Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Valyuta kursi – milliy valyutalar o‗rtasidagi nisbat, bir mamlakat 
valyutasining xorijiy pul birliklarida ifodalanishi. 
Valyuta siyosati – mamlakatda xorijiy valyutalarning pul-kredit aylanmasini 
tartibga solishga yo‗naltirilgan tadbirlar tizimi. 
Valyuta rezervlari – xorijiy valyuta, oltin, SDR, XVFdagi rezerv pozitsiya 
ko‗rinishidagi valyuta likvid vositalarning jami. 
Valyutaning konvertirlanganligi – milliy valyutani xorijiy valyutalarga 
rezidentlar uchun ham, rezident bo‗lmaganlar uchun ham to‗lov balansining joriy 
operatsiyalari bo‗yicha almashtirish imkoniyati. 
Venchurli moliyalashtirish – ilmiy sig‗imli loyihalarni yuqori riskli 
moliyalashtirirish bo‗lib, bunda investorlar tomonidan kichik ilmiy-tadqiqot 
firmalarning nizom kapitaliga investitsiyalar kiritilishi (aksiyalar sotib olish) yoki 


418 
innovatsion loyihani amalga oshirish uchun o‗rta yoki uzoq muddatga investitsion 
kredit berish tushuniladi.
Vertikal TTXI – chet eldagi xom ashyo materiallardan foydalanish yoki 
distribyuterlik savdo shoxobchalari orqali iste‘molchilarga yaqinlashish maqsadida 
amalga oshiriladi.
Gorizontal TTXI – xorijiy mamlakatda o‗z mamlakatida ishlab chiqaradigan 
mahsulotlar turi bilan bir xil mahsulot ishlab chiqarish uchun yo‗naltirilgan 
investitsiyalardir. 
Da‟vogar – malaka talabidan o‗tgan, ofertasi qabul qilingan tenderda 
raqobatlashuvchi shaxs. 
Davlat investitsiya siyosati – bu iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarini 
rivojlantirish, moliyaviy qo‗llab-quvvatlash, markazlashgan investiyatsiyalash 
jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga o‗tish, ustivor investitsion 
loyihalarni qo‗llab quvvatlashga qaratilgan uslublar yig‗indisidir. 
Diversifikatsiya – sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va 
korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini 
ko‗paytirish. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling