293
Xususiy kapital rentabelligi ko„rsatkichlari (ROE) – bir so‗mlik
korxona
xususiy kapitaliga to‗g‗ri keladigan sof foydani aks ettiradi. Kar=Sof foyda / Xususiy
capital.
Sotish rentabellik ko„rsatkichi (ROS) –
korxona savdo faoliyati
samaradorligini ko‗rsatadi. Kar=Yalpi foyda / mahsulot sotishdan sof tushum.
Moliyaviy barqarorlik ko‗rsatkichlari tahlili. Bu ko‗rsatkich korxona moliyaviy
mustaqil yoki qaramliligini ifodalaydi. Mablag‗lar tarkibida qarz mablag‗lari
ulushi
yuqori bo‗lishi, moliyaviy barqarorlik pasayishiga olib keladi. Korxonaning kreditga
layoqatligini baholashda foydalaniladigan asosiy ko‗rsatkichlar qo‗yidagilar:
mustaqillik koeffitsiyenti.
qarz va o‗z mablag‗lari o‗rtasidagi nisbat koeffitsiyenti.
xususiy kapital harakatchanlik koeffitsiyenti.
Mustaqillik koeffitsiyenti – jami mol-mulk qiymatida xususiy kapital ulushini
ko‗rsatadi. Ushbu koeffitsiyentning 0,5 dan yuqori bo‗lishi
korxonaning moliyaviy
barqarorligini 0,5 dan past bo‗lishi moliyaviy qaramligini bildiradi. Kmus = Xususiy
kapital / jami mol mulk qiymati.
Qarz va o„z mablag„lari o„rtasidagi nisbat koeffitsiyenti –
xususiy kapital
va qarz mablag‗lari o‗rtasidagi nisbatni ko‗rsatadi. Kqo‗mn = Majburiyatlar / Xususiy
kapital.
Xususiy kapital harakatchanlik koeffitsiyenti – xususiy kapital tarkibida o‗z
oborot mablag‗lar ulushini ko‗rsatadi. Bu koeffitsiyent normativi Kxkxk > 0,2 yuqori
bo‗lish kerak. Kqo‗mn = O‗z oborot mablag‗lari.
Yuqorida keltirib o‗tilgan koeffitsiyentlardan
oqilona foydalanish orqali
korxonalarni moliyaviy layoqatliligini aniqlash va tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: