Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Loyiha smeta qiymatining oshish riskiga


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Loyiha smeta qiymatining oshish riskiga quyidagilar sabab bo‗lishi mumkin: 
loyihalash jarayonidagi xatolar, pudratchilarning resurslardan samarali foydalanishni 
ta‘minlay olmasligi, loyihani amalga oshirish shartlarini o‗zgarishi va boshq.
Qurilishni o‘z vaqtida tugallanmaslik riskiga quyidagilar ta‘sir ko‗rsatadi: 
pudratchilarning o‗z majburiyatlarini bajarmasliklari; tashqi shart-sharoitlarning 
o‗zgarishi, qurilish ishlari muddatining cho‗zilib ketishi natijasida qo‗shimcha 
harajatlar kelib chiqishi: kredit bo‗yicha foizlarni hisoblash, narxlarning inflyatsiya 
natijasida o‗sishi oqibatida ish va material qiymatining oshishi kabi qo‗shimcha 
harajatlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, bu risk natijasida kelgusidagi 
ob‘ektga xom ashyo yetkazib beruvchilar bilan va kelgusidagi loyiha mahsuloti 
iste‘molchilari bilan shartnomaviy munosabatlar to‗xtashi mumkin. Ish va ob‘ekt 
sifatining pastligi riski pudratchilar majburiyatining buzilishi, loyixalashtirishdagi 
xatolar va boshqalar natijasida kelib chiqishi mumkin. Ob‘ekt sifatining pastligi 
natijasida loyiha bo‗yicha qo‗shimcha investitsion harajatlar qilinishi kerak bo‗ladi. 
Bu harajatlar kamchiliklarni tuzatishga sarflanishi mumkin. Agar kamchilik saqlanib 
qoladigan bo‗lsa, loyiha mahsulotini ishlab chiqarishga qo‗shimcha harajatlar qilish 


407 
kerak bo‗ladi. 
Konstruksion va texnologik risk. Konstruksion risk – bu investitsiya 
fazasidayoq loyihaning texnik amalga oshmaslik riskidir. Bu loyiha hujjatlarini ishlab 
chiquvchilarning xatolari, bu hujjatlarni ishlab chiqishda zarur bo‗lgan ma‘lumotlarni 
yetarli yoki aniq yemasligi natijasida ro‗y berishi mumkin. Texnologik risk – bu 
ishlab chiqarish texnologiyalarining sanoat darajasida qo‗llanilmasligi natijasida 
ma‘lum texnik-iqtisodiy parametrlardan ob‘ekt ekspluatatsiyasidagi cheklanishlar 
riski. Bunga ekspluatatsiya harajatlarining oshishi, ekologik me‘yorlarga mos 
kelmaslik kabilar ta‘sir etadi.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling