417
GLOSSARIY
Asosiy kapital – ishlab
chiqarishda qatnashadigan, uzoq vaqt davomida
haqiqiy shaklini o‗zgartirmaydigan, bir necha ishlab chiqarish siklida qatnashadigan
va o‗z qiymatini yangidan yaratiladigan mahsulotga asta-sekin o‗tkazadigan mol-
mulk guruhi.
Annuitet to„lov – bu asosiy qarz summasini
va kredit uchun hisoblangan
foizlar summasini o‗z ichiga oladigan, kredit bo‗yicha teng miqdorlarda to‗lanadigan
oylik to‗lov summasi.
Aktivlar rentabelligi – daromadni oshirish uchun
kompaniya aktivlaridan
foydalanish samaradorligini aks ettiruvchi moliyaviy ko‗rsatkich.
Biznes – foyda olish maqsadiga yo‗naltirilgan iqtisodiy faoliyat.
Biznes reja – batafsil tuzilgan loyiha rejasi,
maqsadlarni, kelgusidagi
faoliyatni,
material harajatlarni, yangi loyihaning moliyaviy jihatlarini yoki
kompaniyaning kelgusidagi rivojlanish yo‗nalishlarini aks ettiruvchi hujjat.
Bojxona boji – davlat chegarasini kesib o‗tganda
solinadigan maxsus pul
solig‗i.
BERI indeksi – turli mamlakatlarning investitsiya muhitini tahlil qilib,
ularning risklilik darajasini baholaydi. Bunda turlicha qiymatga ega bo‗lgan 15 ta
ko‗rsatkichga ball berish orqali umumiy summa aniqlanadi.
Bank krediti – bir tomondan ma‘lum muddat
va shartlar asosida bank
tomonidan beriladigan pul summasini anglatsa, ikkinchi
tomondan buyurtmachining
moliyaviy talabini qondirishga qaratilgan aniq bir texnologiyani anglatadi.
Valyuta – ma‘lum bir davlatning qonun bilan o‗rnatilgan pul vositasi (milliy
valyuta), bir yoki bir necha yetakchi mamlakatlarning valyutasi ko‗rinishidagi jahon
rezerv pullari, xalqaro valyuta fondi va Yevropa valyuta tizimi a‘zolari tomonidan
ko‗p tomonlama hisob-kitoblarda foydalaniladigan xalqaro valyuta birliklari.
Do'stlaringiz bilan baham: