Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
-rasm 2015 yilda Yevropa mamlakatlarida lizing portfeli hajmi
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
15.1-rasm
2015 yilda Yevropa mamlakatlarida lizing portfeli hajmi (mlrd. yevro) 105 . ―Leaseurope‖ tamonidan ―Leaseurope Index‖ so‗rovnomasi olib boriladi, bu so‗rovnomada Yevropa davlatlari ixtiyoriy ravishda ishtirok etishadi, shunga ko‗ra 2011 yilda Yevropada texnika va transport sohasiga kiritilgan lizing hajmi mos ravishda 8,4 foiz va 11,7 foizga oshganligi kuzatilgan. Italiya va Fransiyaning ko‗chmas mulk lizing bozorlarining qisqarganligi sababli Yevropa ko‗chmas mulk sohasida lizing hajmi 13 foizga pasaygan. Germaniya, Fransiya va Avstriya iqtisodiyotning ko‗chmas mulk sohasidan tashqari barcha javhalarda o‗sish kuzatilgan. 2012 yilning 3-choragida amalga oshirilgan so‗rovnoma natijalariga ko‗ra imzolangan lizing shartnomolarining hajmi 16,6 mlrd. yevroni tashkil qilgan. Bu ko‗rsatkich o‗tgan yilning 3-choragiga nisbatan 17,5 foizga pasayganligini ko‗rish mumkin. AQSH lizing bozorida ko‗plab lizing beruvchilarning turlari mavjud bo‗lib, ular izchil tizim asosida faoliyat yuritishadi. Bugungi kunda AQShning eng yirik assotsiatsiyalardan biri bu ―Equipment leasing and finance association‖ (ELFA) bo‗lib, u o‗z tarkibida 575 dan ziyod kompaniyani birlashtirgan.―ELFA‖ muntazam ravishda ―Monthly Leasing and Finance Index‖ (MLFI-25) nomini olgan har oylik lizing va moliya bozorlari yakuniga bag‗ishlangan ma‘lumotlarni e‘lon qilib boradi. 105 https://cyberleninka.ru/article/n/trends-of-international-lease-market-developing. 143 133 95 88 46 30 28 26 22 21 21 0 20 40 60 80 100 120 140 160 315 Shunga ko‗ra kuzatuv tahlili ostidagi kompaniyalarning lizing bozoridagi ulushi 2012 yilning noyabr holatiga ko‗ra 6,4 mlrd. AQSH dollarini tashkil qilgan bo‗lib bu borada o‗tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foizga o‗sish kuzatilgan. ―ELFA‖ning a‘zolari tomonidan bugungi kunda kompyuter, tibbiyot, qishloq xo‗jalik, qurilish, tog‗-kon sanoat texnikalari, shaxsiy va yo‗lovchi tashuvchi samolyotlar, vagonlar, yuk tashuvchi va yengil avtomobillar, yirik kemalar va konteynerlar lizingga taqdim etiladi. AQShda lizingning jadal rivojlanishidagi muhim sabablardan biri investitsiyalarga nisbatan beriladigan soliq imtiyozlari hisoblanadi. Jumladan, yangi investitsiyalar yig‗indisining 10 foizgacha bo‗lgan qismi soliq yig‗indisidan chiqarib tashlanadi. Masalan, asbob-uskunalar sotib olish harajatlari 100 ming dollar deylik, soliq imtiyozi 10 foiz, soliq yig‗indisidan 10 ming dollar chiqarib tashlanadi. Lizing shartnomasida soliq imtiyozi Moliya vazirligining ichki daromadlari boshqarmasi tomonidan ijara uchun o‗rnatgan qoidalarga mos kelgan holdagina qo‗llaniladi. Bugungi kunda Germaniyada ko‗plab lizing kompaniyalarini ko‗rish mumkin. Shulardan taxminan 200 tasi ―Bundesverband Deutscher Leasing Unternehmen‖ (BDL) nemis lizing assotsiatsiyasi tarkibiga kiradi. Lizing Germaniyada investitsiya mexanizimini harakatga keltiruvchi asosiy omillardan biri bo‗lib yillik investitsiyalarning beshdan bir qismi lizing asosida amalga oshiriladi. 2011 yil Germaniyada amalga oshirilgan lizing hajmi 49,1 mlrd. yevroni tashkil qilgan bo‗lsa bu ko‗rsatkich 2012 yilda 49,3 mlrd. Yevroga teng bo‗lgan. Texnika vositalariga kiritilayotgan mahalliy investitsiyalarning 22,7 foizi, xorijiy investitsiyalarning 53 foiz qismi lizing asosida amalga oshirilgan. Bugungi kunda Germaniya lizing bozorining 90 foiz qismi to‗laligicha ―Bundesverband Deutscher Leasing Unternehmen‖ (BDL) ishtirokida kechadi. Germaniya lizing bozorida amalga oshirilgan lizing operatsiyalarning tarkibiga etibor qaratadigan bo‗lsa u yerda yirik havo kemalaridan tortib oddiy avtomobillargacha ko‗rish mumkin. Germaniya lizing operatsiyalari tarkibida eni yirik ulishga ega bo‗lgan mahsulot bu yengil va tijorat avtomobillari bo‗lib ular jami lizing portfelining 68,6 foizini tashkil etadi. Buyuk Britaniyada lizing nisbatan kech, ya‘ni 1970 yildan keyingina keng ko‗lamda rivojlandi. 1981 yildan 1986 yilgacha hukumat korporatsiyalardan olinadigan soliq 316 miqdori 52 foizdan 35 foizga pasaygan. Shu vaqtgacha qo‗llab kelingan 100 foizli soliq imtiyozi (bu imtiyoz birinchi yilga nisbatan qo‗llanilardi) 25 foizli imtiyoz bilan almashtirildi. Korporatsiyalardan olinadigan soliq stavkasi pasaytirilishi bilan lizingga nisbatan qo‗llaniladigan soliq imtiyozining ham ahamiyati pasaydi. Bu esa lizing va uskunalar sotib olish qiymatining pasayishiga olib keladi. Hozirgi kunda ham soliq imtiyozlarining ma‘lum qismi saqlanib qolgan. Masalan, birinchi yili ijara to‗lovlari soliqqa tortilmaydi. Bugungi kunda Buyuk Britaniyada yetakchi lizing uyushmasi bu ―Finance & Leasing Association‖ (FLA) bo‗lib, 2012 yil holatiga ko‗ra uning asosiy a‘zolari soni 112 tani tashkil qilgan bo‗lsa ularga xizmat ko‗rsatuvchi a‘zolarning soni 83 taga yetgan. 2011 yilda FLA a‘zolari tomonidan 72,1 mlrd. funt stirlingga teng miqdorda lizing ajratilgan. FLA a‘zolari tarkibiga banklar, qurilish uyushmalari, lizing kompaniyalari, moliya uylari kiradi, ular moliyaviy lizing, operativ lizing, ko‗chmas mulk ijarasi va savdosi, turli kreditlar ajratish kabi xizmatlarni tagqdim etishadi. FLA a‘zolari tomonidan 2011 yil oktyabrdan 2012 yil oktyabrgacha bo‗lgan muddat ichida amalga oshirilgan lizing hajmi 20 mln. funt sterlingdan oshgan. Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling