Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
NSOS= XK + UMKQ – UMA
Bu yerda: XK – xususiy kapital UMKQ – uzoq muddatli kredit va qarzlar UMA – uzoq muddatli aktivlar 291 O‗z aylanma mablag‗larining mavjudligini aniqlashda mazkur ifoda uzoq muddatli aktivlarni o‗z va qarz (uzoq muddatli) mablag‗lari hisobiga moliyalashtirilishidagi ijobiy farqlanish darajasi bilan belgilanadi. ―O‗zsanoatqurilishbank‖ ATB tizimida kreditlash va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirishda kreditga layoqatlikni baholashdan tashqari tahliliy tavakkalchilikni baholash tizimi (Skoring tahlil tizimi)dan ham keng foydalaniladi. Amaldagi uslubiy tartibga muvoffiq analitik hisob-kitoblar natijasi talabga javob berganda bank tomonidan korxonalarga kredit ajratiladi. Bank tomonidan korxonalarning kreditga layoqatliligini baholashda kredit inspektorlari tomonidan asosiy e‘tibor beradigan jihat bu balans likvidliligi yoki nolikvidliligi masalasidir. Buning zaruriy jihati shundaki, nolikvid balansga ega bo‗lgan korxonalarga qolgan mezonlar yaxshi chiqqan holatda ham bank krediti ajratilmaydi. Balans likvidliligi o‗z aylanma mablag‗lari naqdligini mavjud bo‗lishiga qarab baholanadi. Amalda o‗z aylanma mablag‗lari naqdligining pastligi bu korxona likvidliligi yuqori bo‗lgan aktivlarni qarz hisobiga shakllantirganligidan dalolat beradi. Hozirda qo‗llanilib kelinayotgan tartiblarda kreditga layoqatliligini ayrim jihatlarigagina o‗z aksini topganligini hisobga oladigan bo‗lsak, bu taomillar umumiy kredit qarorlari yuzasidan yakuniy xulosaga kelishga to‗la imkon bermaydi. Shu sababli, korxonaning kreditga layoqatliligini tahlil etishda kompleks tahlilni amalga oshirish zarur deb o‗ylaymiz. Kreditga layoqatlilikning baholashning kompleks tahlili quyidagilarni o‗z ichiga oladi: - korxona likvidlilik ko‗rsatkichlari va balans likvidligi tahlili; - korxona mablag‗lari aylanishini tahlili; - korxona faoliyati samaradorlik ko‗rsatkichlari tahlili; - moliyaviy barqarorlik ko‗rsatkichlari tahlili; - skoring modeli bo‗yicha kreditga layoqatlilikni baholash metodi. - korxona likvidlilik ko‗rsatkichlari va balans likvidliligi tahlili. Balans likvidliligi tahlili korxonalarning kreditga layoqatliligini tahlilida muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Balans likvidliligi korxonaning har xil majburiyatlarini tegishli aktivlar bilan qoplay olish qobiliyatini bildiradi. Aylanish 292 ko‗rsatkichlari korxonaning o‗z mablag‗laridan foydalanish samaradorligini ko‗rsatadi. Korxona aktivlarining har bir turlari bo‗yicha aylanish turlari yuqori bo‗lsa, shunga mos ravishda kreditga layoqatligi va ulardan foydalanish samaradorligi ham yuqori bo‗ladi. Amaliyotda kreditga layoqatliligini baholashda qo‗yidagi koeffitsiyentlardan foydalanamiz: korxonaning joriy aktivlari aylanish ko‗rsatkichlari; korxonaning debitorlik qarzlari ko‗rsatkichlari; korxonaning kreditorlik qarzlari ko‗rsatkichlari; tovar moddiy zahiralari aylanuvchanligi. Korxonaning joriy aktivlari aylanish koeffitsiyenti – aktivlardan foydalanish samaradorligini va aylanish tezligini ko‗rsatadi. Kak=MST /Aktivlarning o‗rtacha yillik qiymati (Ayb+Ayo/2) Korxona debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti – debitorlik qarzlari aylanishi tezligini va davrini ifodalaydi. Kdm=MST /Debitorlik majburiyatlari o‗rtacha yillik qiymati (Dmdb+Dmdo/2) Korxona kreditorlik qarzlari aylanish koeffitsiyenti – kreditorlik qarzlarining aylanish tezligini va davrini ifodalaydi. Kkm=MST / Kreditorlik majburiyatlari o‗rtacha yillik qiymati (Dmdb+Dmdo/2) Korxona tovar-moddiy zahiralari aylanishi koeffitsiyenti Tovar- moddiy zahiralaridan foydalanish natijaviyligini ifodalaydi. Ktmz=MST / Tovar moddiy zaxiralar o‗rtacha yillik qiymati (Tmzb+Tmzo/2) Korxona faoliyati samaradorlik ko‗rsatkichlari tahlili. Korxona faoliyati foydaliligiga rentabellik ko‗rsatkichlari yordamida baho beriladi. Rentabellik ko‗rsatkichlarining yuqori bo‗lishi, uning natijasida yuqori foyda hisobidan har hil ko‗rinishdagi aktivlarni sotib olish imkoniyati yuzaga keladi. Quyidagi eng muhim rentabellik koeffitsiyentlarini keltirib o‗tamiz: joriy aktivlar rentabellik ko‗rsatkichi (ROA). xususiy kapital rentabellik ko‗rsatkichlari (ROE). sotish rentabellik ko‗rsatkichi (ROS). Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling