Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

§ 15.2. Lizing turlari 
Lizing amaliyotida uning xilma-xil turlari mavjud bo‗lib, ko‗pgina hollarda 
uning quyidagi ikki turidan keng foydalaniladi: 
1. Operativ lizing. Lizingning ushbu turi ijaraga berilayotgan texnika 
uskunalarining ijara muddati ularning xizmat kilish muddatiga qaraganda qisqa 
bo‗lishi bilan tavsiflanadi. Mulk egasi tomonidan (lizing beruvchi) ijaraga berish 
maksadida sotib olingan zarur asbob-uskunalar hamda ularga ketgan sarf-harajatlar 
qisman qoplanadi. 
2. Moliyaviy lizing. Ushbu lizing turi asosida tomonlar o‗zaro imzolangan 
shartnomaga binoan, shartnoma muddati tugagandan so‗ng ijarachi lizingga olingan 
uskunalarni koldik kiymati buyicha sotib olishi mumkin. Bu xolda lizingga berilgan 
mashina va uskunalarga egalik kilish huquqi bevosita ijarachiga utadi. 
Operativ lizing kuyidagi o‗ziga xos xususiyatlarga ega: 
- texnik uskunalar va jixozlarni ijaraga beruvchi lizing kompaniyasi xech mahal 
―barcha sarf-harajatlarimni yakka-yu yagona mijozim evaziga koplayman‖ kabilida 
hisob-kitoblarga tayanmaslik; 
- ijaraga berilgan texnika, asbob-uskunalarning nosoz holga kelishi yoki 
yo‗qolishi, shuningdek, tabiiy ofatlar, zilzila, yong‗in va sel ketish oqibatida 
ko‗riladigan moddiy zararlar, asosan lizing beruvchi kompaniya hisobiga 
qoplanishini nazarda tutish; 
- ijara muddati mavjud asbob-uskuna va jihozlarning jismonan butunlay ishdan 
chiqish muddatini qoplamasligi darajasida belgilamaslik; 
- kelishilgan muddat tugagandan so‗ng, ijaraga olingan barcha uskunalar 
egasiga, ya‘ni lizing beruvchiga qaytarib beriladi. 
Operativ lizingning renting va xayring kabi turlari ham mavjud. Renting 
deganda mulkni bir kundan to bir yilgacha bulgan kiska muddatga ijaraga berish 
nazarda tutilsa, xayring deganda esa mulkni 1 yildan 3 yilgacha muddatga ijaraga 
berish tushuniladi. Odatda, bu muddat o‗rta muddat hisoblanadi. 
Moliyaviy lizingda kelishilgan muddat tugagandan so‗ng ijarachi tomonidan 
ijaraga olingan uskunalar kiymatini to‗lashi muhim ahamiyat kasb etadi. Ijaraga 


301 
berilgan mashina va uskunalar, ularni ishlab chiqargan korxona tomonidan 
belgilangan iqtisodiy foydalanish muddati (amortizatsiya davri)ni o‗tashi, shubhasiz, 
lizing kompaniyalari kutgan va oldindan belgilagan foydani keltiradi. Moliyaviy 
lizing ham o‗z navbatida quyidagi turlarga bo‗linadi: 
- ba‘zi xizmat turlarini qamrab oluvchi lizing; 
- leveridj-lizing
- ―paketdagi‖ lizing. 
Ba‘zi xizmat turlarini kamrab oluvchi lizingda lizing kompaniyasi ijaraga 
berilgan uskunalarni o‗rnatish, sozlash, mutaxassislar tayyorlash kabi bir kator 
majburiyatlarni o‗z zimmasiga oladi. 
Leveridj-lizingda ijaraga berilayotgan uskuna va jihozlar narxining katta 
miqdori uchinchi tomondan, ya‘ni investordan qarzga olinadi. 
―Paketdagi‖ lizingda mavjud ishlab chikarish inshootlari va binolar kreditga 
berilib, zarur bo‗lgan mashina va uskunalar esa ijarachiga ijara shartnomasi asosida 
beriladi. 
Lizing xizmati ob‘ektga egalik kilish manbalari nuqtai-nazaridan ikkiga: 
bevosita va qaytariladigan lizing turlariga bo‗linadi. 
Bevosita lizing. Bunda lizing kompaniyasi mijoz uchun uning buyurtmasi 
asosida mashina va uskunalarni ularni ishlab chiqarayotgan korxonalardan sotib 
oladi. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling