Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

birinchidan, korxonalar foydasining shakllanishiga ta‘sir etadigan risklarni 
turli xil variantlari mavjud bo‗lganda uning eng optimal variantlarini tanlash va 
tegishli qarorlar qabul qilish, shuningdek, turli xil oraliqlarda qarorlar qabul qilinishi 
avvalgi qabul qilingan qarorlarga bevosita bog‗liqligi va uni istiqbolda yanada 
rivojlantirish holatini aniqlab beradi. Bunda riskni tahlil qiluvchi barcha 
ma‘lumotlarga ega bo‗lishi kerak;
ikkinchidan, qoida tariqasida, korxona investitsiya faoliyatini amalga oshirish 
davomida qilingan harajatlar bir martalik moliyaviy qo‗yilmalarni amalga oshirishni 
talab qilmasdan, uzoq muddat davomida amalga oshirishni taqozo etadi. Bu holat 
korxona menejeriga kapital qo‗yilmalarni qayta baholash zaruriyatini hamda amalga 
oshirishdagi o‗zgarishlarga tezkorlik bilan munosabat bildirishni talab qiladi; 
uchinchidan, risklar tarkibini va davomiyligini aniqlash, korxonalarning 
investitsiya faoliyatiga ta‘sir etishi mumkin bo‗lgan asosiy risklarni aniqlash, asosiy 
risklarning sodir bo‗lish vaqtini aniqlash, asosiy risklarning sodir bo‗lishi natijasida 
qabul qilinishi mumkin bo‗lgan qarorlarni shakllantirish.
Risk omilini aniqlash deganda risk sababini, ya‘ni loyihaga ta‘sir qila oladigan 
voqea yoki vaziyatlarni aniqlash tushiniladi. Shuni e‘tiborga olish lozimki, 
investitsiya loyihalari risklarini boshqarishda ularning tahlil qilinish natijalariga 
asoslanib, boshqarish usullari tanlanishi lozim. 


416 
Tayanch so„z va iboralar: 
 
Risk, fors-major, tizimli risk, tizimsiz risk, siyosiy risk, valyuta riski, foiz riski, 
moliyaviy risk. 
O„zini – o„zi tekshirish uchun savollar: 
1. Risk tushunchasining iqtisodiy mohiyati 
2. Investitsiya risklarining mazmuni va xususiyatlari 
3. Risklarni aniqlash usullari 
4. Risklarni boshqarish yo‗llari 
5. Risk omilini aniqlash deganda nimani tushunasiz? 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling