Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

R – reklama harajatlari;
BX – boshqa harajatlar.
Bugungi kun amaldagi me‘yoriy hujjatlarga asosan, lizing oluvchi lizing 
to‗lovlarini amalga oshirayotganida uning amortizatsiya ajratmalariga, foizlarga, 
vositachilik va qo‗shimcha to‗lovlarga alohida ajratib ko‗rsatgan holdagi yoyilmasini 
ilova qilishi shart. Lizing to‗lovlari kelib tushganidan keyin, bank uning yoyilmasiga 
mos ravishda buxgalterlik o‗tkazmalarini amalga oshiradi: amortizatsiya ajratmalari 
lizing hisobi yuritiladigan ssuda hisobvarag‗ining kreditiga o‗tkazish orqali kreditni 
to‗lashga yo‗naltiriladi, lizing uchun foiz, vositachilik haqi va boshqa to‗lovlar bank 
daromadiga qo‗shiladi.
Bu yerda shuni qayd etib o‗tish kerakki, lizing to‗lovlari lizing 
shartnomalaridagi kelishuvlarga muvofik, har bir ayrim holatlar bo‗yicha turlicha 
hisoblanishi mumkin. Masalan, ayrim hollarda lizing oluvchiga imtiyozli davr 
belgilanishi, ba‘zi hollarda lizing to‗lovini kechiktirib to‗lashga kelishiladi. 
Rivojlangan mamlakatlarda esa lizing to‗lovlari lizing oluvchi tomonidan tomonlar 
kelishuviga muvofiq tuzilgan va lizing shartnomasining ajralmas qismi bo‗lgan 
jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Lizing to‗lovlarining shakli lizingga olingan 
uskunada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sotilishidan kelib tushgan pul 
mablag‗laridan amalga oshirilishi va takomillashtirilishi mumkin.


322 
Xalqaro amaliyotda lizing to‗lovlarini hisoblashda pul mablag‗larining oqimi 
(PMO) usulidan ham foydalanib kelinmokda. Koeffitsiyentlar usuliga muvofiq 
bo‗lish bilan bir qatorda, tarkibiy qismlar (yuqorida keltirilgan dastlabki usul) usuliga 
muvofiq bo‗lgan hamda lizing kompaniyalari o‗zlarining harajatlarini qoplash uchun 
lizing to‗lovlaridan tushgan pul mablag‗lari yetarli ekanligini aniqlash uchun albatta 
qo‗shimcha hisob-kitoblarni amalga oshirishlari lozim.
Xalqaro Moliya Korporatsiyasining lizingni rivojlantirish bo‗yicha iqtisodchisi 
Veronika Shtelmax avvalambor, lizing kompaniyasining pul oqimlariga asoslanishni 
taklif etadi. Bunda lizing shartnomasining muayyan davrida lizing kompaniyasining 
harajatlari va lizing kompaniyasi tomonidan qo‗shib beriladigan komission haqi 
hisobga olinadi, xolos. Lizing kompaniyasining lizingga taalluqli bo‗lmagan 
faoliyatidan olingan daromadlar va harajatlari hisobga olinmaydi. 
Biroq PMO usulining tarkibiy qismlar usulidan farqlari mavjud. Nihoyat kredit 
bo‗yicha foizlar kreditlash davri bo‗yicha uning o‗rtacha qismi bo‗yicha emas, balki 
ssuda qarzining qoldig‗i bo‗yicha hisoblanishi lozimligi e‘tirof etiladi. 
V.Shtelmax lizing to‗lovining asosiy tarkibiy qismi deb, bitimni amalga 
oshirish uchun olingan bank krediti bo‗yicha to‗lovlarni oladi, moliyalashtirishning 
kredit so‗mmasi lizingga beriladigan mol-mulkning qiymatiga teng degan fikrlarni 
ilgari surgan. Bu barchamizga ma‘lum bo‗lgan kreditni qoplash jadvali, ya‘ni asosiy 
qarz qismini qoplaydigan to‗lovlar va qoplanmagan qismi bo‗yicha foizlardan iborat 
bo‗lgan teng miqdordagi to‗lovlardir. Bunday jadvalni hisoblash uchun qo‗yidagi 
formulani qo‗llaymiz: 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling