodiyoti kuchli hamkorlar tomonga oqib o‗tishida; kompaniyalar (firmalar) oshkor bo‗lmagan o‗zaro kartel bitimlari va birlashmalari natijasida yirik TMKlar ahamiyatining kuchayishiga olib kelishida; integratsion bloklar byurokratik institutlarning faoliyat ko‗rsatishlari natijasida katta miqdordagi harajatlarni vujudga kelishida. Aytish joizki, hozirga qadar chop etgan ko‗plab ilmiy asarlarda shunday holat ko‗rinmoqdaki, integratsion guruhda u yoki bu mamlakatlar ishtirok etishining ijobiy yoki salbiy tomonlarini baholash juda murakkabligicha qolmoqda. Iqtisodiy integratsiyadan ichki bozori kichik, resurslarga kambag‗al, jahon YAIMda kam ulushga ega bo‗lgan davlatlar ko‗proq iqtisodiy samara olishi mumkin. Jahon iqtisodiyotining o‗ziga xos xususiyatlaridan biri – uning qamrovi kengayib borayotganligidandir. Ushbu jarayonlar quyidagi muhim holat natijasi hisoblanadi: bir tomondan, amaliyotda tobora ko‗proq milliy bozorlarning yaratilishi, milliy iqtisodlarning tashqi aloqalarga urg‗u berishi bo‗lsa, ikkinchi tomondan, xalqaro xo‗jalik munosabatlarini rivojlantirish va chuqurlashtirish yo‗lida uchraydigan transport, kommunikatsiya sohalarida g‗ov – to‗siqlarni darhol bartaraf etuvchi texnologik innovatsiyalar bo‗lib hisoblanadi. Bugungi kunda integratsiya jarayoni kuchayib bormoqda va bu sharoitda jahon iqtisodiga qo‗shiluvning tub bahosi yuz chandon ortib ketmoqda. 1980 – yillarning o‗rtalaridan boshlab jahon iqtisodi xalqaro savdo va xalqaro moliyaviy muomalalar haddan tashqari yuqori sur‘atlar bilan o‗sayotgan davrga qadam qo‗ydi. O‗tgan davr ichida xalqaro savdo oboroti hajmi bir yilda o‗rtacha 6,5 foizga, xalqaro xizmatlar savdosi 2,4 marta ko‗paydi, xalqaro savdoning yalpi mahsulotlaridagi salmog‗i oldingi 10 yillikdagiga nisbatan 2 marta ko‗proq oshdi. Bu milliy iqtisodlar kashfi tezlashganidan, ularning bir – biriga muhtojligi kuchayib borganligidan dalolat bermoqda. Shuning uchun ham aksariyat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy integratsiya – xo‗jalik faoliyatining internatsionallashuvida 105 oliy bosqich bo‗lib, o‗ziga xos huquqiy tizimlari bilan ajralib turuvchi, ham davlatlararo, ham ustmilliy negiziga tayangan bamaslahat siyosat asosida faoliyat ko‗rsatuvchi bir butun yagona xo‗jalik deb e‘tirof etib kelinmoqda. Bunga esa Yevropa Ittifoqi misol bo‗ladi. Milliy xo‗jalik sub‘ektlari o‗rtasida o‗zaro chuqur va barqaror aloqalarni rivojlantirish, mehnat taqsimotini yo‗lga qo‗yish, ularning turli darajadagi, turli shakllardagi qayta ishlab chiqarish tizimlari o‗rtasida o‗zaro hamkorlikni rivojlantirish asosida mamlakatlarning xo‗jalik hamda siyosat sohalarida birlashuvi jarayonida xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati shakllanadi. Qo‗shni mamlakatlardagi ba‘zi xo‗jalik sub‘ektlari (korxonalar, firmalar)ning kapitali bir – biri bilan iqtisodiy bitimlar tuzish usullarini shakllantirish, chet elda o‗z bo‗linmalarini ochish yo‗li bilan o‗zaro mikro darajada hamkorlik qilishni ifodalaydi. Integratsiya davlatlarning iqtisodiy birlashmalarini shakllantirish hamda milliy siyosatlarini muvofiqlashtirish asosida davlatlararo (makro) darajada integratsion jarayonlar ro‗y beradi. Integratsiyaning eng muhim jihatlari: 1. iqtisodiy jarayonlarni davlatlararo miqyosida yo‗lga qo‗yishda; 2. bir – biridan u yoki bu darajada mustaqil hisoblangan milliy xalq xo‗jalik majmualari o‗rniga umumiy mutanosiblikka, umumiy qayta ishlab chiqarish tizimiga ega bo‗lgan biron mintaqaviy integratsional majmuani asta – sekin shakllantirishda; 3. davlat doirasida mahsulotlar, ishchi kuchi, moliyaviy resurslarning davlatlararo harakati uchun hududiy sharoitlarni kengaytirish hamda bunday harakatga monelik qiluvchi ko‗pdan – ko‗p ma‘muriy va iqtisodiy g‗ovlarni bartaraf etishda; 4. integratsional birlashmalarda qatnashuvchi davlatlarning ichki iqtisodiy shart – sharoitlarini bir – biriga yaqinlashtirish, ularning iqtisodiy rivojlanish darajalarini tenglashtirishda namoyon bo‗ladi. Odatda, u yoki bu jo‗g‗rofiy mintaqa, unda joylashgan qo‗shni mamlakatlar shunday integratsion birlashmalarning asosiy o‗zagini tashkil etadi. Hozirda qariyib 70 dan ortiq davlatlar tashkilotlari va 65 mingga yaqin millatlararo korporatsiyalar mavjud. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling