Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Texnopark – innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun hududiy, ilmiy,  texnologik va texnik resurslar bazasidir.  To„lov balansi


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Texnopark – innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun hududiy, ilmiy, 
texnologik va texnik resurslar bazasidir. 
To„lov balansi – mamlakatning barcha rezidentlarining qolgan barcha 
mamlakatlar bilan ma‘lum vaqt oralig‗idagi (odatda bir yil) iqtisodiy bitimlari 
natijalarini sistemalashtirilgan holda qayd etilishidir. 
Tender – tender hujjatlarida ko‗rsatilgan mezon va shartlarga muvofiq tarzda 
mahsulot, ish va xizmatlarni optimal variantda taklif qiluvchini tanlovchi tanlov 
savdosi. 
Texnik-iqtisodiy asosnoma – bu loyihaning samaradorligi va maqsadga 
muvofiqligini ko‗rishga imkon beruvchi boshlang‗ich ma‘lumotlar, shuningdek, 
asosiy texnik va tashkiliy qarorlar, hisob-smeta, baholash va boshqa ko‗rsatkichlarni 
o‗zida mujassamlashtiruvchi hisob-analitik hujjatlar to‗plamidir. 
Tovar belgisi, savdo markasi – maxsus davlat muassasasidan ro‗yhatdan 
o‗tgan ifoda, belgi bo‗lib, tovarda yoki qadoqlangan idishida mazkur tovarlarni va 
ularni ishlab chiqaruvchilarni boshqalardan ajralib turishi uchun xizmat qiladi. 
Tadbirkorlik 
risklari 
– 
korxona 
moliyaviy-xo‗jalik 
faoliyatida 
yo‗qotishlarning paydo bo‗lish ehtimoli bo‗lib, tuzilgan tijorat bitimining natijalarini 
noaniqligini bildiradi. 


424 
Fors major risklar – tabiiy ofatlarning yuzaga kelishi natijasida paydo 
bo‗ladi: zilzilalar, suv toshqini, sunami, yong‗inlar, epidemiyalar va h.k. 
Xalqaro birja bozori – xorijiy valyuta va xorijiy valyutadagi to‗lov 
hujjatlarini sotish va sotib olishda ijtimoiy-iqtisodiy va institutsional munosabatlar 
tizimi. 
Xalqaro valyuta-moliya tashkilotlari – jahon valyuta tizimini rivojlantirish 
va mustahkamlash, jahon moliyaviy resurslar bozorini barqarorlashtirish va kapital 
aylanishini rag‗batlantirish maqsadida tashkil etilgan tashkilotlar. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling