Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 14.3. Investitsiya faoliyatini kreditlash foiz siyosati


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

§ 14.3. Investitsiya faoliyatini kreditlash foiz siyosati 
 
Kreditga layoqatlilik bu mijozning moliyaviy faoliyatiga har tomonlama 
berilgan baho bo‗lib, u qarz oluvchining so‗ralayotgan kreditni (asosiy qarz summasi 
va u bo‗yicha foizlarni) o‗z vaqtida qaytarish va boshqa qarz majburiyatlarini to‗lay 
olish qobiliyatini ko‗rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jihatdan mustaqil 
bo‗lgan korxonalarda qo‗shimcha pul mablag‗lariga ehtiyoj yuzaga keladi va bu 
ehtiyoj zarur bo‗lganda bank kreditlari hisobidan qoplanishi mumkin. Shu sababli 
bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit va uning muhim elementlaridan biri kreditga 
layoqatlilikni baholashning o‗rni va roli muhim ahamiyat kasb etadi. 
Hozirda raqobatdosh korxonalar xalqaro sifat talablariga javob beradigan 
mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishi hamda ko‗zda tutilgan foydaning 


289 
realligini ta‘minlashga muhim ahamiyat qaratadilar. Bu borada eng dolzarb 
masalalardan biri iqtisodiyotda tarkibiy o‗zgarishlarni amalga oshirish, tarmoqlarni 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashdir. Ushbu omillarsiz nafaqat 
iqtisodiyotda, balki hech bir xo‗jalik yurituvchi sub‘ektida ijobiy natijalarga erishib 
bo‗lmaydi. Eng muhimi, bu jarayonlarga juda katta moddiy va moliyaviy resurslar 
bazasini talab etiladi. Bu esa xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga o‗z faoliyatini yo‗lga 
qo‗yish va rivojlantirishida albatta bank kreditlari va ssudalariga bo‗lgan zaruriyat 
ortadi. Bank kreditlari va ssudalarini jalb qilish qaysi mezonlari va tartiblar asosida 
amalga oshiriladi? Bu borada, bank va turli kredit institutlari bilan korxonalar 
o‗rtasida bo‗ladigan qarz munosabatlarini yo‗lga qo‗yishda ularning kreditga 
layoqatligini baholash bosh masaladir.
Tijorat banklari tomonidan mijozlarining kreditga munosabatlari yuzasidan o‗z 
kredit siyosatini ishlab chiqadi. Lekin ularning barchasida bitta muhim jihatga, ya‘ni 
mijozning kreditga qodirliligini, layoqatliligini baholashga ahamiyat qaratilmog‗i 
lozim. Korxonaning kreditga layoqatligini baholash korxonalar tomonidan 
tuziladigan va taqdim etiladigan davriy moliyaviy hisobotlar va boshqa hujjatlar 
ma‘lumotlari asosida amalga oshiriladi. Zaruriy ko‗rsatkichlar bir-biri bilan 
taqqoslanib, ular o‗rtasidagi nisbat va o‗zaro bog‗lanishlar aniqlaniladi, ushbu 
birliklarning yaqin va uzoq davriylikdagi o‗zgarishlariga, kutilishlariga baho beriladi. 
Korxonalarning kreditga layoqatliligini baholash tartibini ―O‗zsanoatqurilishbank‖ 
ning kredit operatsiyalari yuzasidan mijozlar bilan bo‗ladigan munosabatlari misolida 
batafsil ko‗rib chiqamiz.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling