Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
§ 5.2. Milliy iqtisodiyot xalqaro integratsiyalashuvining asosiy yo„nalishlari va
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
§ 5.2. Milliy iqtisodiyot xalqaro integratsiyalashuvining asosiy yo„nalishlari va
hozirgi talablari Milliy iqtisodiyotiing jahon iqgisodiyotiga integratsiyalashuv darajasi bir mamlakat boshqa mamlakatlar bilan aloqa qilmasdan, yakka, alohida holda rivojlana olmaydi. Shuning uchun mamlakatlar birlashgan holda o‗z iqgisodiyotini yuritadi. Mamlakatlar maqsadlari va imkoniyatlari bir-biri bilan kesishsa, ular bir-birlari bilan hamkorlik ravshpda ish olib borishadi va bunda ancha qulayliklarga erishiladi. Bunga YEIdagi yagona valyutaning kiritilishini misol qilishimiz mumkin. Bir modelning ikkinchi modeldan farqini keltirib chiqaruvchi elementlar va bog‗liqliklarga quyidagilarni kiritish mumkin: - mulk shakllarining nisbatini; 96 - davlatning roli, davlat sektorining miqyosi, davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasini; - davlat harajatlari va ularning YAIMdagi ulushini; - iktisodiyotning ochiqlik darajasini; - iqgisodiyotni moliyalashtirish manbalari va miqyosi, xorijiy kapitalning iqgisodiyotdagi ulushini; - mehnat bozorini; - tashqi iqgisodiy aloqalarning harakteri, savdo siyosatini; - milliy iqgisodiyotning jahon iqgisodiyotiga integratsiyalashuv darajasi va h.k. Mamlakatlar iqtisodiyogining rivojlanish evolyutsiyasi makroiqgisodiy rivojlanishning kuyidagi uch modelini ajratish imkonini berdi: ya‘ni o‗z-o‗zidan rivojlanuvchi bozor tizimi bo‗lib, u ilgari erkin raqobat kapitalizmi, deb atalardi. Ushbu tizim asoslari A.Smit asarlarida ta‘riflab berilgan bo‗lib, keyinchalik klassik liberal yo‗nalish vakillari tomonidan keng rivojlantirildi. Mamlakatlarning o‗zaro iqtisodiy birlashuvi va milliy davlatlar siyosatining shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Sub‘ektlar o‗rtasidagi integratsion jarayonlarning borishi va rivojlanishi asosan davlatlararo ahamiyatga ega bo‗lgan tovarlarning erkin harakati va xizmat ko‗rsatish sohalarda, mamlakatlar o‗rtasidagi kapital harakati va ishchi kuchi migratsiyasida, davlatlararo iqtisodiy hamkordagi o‗zaro kelishuvlarda, ilmiy- texnikaviy va texnologik sohalarda, moliya-kredit sohalarda, tashqi iqtisodiy va ijtimoiy, madaniy, shuningdek mudofaa siyosati va boshqa ko‗plab boshqa sohalarda o‗z aksini topmoqda. Jahon mamlakatlari o‗rtasidagi o‗zaro aloqadorlikni ta‘minlashda bir qator qulayliklarni vujudga keltirdi, ular birinchidan, xo‗jalik sub‘ektlarini (tovar ishlab chiqaruvchilarni) ko‗plab resurslar bilan (mehnat va yangi texnik-texnologik materiallar) ta‘minlash bilan bir vaqtda jahon bozorlariga mos, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Ikkinchidan, xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarda qatnashuvchi barcha davlatlarni iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatidan bir-biriga yaqinlashtiradi. A‘zo davlatlarni dunyo mamlakatlari tomonidan ruy berishi mumkin bo‗lgan turli to‗siq va raqobatdan himoya qildi. 97 Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarda ishtirok etuvchi davlatlar o‗rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy muammolarni hal etish imkoniyatini beradi. Shunday qilib, xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarni borishi iqtisodiy rivojlanish va yuksalishdan orqada qolayotgan mintaqalarni, hududlarni rivojlanishiga, xalqaro mehnat bozorlaridagi ahvolni yaxshilanishiga, iqtisodiy kam ta‘minlangan aholini esa iqtisodiy ta‘minotini yaxshilanishiga imkon tug‗diradi. 1991 yilning 31 avgustida O‗zbekiston Respublikasi suveren mustaqillikka erishishi natijasida respublikaning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida rivojlanishning yangi davri boshlandi. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasining markaziy qismida joylashgan bo‗lib, respublikada O‗rta Osiyo aholisining 45 foizi yashaydi. O‗zbekiston qo‗shni Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‗oniston bilan chegaralanib Yevropa va Osiyoning bir qator mamlakatlari bilan transport va telekommunikatsiya aloqalari orqali bog‗lanib turuvchi muhim strategik yo‗lak bo‗lib hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan o‗zgarishlar va turli salbiy tendensiyalarga qaramasdan, O‗zbekistonda olib borilayotgan samarali iqtisodiy siyosat hamda xalqimizning fidokorona mehnati evaziga juda katta ijobiy natijalar qo‗lga kiritilmoqda, iqtisodiyotimizda jiddiy tarkibiy va sifat o‗zgarishlariga, ya‘ni xalqimiz turmush farovonligining o‗sishiga, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‗z o‗rni va mavqeining tobora mustahkamlanib borishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib borilmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasi doirasida umummintaqaviy tartibga solish ob‘ekti bo‗lishi kerak bo‗lgan davlatlararo integratsiya dasturlarini barpo etish va amalga oshirishning alohida muhim roli va ustuvor ahamiyatini ajratib ko‗rsatish mumkin. Shu o‗rinda tashqi iqtisodiy foliyat yuritishda diversifikatsion tamoyillarga ham e‘tibor qaratish, mamlakatimizning kelajakdagi istiqbolini va kutilmagan xavflarni bartaraf etish, shuningdek bunday xavflar paydo bo‗lgan taqdirda ulardan keladigan salbiy ta‘sirlarni maksimal darajada kamaytirish imkonini beradi. Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling