Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 14.4. Kreditdan foydalanishi ustidan bank monitoringi


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

 
§ 14.4. Kreditdan foydalanishi ustidan bank monitoringi 
Kreditlardan samarali va maqsadli foydalanish ustidan nazorat quyidagi 
shakllar va yo‗nalishlar bo‗yicha amalga oshiriladi:
a) to‗lov hujjatlarining ssuda hisob varag‗idan ob‘ektning smetasiga va maqsadli 
belgilanishiga, ularning muvofiqligini kredit o‗tkazilishi chog‗ida nazorat qilish; 


294 
b) kredit shartnomasida ko‗rsatilgan shartlarda qurilish joyiga chiqish bilan 
kreditdan maqsadli foydalanishni tekshirish; 
v) bajarilgan ishlarning nazorat o‗lchashlarini o‗tkazish va kredit 
shartnomasida keltirilgan tartib va muddatlarda harid qilingan uskunani 
inventarlash. 
Nazorat o‗lchashlari bank krediti hisobidan moliyalanadigan ob‘ektlarda ishlab 
chiqarish joyining o‗zida amalga oshiriladi. Banklar shartnomaviy va to‗lov asosida 
buyurtmachilarning buyurtmanomalari bo‗yicha boshqa manbalar hisobidan 
moliyalanadigan qurilishlar bo‗yicha nazorat o‗lchovlarini amalga oshirishlari 
mumkin. Hajmlar va bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymatining tekshirilishi 
ularning naturada o‗lchanishi va buyurtmachidagi hamda pudrat tashkilotining 
bajarilgan ishlar hajmlarini hisobga olish ma‘lumotlari bilan tegishlicha loyihalash 
smeta hujjatlari bilan taqqoslash yo‗li bilan amalga oshiriladi. Nazorat o‗lchashlari 
boshlangunga kadar quyidagilar bilan bog‗liq oshib ketishlarni aniqlash maqsadida 
navbatdagi hujjatlashtirilgan tekshirish amalga oshirilishi zarur: 

alohida narxlar, boshqa xil va limitlashtirilgan harajatlar hajmlari,
qo‗shimcha harajatlar me‘yorlari noto‗g‗ri qo‗llanilishi yoki belgilanishi bilan; 

arifmetik xatolar bilan; 

bajariladigan 
ishlar 
qiymatiga 
qurilish-montaj 
ishlari 
tarkibiga 
kiritilmaydigan harajatlar, uskunaning sotib olinishi, ko‗p yil ishlaganlik uchun, 
xizmat safarlari, ishlarning harakatlanuvchi tusdaligi uchun qo‗shimcha haqlar, 
materiallar va konstruksiyalar chiqarish va cheklangan narxlar o‗rtasidagi farqlar 
bo‗yicha kiritilishi bilan va boshqalar; 

loyihalash – smeta hujjatlari mavjud bo‗lmagan ob‘ektlarda ishlarning 
bajarilishi va harajatlar bilan; 

uskuna nuqsonlarining bartaraf etilishi bilan. 
Ko‗zdan yashirin ishlar hajmlarini (quyilgan poydevorlar, pollar konstruksiyasi, 
avtomobil yo‗llari, ularda truba-quvurlar yotqizilgan transheyalar va boshqalar) 
tekshirish yashirin ishlarga oid dalolatnomalar asosida amalga oshiriladi. Alohida 
baholar tarkibiga kiruvchi ayrim operatsiyalar haqining bo‗lib-bo‗lib to‗lanishiga yo‗l 


295 
quyilmaydigan konstruktiv unsurlar va ishlar turlarining tugallanmagan qismlari
shuningdek, qurilish obektiga olib kelingan va ishga jalb etilmagan materiallar va 
konstruksiyalar qiymati bajarilgan ishlar qiymatining ortib ketishiga kiradi. 
 Nazorat o‗lchashlari natijalari bo‗yicha dalolatnomalar va ishlar qiymatini 
qayta 
hisob-kitob 
qilish 
qaydnomalari 
tuziladi. 
Nazorat o‗lchashlari 
dalolatnomalari, ishlar qiymatining qayta hisob-kitob qilish qaydnomalari va 
dalolatnomalarga oid yig‗ma qaydnomalar bank, buyurtmachi va pudratchining 
vakillari tomonidan imzolanadi. Haqi to‗langan (taqdim etilgan) ishlarning yig‗ma 
qaydnomalari nazorat o‗lchashlarining amalga oshirilishi boshlanguniga qadar 
imzolanadi. Nazorat o‗lchashlarini o‗tkazish to‗g‗risida qaror qabul qilgan bank 
muassasasi rahbari nazorat o‗lchashlar dalolatnomalari, pudratchi va buyurtmachi 
e‘tirozlarini (agar ular mavjud bo‗lsa) ko‗rib chiqadi va dalolatnomalarni ular 
imzolanganidan keyin 10 bank ish kunidan kechiktirmasdan tasdiqlaydilar. 
Moliyalovchi bank nazorat o‗lchashining tasdiqlangan dalolatnomasi asosida 
belgilangan tartibda kredit shartnomasida keltirilgan miqdorlarda sanksiyalarni 
qo‗llaydi. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling