Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

 
 
 


417 
GLOSSARIY 
 
Asosiy kapital – ishlab chiqarishda qatnashadigan, uzoq vaqt davomida 
haqiqiy shaklini o‗zgartirmaydigan, bir necha ishlab chiqarish siklida qatnashadigan 
va o‗z qiymatini yangidan yaratiladigan mahsulotga asta-sekin o‗tkazadigan mol-
mulk guruhi. 
Annuitet to„lov – bu asosiy qarz summasini va kredit uchun hisoblangan 
foizlar summasini o‗z ichiga oladigan, kredit bo‗yicha teng miqdorlarda to‗lanadigan 
oylik to‗lov summasi. 
Aktivlar rentabelligi – daromadni oshirish uchun kompaniya aktivlaridan 
foydalanish samaradorligini aks ettiruvchi moliyaviy ko‗rsatkich. 
Biznes – foyda olish maqsadiga yo‗naltirilgan iqtisodiy faoliyat.
Biznes reja – batafsil tuzilgan loyiha rejasi, maqsadlarni, kelgusidagi 
faoliyatni, material harajatlarni, yangi loyihaning moliyaviy jihatlarini yoki 
kompaniyaning kelgusidagi rivojlanish yo‗nalishlarini aks ettiruvchi hujjat. 
Bojxona boji – davlat chegarasini kesib o‗tganda solinadigan maxsus pul 
solig‗i. 
BERI indeksi – turli mamlakatlarning investitsiya muhitini tahlil qilib, 
ularning risklilik darajasini baholaydi. Bunda turlicha qiymatga ega bo‗lgan 15 ta 
ko‗rsatkichga ball berish orqali umumiy summa aniqlanadi. 
Bank krediti – bir tomondan ma‘lum muddat va shartlar asosida bank 
tomonidan beriladigan pul summasini anglatsa, ikkinchi tomondan buyurtmachining 
moliyaviy talabini qondirishga qaratilgan aniq bir texnologiyani anglatadi.
Valyuta – ma‘lum bir davlatning qonun bilan o‗rnatilgan pul vositasi (milliy 
valyuta), bir yoki bir necha yetakchi mamlakatlarning valyutasi ko‗rinishidagi jahon 
rezerv pullari, xalqaro valyuta fondi va Yevropa valyuta tizimi a‘zolari tomonidan 
ko‗p tomonlama hisob-kitoblarda foydalaniladigan xalqaro valyuta birliklari. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling