Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Ma’muriy risklar – loyiha kompaniyalari va loyiha faoliyatining boshqa 
ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli litsenziyalar, 
ruxsatlarni olishi bilan bog‗liq. Litsenziyalar, ruxsatlar loyiha faoliyatining barcha 
faza va bosqichlarida talab qilinishi mumkin: loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda, 
tenderlar o‗tkazishda, mashina va asbob-uskunalarni yetkazib berishda, qurilishda, 
dastlabki ishlar va ob‘ektning ishga tushirilishida talab qilinadi. Litsenziyalar, 
ruxsatnomalar soni ayrim loyihalar bo‗yicha juda ko‗p bo‗lishi mumkin: loyiha 
faoliyatining u yoki bu turi bilan shug‗ullanish huquqini beruvchi, tabiiy resurslardan 
foydalanish, tabiiy resurslarni va valyutani chetga olib chiqish huquqini beruvchi 
litsenziyalar, ruxsatlar bo‗lishi mumkin. 


409 
Huquqiy risk – bu risk qaysidir darajada mamlakat, ma‘muriy va boshqaruv 
risklari bilan bog‗lik. Avvalo, bu risk kreditorning kafolat bermaslik va boshqa kredit 
bilan ta‘minlashlar ehtimoli bilan bog‗liq noaniqlik va ishonchsizligida namoyon 
bo‗ladi. Bunday noaniqlik va ishonchsizlik sabablari quyidagilar bo‗lishi mumkin: 
qonunlar majmuining va xalqaro huquq normalarining mukammal emasligi, huquqiy 
hujjatlar sifatining pastligi, sud mexanizmidagi kamchiliklar va boshqalar. Ayrim 
huquqiy risklar loyiha ishtirokchilari nazoratidan tashqarida bo‗lib, ular mamlakat va 
siyosiy risklarga yaqin. Bundan boshqa huquqiy risklarni milliy qonunchilikni, 
xalqaro investitsion huquqlarni yaxshi biluvchi, shartnoma, kelishuvlar va boshqa 
loyihaning 
huquqiy 
hujjatlarida 
ishtirok 
yetuvchi 
malakali 
huquqshunos 
maslahatchini jalb qilish bilan yechish mumkin. 
Fors-major riski – loyiha faoliyatiga tegishli bo‗lmagan tashqi risklardan biri 
bo‗lib, unga yer silkinishi, yong‗inlar, suv toshqini, bo‗ronlar va boshqa tabiiy 
hodisalar kiradi. Fors-majorga ayrim ijtimoiy va siyosiy tabiiy hodisalar ham kiradi: 
ish tashlashlar, inqiloblar, qo‗zg‗olonlar va boshqalar. Shunday yo‗l bilan mamlakat 
riskining bir qismi fors-major riski sifatida namoyon bo‗ladi. 
Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo‗lgan soha deb hisoblanadi.
Undagi risklar ikkita katta guruhga bo‗linadi:
- tizimli risklar;
- tizimsiz risklar.
Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) – bu xatar ta‘siriga ba‘zi bir 
qimmatli kog‗ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga uchraydi. 
Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko‗ra ko‗pchilik 
emitent va qimmatli qog‗ozlar egalari zarar ko‗rishlari mumkin. Tizimli risklarga 
quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar.
Tizimsiz risklar – xatarga ba‘zi bir qimmatli qog‗ozlar yoki ularni majmuasi 
uchraydi, ya‘ni ma‘lum bir korxonaning qimmatli qog‗ozlari yoki tarmoqning 
qimmatli qog‗ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski; 
moliyaviy risklar; nolikvidlik riski.
Aniqlik kiritish uchun quyidagi risklar kategoriyalarini aks ettirish mumkin.


410 
Likvidlikni yo‗qotish riski (liquidity risk) – u yoki bu qimmatli qog‗ozlarga 
bg‗lgan talab sezilarli darajada hzgarishga yuz tutishi mumkin, undan ham yomoni 
ushbu qimmatli qog‗ozlarga umuman talab yo‗qolib ktishi mumkin.
Tadbirkorlik riski (business risk) – qimmatli qog‗ozlarning narxi (xususan 
aksiyalar) istalgan kompaniyaning, qanchalik darajada kompaniya o‗z tanlagan 
yo‗nalishida muvofaqiyat bilan ishlashiga bog‗liq.
Moliyaviy risklar (financial risk) – kompaniya aksiyalar narxi, kompaniya 
rahbariyati tomonidan o‗tkazilayotgan moliyaviy siyosatga bog‗liq holda tebranadi. 
Masalan, agar Fond bozorini moliyalashda asosiy e‘tiborini qarz majburiyatli 
korporativ qimmatli qog‗ozlar chiqarishga qaratilsa, moliyaviy risk darajasi yuqori 
bo‗ladi.
Majburiyatlarni bajara olmaslik riski (default risk) – agarda emitent o‗z 
majburiyatlarini har xil sabablarga ko‗ra o‗z vaqtida yoki umuman bajara olmasa
paydo bo‗ladigan investitsiya risklariga aytiladi.
Tizimsiz risklarni ta‘sirini minimallashtirish uchun diversifikatsiya deb 
ataladigan metod qo‗llaniladi va uning natijasida investitsion portfel tuzish zaruriyati 
paydo bo‗ladi. Investitsin portfel yaratish orqali investor bir qancha emitent 
chiqargan moliyaviy instrument to‗plpmini yaratadi va shunda u bir emas bir qancha 
tizimsiz risklariga duch keladi. Shu yo‗l investor risklarni diversifikatsiyalaydi va 
daromadlilikni birdaniga o‗zgarishini oldini oladi. Ushbu sharoitda investitsion 
portfelda qimmatli qog‗ozlar qanchalik kam bo‗lsa risk darajasi shuncha yuqori 
bo‗ladi. Diversifikatsiya metodi tizimsiz risklarini minimallashtiradigan eng samarali 
dastakdir, lekin u faqatgina investitsion portfelni yetarlicha miqdorda ko‗p 
instrumentlar jalb qilingandagina qulaydir.
Diversifikatsiya metodining chegaraviy darajasi, risk darajasiga bog‗liq, chunki 
ular faqatgina aniq moliyaviy bozorni ochib beradi. Bu risklarini turli tumanligini 
inobatga olgan holda quyidagi xillarini sanab o‗tishimiz mumkin. 
Foiz risklarii (interest rate risk) – foiz stavkalari tebranishidan hosil bo‗ladigan 
investitsiya risklari. Ayniqsa qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‗ozlar 
egalariga daxldordir.


411 
Valyuta riski (exchange rate risk) – bu shunday investitsiya risklariki 
mohiyatan chet el emitentlarining qimmatli qog‗ozlarga kiritgan investitsiyalarning 
valyuta kursi tebranishilaridan paydo bo‗ladigan investitsiya risklari. Inflyatsion 
risklari (Inflation risk) – inflyatsiya darajasining kutilmaganda oshib ketishi, 
emitentlar faoliyatini o‗zgarishiga olib boradi va bu aksiya narxiga sezilarli ta‘sir 
etishi mumkin.
Siyosiy risklari (Political risk) - kutilmaganda xususan, shiddatli siyosiy 
vaziyatdagi o‗zgarishlarning qimmatli qog‗ozlar bozoriga ta‘sir etmasdan iloji yo‗q, 
aksincha ancha oqibati yomonroq bo‗ladi. Ayniqsa bu risk rivojlangan mamlakatlar 
moliyaviy instrumentlar bilan ishlagan dolzarb va yana turg‗un bozorlarda ham uni 
uchratish mumkin.
Yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan risklardan tashqari, qimmatli qog‗ozlar bozoriga 
samarali investitsiya qilishga oz yoki ko‗p miqdor(daraja)da ta‘sir etuvchi omillar 
ham mavjud. Ushbu risklarning tasnifi shartli ravishda bo‗lib, har bir loyiha uchun 
ahamiyatli risklarni aniqlash nuqtasiga yo‗naltirish sifatida qaraladi. Bunday risklar 
aniq holatlarda mutaxassislar va ekspertlar tomonidan tarmoqqa tegishliligi, 
masshtablari, tanlangan texnologiya, loyihani amalga oshirayotgan mamlakat va 
boshqa loyihaning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi. Loyiha 
risklarining bir necha turlari mavjud. Ularning hech birini ta‘siri jihatidan 
ahamiyatsiz va xavfsiz, deb bo‗lmaydi. Investitsiya risklari kichik bir texnologik yoki 
shu kabi mikrodarajadagi jarayondan tortib, to mamlakat, hatto, xolqaro miqyosdagi 
turli holatlar va hodisalarning o‗zgarishiga bog‗liq holda yuzaga kelishi mumkin.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling