Lizing shartnomasi – lizing oluvchi va lizing beruvchi o‗rtasida tuziladigan,
qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladigan, lizing ob‘ektining mazmuni,
tomonlarning majburiyati, lizing to‗lovlarining qiymati, muddati, to‗lov tartibi,
shartlari va h.k. lar ifodalangan yozma ko‗rinishdagi shartnoma.
Lizing to„lovlari – lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchiga lizing ob‘ekti
qiymatini qoplanishi va lizing oluvchining foizli daromadi tushuniladi. Lizing
to‗lovlari shartnomaning muddati davomida taqsimlanib, qismlarga bo‗linib
to‗lanadi, ularning hajmi va qanday muddatlarda to‗lanishi lizing shartnomasida
belgilanadi.
Loyihaviy moliyalashtirish – bu yirik investitsiya loyihalarini uzoq muddatli
moliyalashtirish bo‗lib, bunda kiritilgan investitsiyalarning qaytarilishi loyiha
hamkorlarining balans ko‗rsatkichlariga emas, balki loyihadan keladigan kelgusi pul
oqimiga asoslanadi.
Litsenziya – 1) korxona, tashkilotlar va jismoniy shaxslarga patent bilan
himoyalangan ixtirolar, texnologiyalar, texnik va tijorat ma‘lumotlaridan
foydalanishni taqdim etish; 2) davlat organlari tomonidan turli faoliyatlarni aniq bir
cheklov doirasida amalga oshirishga beriladigan ruxsat bo‗lib, shunday faoliyatlar
nazarda tutiladiki, ular nazorat ostida bo‗lishi yoki ruxsat berilganligiga to‗lovlar
to‗lanishi lozim.
Moliyaviy investitsiyalar – qimmatli qog‗ozlar va boshqa moliyaviy
vositalarga (aksiya, obligatsiya, nota, depozit sertifikatlari, xorijiy valyuta, hukumat
obligatsiyalari va qarzlar) yo‗naltiriladigan investitsiyalar.
Moliyalashtirishning qarz manbalari – ma‘lum davrga qarz sifatida
olinadigan, foizi bilan qaytariladigan pul mablag‗lari. Bularga kreditlar, qarz
mablag‗lari va korxona obligatsiyalari kiradi.
Moliyaviy instrumentlar – to‗lov, jamg‗arma va almashinuv vazifasini
bajaruvchi alohida moliyaviy tovar. Ularga naqd pul, valyuta, qimmatli qog‗oz,
hisob-kitob hujjatlari, nodir metallar, plastik kartalar, depozitlar, sug‗urta va kredit
xizmatlari va boshqa shu kabilar.
422
Do'stlaringiz bilan baham: |