Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Innovatsion faoliyat – shunday bir jarayonki, unda tugallangan ilmiy-tadqiqot 
va ishlanmalar yoki boshqa ilmiy-texnik yutuqlar bozorda sotish uchun ishlab 
chiqilgan yangi yoki takomillashgan tovarga, amaliyotda qo‗llaniladigan yangi yoki 
takomillashgan texnologik jarayonga, shuningdek, qo‗shimcha ilmiy-tadqiqot va 
tajriba-konstruktorlik ishlariga qaratilgan bo‗ladi. 
Innovatsion bozor – bu umumiy bozor tizimining bir bo‗g‗ini hisoblanib, 
uning yakuniy tovari bo‗lib ilmiy va ilmiy-texnik natijalar, intellektual faoliyatning 
mahsuloti bo‗lmish mualliflik huquqi va shunga o‗xshash milliy hamda xalqaro 
me‘yoriy hujjatlarga mos holda rasmiylashtirilgan boshqa huquqlar hisoblanadi. 
Ijtimoiy investitsiyalar – inson salohiyatini, ko‗nikmalarini va ishlab 
chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne‘matlarning boshqa 
shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar. 
Investitsiya loyihasi – 2 xil ma‘noda ishlatiladi: biznes, faoliyat, biron-bir 
maqsadlarga erishishni ta‘minlaydigan tadbirlar rejasi; kelajakda ma‘lum bir 
faoliyatni amalgam oshirish uchun zarur bo‗ladigan tashkiliy-huquqiy va moliyaviy 
hujjatlar tizimi. 
Investitsiya faoliyati ob‟ektlari – moddiy va nomoddiy boyliklar ishlab 
chiqarish ob‘ektlari. 
Investitsiya faoliyatining sub‟ektlari – O‗zbekiston Respublikasining 
rezidentlari – jismoniy va yuridik shaxslari, davlat va mahalliy organlar, xorijiy 
davlatlar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar, fuqaroligi 
bo‗lmagan shaxslar va uzoq vaqt mobaynida chet yelda yashayotgan O‗zbekiston 
fuqarolari. 
Inflyatsiya – pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida milliy 
valyutaning qadrsizlanishi, narxlarning o‗sishi. 
Investitsiyalarni 
moliyalashtirishning 
markazlashgan 
manbalari 
– 
respublika va mahalliy byudjetlardan, byudjetdan tashqari fondlardan yig‗ladigan 
mablag‗lar, shuningdek Hukumat kafolati ostida kirib keladigan xorijiy investitsiya 
va kreditlar. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling