Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

g =[1-1:(1+r)
n

 
bu yerda: 
g – vaqt davri bo‗yicha birlik ulushi kurinishidagi kredit stavkasi (vaqtning 
barcha davrlari uchun bir xil); 
n – to‗lovlar mikdori. 
Lizing amaliyotida yuqorida keltirilgan lizing to‗lovlarini hisoblash usullarini 
o‗zaro taqqoslash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu usullarni o‗zaro taqqoslash uchun 
avvalo, lizing to‗lovlarining xajmini davrlar bo‗yicha solishtirma holatga keltirish 
kerak. Lizing to‗lovlarining hajmi korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatiga 


323 
bevosita ta‘sir ko‗rsatishi ushbu kriteriyning qanchalik ahamiyatli ekanligini 
ko‗rsatadi. Shuningdek, korxona tomonidan usullarning noto‗g‗ri tanlanishi uning 
to‗lovga qobiliyatliligining pasayishiga olib keladi.
Bu esa, lizing shartnomasining ikkala tomon uchun ham salbiy holatni keltirib 
chiqaradi. Quyida keltirilgan 15.1-jadvalda oldindan ma‘lum bo‗lgan bir xil 
ma‘lumotlarga asoslanib turli xil usullar yordamida hisoblangan lizing 
to‗lovlarining miqdori ko‗rsatilgan. 
15.1-jadval 
Turli usullar yordamida hisoblangan lizing to„lovlari miqdorining 
taqqoslama tahlili, ming so„m. 
To„lovlar tartib 
raqami 
Lizing to„lovlari hisoblangan usullar 
Tashkil etuvchilar 
PMO 
Koeffitsiyentlar 

12851,282 
38217,84 
13187,86 

12851,282 
37822,54 
13187,86 

12851,282 
37428,20 
13187,86 

12851,282 
37033,12 
13187,86 

12851,282 
1237,82 
13187,86 

12851,282 
990,02 
13187,86 

12851,282 
742,22 
13187,86 

12851,282 
495,60 
13187,86 

12851,282 
247,80 
13187,86 
10 
12851,282 

13187,86 
11 
12851,282 

13187,86 
12 
12851,282 

13187,86 
Jami 
154215,38 
154215,38 
154245,32 
PMO va tashkil etuvchilar usuli to‗lovni amalga oshirish vaqtiga qaramasdan 
o‗z mohiyatini o‗zgartirmaydi. Bulardan farqli ravishda koeffitsiyentlar usuli agarda 
to‗lov lizing muddatining oxirida emas, aksincha boshida (prenumerando annuiteti) 
amalga oshirilsa, formulaga ma‘lum bir o‗zgartirishlar kiritilishi talab etiladi. 
Tashkil etuvchilar va koeffitsiyentlar usuli lizingga oluvchining zimmasiga 
bo‗lgan to‗lov og‗irligini lizing shartnomasining butun muddati davomida teng 
taqsimlanishini ko‗rsatib berdi. PMO usulida esa asosiy og‗irlik lizing muddatining 
dastlabki oylariga to‗g‗ri keladi. 


324 
Lizing to‗lovlarini hisoblashning ushbu sxemasi ko‗p yillik ish faoliyatiga ega 
bo‗lgan, barqaror korxonalar tomonidan qo‗llanilsa maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Chunki bunday korxonalarning pul mablag‗lari oqimi asosan boshqa manbalardan 
akkumulyatsiyalanadi (jamlanadi) hamda ushbu oqimning asosiy bo‗lmagan qismini 
tashkil etadi. Ushbu usulni teskari holatda, ya‘ni pul mablag‗lari oqimi to‗liq 
shakllantirilmagan yoki lizing ob‘ekti pul mablag‗lari oqimining katta qismini 
ta‘minlagan korxonalarda qo‗llanilsa mijozning to‗lovga qobiliyatsizligi xavfi paydo 
bo‗ladi. Qo‗yidagi keltirilgan 15.2-jadvalda har bir metodning afzalliklari va 
kamchiliklari hamda dastlabki belgilari ifodalangan bo‗lib, ular orkali lizingga 
oluvchilar o‗z faoliyatlarida to‗lovlarni qaysi usullar yordamida hisoblashlarini 
aniqlab olishlari mumkin. 
Respublikamizda lizing to‗lovlarini hisoblaganda bir qator o‗ziga xos 
xususiyatlar e‘tiborga olinadi. Lizing to‗lovlariga oid ta‘rif O‗zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 590-moddasida va ―Lizing to‗g‗risida‖gi 
Qonunning 22-moddasida bayon qilingan. Shularga asosan, lizing to‗lovlarining 
umumiy yig‗indisi lizing shartnomasiga asosan berilayotgan mulkning umumiy 
bahosi yoki shunga yaqin qiymat o‗rnini to‗ldiruvchi so‗mma, lizingga beruvchining 
ma‘lum loyihaga asosan lizing ob‘ektini harid qilish uchun foydalanilayotgan kredit 
zaxiralari badaliga to‗lanadigan so‗mma va lizingga beruvchining vositachilik haqi, 
lizingga beruvchining shartnomada ko‗zda tutilgan boshqa sarf-harajatlari (lizing 
asosida ijaraga berilayotgan mulkka texnik xizmat ko‗rsatish, xodimlarni o‗qitish 
kabi harajatlar)dan iborat. 
Shartnomada lizing to‗lovlari summasi, shuningdek ularni to‗lash muddatlari 
aks ettiriladi. Odatda lizing to‗lovlari bo‗yicha hisob-kitob qilishda umumiy to‗lov 
so‗mmasi oldindan belgilangan to‗lanmalardan foydalaniladi. Bu hol lizing to‗lovi 
amortizatsiya ajratmalari, olingan qarz mablag‗lari uchun to‗lanadigan foiz hamda 
lizing kelishuvi jarayonida ko‗rsatiladigan xizmat haqini o‗z ichiga oladi. Ushbu 
holatlar, shuningdek, lizingga oluvchining loyiha bo‗yicha sarflangan harajatlarini 
hisob-kitob qilish orqali olib boriladigan lizing kompaniyasi marjasini aniqlash 
chog‗ida ham e‘tiborga olinadi. 


325 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling