Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
iv
o m il la ri Xo„jalik xayotining yanada baynalminallashuvi Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi Umumjahon ahamiyatiga ega bo„lgan ilmiy-texnika inqilobi Milliy iqtisodiyotda ochiqlik darajasini kuchchayishi va boshqalar 92 rolini oshishini ta‘minlovchi muhim omildir. Xullas, ITIning rivojlanishi u yoki bu mamlakatda alohida bir ajralgan holda to‗laqonli rivojlanib bora olmaydi. Jahon xo‗jaligida mamlakatlarning iqtisodiy aloqalarga yanada chuqurroq kirib borishida milliy davlatlar iqtisodiyotining ochiqlik darajasi muhim rol o‗ynamoqda. Turli mamlakatlarga tegishli firmalarning kooperatsiyalashuvi natijasida ishlab chiqarish va investitsiyalar sohasida yirik xalqaro muammolar kelib chiqmoqda. Milliy davlatlarda ochiq iqtisodiyotning shakllanishida eksportga yo‗naltirilgan ishlab chiqarishini rag‗batlantirish ishlari bo‗yicha olib borilayotgan tashqi iqtisodiy strategiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunda, albatta xorijiy mamlakatlardan kapital va ilmiy - texnologiyalar, malakali kadrlarning kirib kelishiga imkon beruvchi xuquqiy asoslarni yaratilishi ham katta ahamiyatga ega bo‗ladi. Jahon iqtisodiyotida hozirgi kunda 20 dan ortiq xalqaro iqtisodiy integratsion birlashmalar (uyushmalar) mavjud. Jahon xo‗jaligining yalpi ichki mahsulotida (YAIM) tovar aylanmaning 2/3 qismi va investitsiyalarning asosiy qismi ana shu birlashmalar ulushiga to‗g‗ri keladi. Bunda biz xalqaro iqtisodiy integratsion markazlar ichida uchtasini (G‗arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo - Tinch okeani mintaqasi kabi integratsion markazlarni) alohida ajratib ko‗rsatishimiz mumkin. Jahon iqtisodiyotida 50 - yillardan so‗ng G‗arbiy Yevropada ikkita yirik integratsion guruhni - Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati (YEIH) va Yevropa Erkin Savdo Assotsiatsiyasini (YEESA) vujudga kelishi natijasida integratsion jarayonlar ushbu mintaqada katta tezlikda rivojlanib bordi. 90 – yillarning o‗rtalariga kelib YEIH (1995 yildan boshlab Yevropa Ittifoqi (YEI) deb atala boshlandi) davlatlari tashkiloti deyarli YEESAni tugashiga sabab bo‗ldi (YEESA o‗z tarkibida Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya va Shvesariya davlatlarini saqlab qoldi xalos). Jahon iqtisodiyotida YEESA o‗zining faoliyatida bojxona ittifoqini (BI) yaratishdan nariga o‗tmadi, uning tuzilmasi millatlararo yirik zamonaviy tashkilotlar va uyushmalar bilan mustahkamlanmadi 40 . 1990 yilda YEI va YEESAga a‘zo davlatlar Yevropa iqtisodiy makonini yaratish to‗g‗risida kelishib olishdi. Ushbu makon doirasida 40 Tojiyev R.R. Jahon iqtisodiyotida mintaqaviy integratsiya shakllarining qiyosiy tahlili. ―Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar‖ ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel, 2016 yil 93 YEESAsi a‘zolarining ishlab chiqaruvchilari YEI a‘zolari kompaniyalari bilan bir qatorda preferensial (imtiyoz, rag‗batlantirish) bojxona rejimidan foydalanishdi. Sharqiy Yevropada sobiq sotsialistik rejali davlatlardagi demokratik qayta qurishlar 1949 yillardan beri mavjud bo‗lib kelgan O‗zaro Iqtisodiy Yordam Kengashining (O‗IYOK) tarqalib ketishiga sabab bo‗ldi. Sharqiy Yevropa davlatlari o‗zlarining iqtisodiy yo‗nalishlarini G‗arbiy Yevropa bozorlariga qaratib, yangi birlashmalarni tashkil etishga intilmoqda. Aytish joizki, 1992 yilda erkin savdo to‗g‗risida Markaziy Yevropa kelishuvi imzolanib, unga Vengriya, Polsha, Chexiya va Slovakiya a‘zo bo‗lib kirdi. Sobiq SSSR tarkibida bo‗lgan respublikalar (Rossiya, Ukraina, Belorus, O‗zbekiston, Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Tojikiston) esa 1991-1993 yillarda Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligi (MDH) doirasida Iqtisodiy Ittifoqni shakllantirdi 41 . Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida ahamiyati jihatidan ikkinchi o‗rinda turuvchi yirik xalqaro iqtisodiy integratsion markaz Shimoliy Amerika hududi hisoblanadi. Ushbu hududda 1994 yilning 1 yanvaridan Shimoliy Amerika Erkin Savdo Assotsiatsiyasi (NAFTA tashkiloti) kuchga kirdi. Ushbu mintaqaviy tashkilot o‗z tarkibiga AQSH, Kanada va Meksika davlatlarini birlashtirgan. NAFTA davlatlari kelishuvida asosan tovar va xizmatlar savdosida cheklashlarni olib tashlash, savdo-iqtisodiy munosabatlarda ro‗y berib turgan kelishmovchiliklarni hal etish mexanizmlarini ishlab chiqish, bir-biriga nisbatan investitsion muhitni erkinlashtirish masalalari nazarda tutilgan. NAFTAning YEIga nisbatan o‗ziga xos rivojlanish xususiyati integratsion jarayonlarning simmetrik emasligidir. Kanada va Meksika davlatlari integratsiyalashuv jarayonida AQShga o‗zaro iqtisodiy bog‗liqdir. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida uchunchi integratsion markaz Osiyo Tinch okeani mintaqasi hisoblanadi. Ushbu markaz boshqa iqtisodiy integratsion markazlarga nisbatan hududi, aholisi va resurslarining miqdori bo‗yicha ancha ustundir. Biroq, integratsiyalashuv yo‗lida Osiyo – Tinch okeani mintaqasida juda ko‗p to‗siqlar (iqtisodiy rivojlanish darajasidagi keskin 41 O‗sha yerda 94 tafovutlar, etnik va madaniy farqlar, siyosiy davolar, hududiy to‗qnashuvlar va boshqalar) mavjud. Osiyo-Tinch okeani mintaqasida bir necha yirik subhududiy iqtisodiy guruhlar Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi ASEAN, Janubiy Xitoy forumi, Avstraliya va Yangi Zelandiya erkin savdo hududi, Shanxay guruhi davlatlari xalqaro iqtisodiy uyushmasi va boshqalar mavjud bo‗lib, ular okean sohillarida joylashgan davlatlarning umumiy tashkilotlarini shakllanishiga xalaqit bermoqda. Osiyo Tinch okeani mintaqasi davlatlarining iqtisodiy hamkorligi tashkiloti 1989 yilda tashkil topdi. Ushbu tashkilot turli darajada iqtisodiy rivojlangan va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida turli mavqeilarga ega bo‗lgan 20 dan ortiq davlatni o‗z tarkibiga birlashtirgan. 1995 yilda bu tashkilotning Osaka shahrida ma‘qullagan harakat Dasturi 2010-2020 yillargacha savdo va investitsiyalashni Jahon savdo tashkiloti (JST) standart talablariga muvofiq erkinlashtirishga yo‗naltirilgan. Xullas, hozirgi kunda ushbu integratsion guruh rivojlanish yo‗lining eng yuqori cho‗qqisida turibdi. Muvofiqlashtiruvchi hujjatlar ushbu tashkilotda mavjud bo‗lsada, unga a‘zo mamlakatlar bojxona tariflari, transport va boshqa sohalardagi muammolarni hal etish uchun ko‗p tadbiriy ishlarni amalga oshirishlari lozim. Jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvni belgilovchi omillar. Birlashish jarayonlari barqaror iqtisodiy o‗zaro aloqalarning o‗sishi jarayonini (birinchi navbatda xalqaro mehnat taqsimoti asosidagi) hamda ishlab chiqarishning milliy xo‗jalik doirasidan chiqishini taqozo etadi. Birlashish jarayonining rivojlanishida transmilliy korporatsiyalar (TMK) faol ravishda xizmat ko‗rsatmoqdalar. Integratsion jarayonlarning o‗sishiga sabab bo‗luvchi boshqa omillar xalqaro mehnat taqsimoti tuzilishining chuqurroq siljib borishidir (birinchi navbatda, ilmiy- texnika tarraqqiyoti ta‘sirida). ―Xalqaro mehnat taqsimoti‖ atamasi, bir tarafdan, odatdagidek, millatlararo ishlab chiqarish majburiyatlariga ko‗ra, ayrim mamlakatlarning belgilangan turdagi mahsulotni chiqarishga ixtisoslashishini, taqsimlash jarayonini nazarda tutadi. Boshqa tarafdan esa, ishlab chiqarish majburiyatlari rejali tarzda ichkarida va firmalar o‗rtasida taqsim qilinadi. Ichki soha ixtisosligi keng ko‗lam topmoqda. 95 Ilmiy-texnik tarraqqiyotning hozirgi bosqichi integratsion jarayonlarni turli mamlakatlarda ITT tarqalishi notekis bo‗lgan taqdirda ham bozorni, ham ishlab chiqarishni sifatli yangi darajaga olib kelmoqda, turli mamlakatlarda ITT mustaqil omil bo‗lib, hozirgi zamon ijtimoiy ishlab chiqarishidagi tashqi iqtisodiy aloqalarda katta rol o‗ynaydi. U yoki bu mamlakatdagi fan va texnikaning rivojlanish muvaffaqiyatlarini davlatlararo aloqalarsiz tasavvur qilib bo‗lmaydi. Turli mamlakatlarning firmalari o‗rtasida kooperatsiya asosida tashkil etilishning shiddat bilan rivojlanishi ulkan xalqaro ishlab chiqarish-investitsiya komplekslarini barpo etishga olib keladi, bularni tashkil etishga ko‗pincha TNK boshchilik qiladi. Ular uchun firma ichidagi mehnat taqsimoti milliy chegaradan chiqib, xalqaro miqyosga aylangan. Xuddi shu asosda ochiq milliy iqtisodiyot darajasi oshadi. Ochiq iqtisodiyot mamlakatlarning xo‗jaliklararo aloqalariga to‗la kirib borishi asosida shakllanadi. Rivojlangan mamlakatlarda ochiq iqtisodiyotni barpo etishda mamlakatlarning tashqi iqtisodiy strategiyasi katta rol o‗ynagan holda, eksport ishlab chiqarishni rag‗batlantiradi, kooperatsiyalarning chet el firmalari bilan ishlashiga ko‗maklashadi va huquqiy asos tashkil etib, chetdan mablag‗, texnologiya, malakali kadrlar kirib kelishiga yo‗l ochib beradi. Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling