Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Moliyaviy lizing – lizingning bir turi bo‗lib, bunda lizing shartnomasi quyidagi 
talablardan biriga javob berishi kerak: izing shartnomasining muddati tugagach
lizing ob‘ekti lizing oluvchining mulki bo‗lib o‗tsa lizing shartnomasining muddati 
lizing ob‘ekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo‗lsa yoki lizing ob‘ektining 
lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang‗ich 
qiymatining 20 foizidan kam bo‗lsa, lizing oluvchi lizing ob‘ektini qat‘iy belgilangan 
narxda yoki lizing shartnomasi muddati tugaganda aniqlanadigan narxda sotib olish 
huquqiga ega; lizing shartnomasi davridagi to‗lovlarning umumiy summasi lizing 
ob‘ekti qiymatining 90 foizidan ortiq bo‗lsa. 
Moliyaviy risklar – moliyaviy resurslarni yo‗qotish ehtimoli bilan bog‗liq 
risklar. 
Nou-xau – ilmiy, texnik, moliyaviy, sanoat, tijorat kabi turli bilimlar majmui 
yoki omma tomonidan keng qollanilmaydigan boshqaruv, harakter, tajriba, malakaviy 
faoliyat. 
Nomoddiy aktivlar – bu moddiy ko‗rinishga ega bo‗lmagan, lekin ―nomoddiy 
qiymat‖ ga ega bo‗lgan va shu sababli, firmaga qo‗shimcha daromad keltiruvchi 
aktivlardir. Ularga tovar markalari va belgilari, ishlab chiqarish sirlari, nashr etish 
huquqlari, patentlar va firmaning yaxshi reputatsiyasi (nomi, imidji) kabilar kiradi. 
Oferta – tender hujjatlariga muvofiq tender ob‘ektiga talabgorning taklifi. 
Obligatsiya – qarz munosabatini ifodalovchi qimmatli qog‗oz bo‗lib, egasiga 
uning qiymatiga ko‗ra qat‘iy belgilangan foizlar shaklida daromad keltiradi. 
Patent – 1) ixtirochiga beriladigan avtorlik huquqini hamda ixtiro uning o‗ziga 
tegishliligini tasdiqlovchi hujjat, guvohnoma; 2) qandaydir ish (kasb) yoki amaliy 
faoliyat bilan belgilangan sharoitlarda va belgilangan to‗lovlarni (patent uchun 
to‗lovlarni) to‗laganda shug‗ullanishga ruxsat beruvchi hujjat. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling