Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

 
 
Tayanch so„z va iboralar 
 
Patent, litsenziya, daromadli yondashuv, franchayz, gudvill, nou-xau, 
intellektual mulk, nomoddiy aktiv, asosiy vosita. 
O„zini – o„zi tekshirish uchun savollar 
1. Nomoddiy aktivlar deganda nimani tushunasiz? 
2. Nomoddiy aktivlarni baholash qanday amalga oshiriladi? 
3. Gudvillni baholash usullari 
4. Franchayzning iqtisodiy mohiyati 
5. Intellektual mulk ob‘ektining qiymatining qanday yondashuvlari mavjud? 


401 
XXI BOB. INVESTITSIYA RISKLARI VA ULARNI PASAYTIRISH 
YO„LLARI 
 
§ 21.1. ―Investitsiya risklari‖ tushunchasi, mazmun-mohiyati va xususiyatlari 
§ 21.2. Investitsiya faoliyati bilan bog‗liq risklar va ularning tasniflanishi. 
Investitsiya risklarini aniqlash usullari 
§ 21.3. Risklarni boshqarish va risk darajasini pasaytirish yo‗llari 
 
§ 21.1. “Investitsiya risklari” tushunchasi, mazmun-mohiyati va xususiyatlari 
Investitsion faoliyatda risk – bu investitsiyalarni qisman yoki to‗liq yo‗qotish, 
kutilgan daromaddan kamroq foyda olish va loyihada ko‗zlangan maqsadlarga erisha 
olmaslik xataridir. Loyihadan qanchalik ko‗p miqdorda daromad olish taxmin qilinsa, 
shu qadar yuqori riskli deb e‘tirof etiladi. Hozirgi kunda loyiha risklari deganda 
loyihani amalga oshirish natijasida ko‗zlangan daromadlarning pasayishiga sabab 
bo‗ladigan vaziyatlar majmuasi tushuniladi. Shu bilan birga loyiha riski investitsion 
loyihani amalga oshirishga halaqit beradigan yoki loyiha samaradorligini 
pasaytiradigan risklarning yig‗indisini ham anglatadi. Riskni ma‘lum bir qarorni 
qabul qilish natijasida zaxiralarni yo‗qotish imkoniyati, daromadlarni ololmaslik yoki 
qo‗shimcha harajatlar zarurati sifatida belgilash mumkin. 
Amaliyotda investorlar har doim rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. 
Buning asosiy sabablaridan biri – risklarning mavjudligidir. Shunday holatlar 
bo‗lganda tadbirkor investitsiyalarni jalb etish, undan samarali foydalanish orqali 
foyda (daromad) olganligini his etadi. Bunday his tuyg‗ular tarkibida yana bir hohish 
yuzaga keladi, ya‘ni agar men ushbu ishni xayotga tadbiq etishda professional 
yondashganda ko‗zlangan foyda 10-15 foiz ko‗p bo‗lgan bo‗lar edi deb faraz qiladi. 
Unda savol tug‗iladi. Tadbirkor investitsiyani jalb etib ko‗zlangan foyda (daromad)ni 
qo‗lga kiritgan bo‗lsa yana qanday foyda (daromad) ustida gap borishi mumkin? 
Darhaqiqat, har bir moliyaviy munosabatlarni oqilona tashkil etishda to‗siqlar 
bo‗ladi, ko‗pincha ularni e‘tiborga olib bo‗lmaydi, bir to‗siqni oldini olsak, ikkinchi 
omil yuzaga kelib harajatlarni oshiradi, foydani esa kamaytiradi. Shu sababli qo‗lga 
kiritilgan har qanday moliyaviy natija bu riskli faoliyat yuritish natijasidir, risksiz 
faoliyat bo‗lmaydi.


402 
Investitsion faoliyatda risk – bu investitsiyalarni qisman yoki to‗liq yo‗qotish, 
kutilgan daromaddan kamroq foyda olish va loyihada ko‗zlangan maqsadlarga erisha 
olmaslik xataridir. Loyihadan qanchalik ko‗p miqdorda daromad kutilsa, u shunchalik 
yuqori riskli hisoblanadi.
Risk atamasiga turlicha ma‘no berib kelinmoqda. ―Risk‖ so‗zi Yevropaning 
ko‗p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda ridsikon so‗zi mavjud bo‗lib, u qoya, 
cho‗qqi ma‘nosini bildiradi.
Italiyaliklar tilida risiko so‗zi xatar, tahdid ma‘nosini, risicare so‗zi qoyadan 
mohirona o‗tish ma‘nosini bildiradi. Fransuzlardagi risdoe so‗zi taxdid, qoyani 
aylanib o‗tmoq ma‘nosini beradi. Vobster lug‗atida risk – xavf-xatar, zarar va 
yo‗qotish ehtimoli deb ta‘riflangan. Ojegova lug‗atida risk - xavf ehtimoli yoki 
muvaffaqiyat umidida xavf tomon borish ma‘nosida kelishi ko‗rsatilgan. Iqtisodchi 
Ye.S.Stoyanovaning ―Moliyaviy menejment‖ kitobida ―risk - bu zararning paydo 
bo‗lishi yoki prognozlashtirilganidek daromad ololmaslik xavfi ehtimoli‖ deb ta‘rif 
beradi. Graboviy P.G., Petrova S.N.larning ―Zamonaviy biznesda risk‖ kitobida 
ta‘riflanishicha, ―Risk deganda ma‘lum bir ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat 
natijasida korxona tomonidan o‗z resurslarini ma‘lum qismidan ayrilish, foyda 
ololmaslik yoki qo‗shimcha harajatlar qilish ehtimoli‖dir. Iqtisodchi Chaliy-
Prilutskiy V.A.ning ―Bozor va risk‖ kitobida keltirilishicha: ―Risk - bu tanlov 
sharoitida bajarilgan shunday faoliyatki, qachonki muvaffaqiyatsizlik sharoitida 
tanlov oldidagiga nisbatan og‗irroq sharoitga tushib qolish ehtimoli mavjud 
bo‗ladi‖
132
.
Risk – bu bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda xaqiqiy 
sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning yuzaga 
kelish ehtimolidir. Risk kutilishi mumkin bo‗lgan xatar bo‗lib, investitsiyadan 
mo‗ljallangan foydani olish jarayoniga xos bo‗lgan noumidsizlikdir. Risklarning 
paydo bo‗lish sabablari turlichadir. Masalan, ma‘lumotlarning tanqisligi yoki to‗liq 
bo‗lmasligi, tashqi va ichki muhitdagi harakatlar (raqobatchilar, ishchilar holati, 
xukumat va boshqalarning harakatlari) va h.k. ―Risk‖ tushunchasiga juda yaqin 
132
Морозов Д.С.Проектное финансирование:управленение рисками. Учебное пособие. – М: Анкил, 1999, 26 с.


403 
bo‗lgan ―noaniqlik‖ tushunchasi riskning aniq turlarini tasniflash uchun sinonim 
sifatida qo‗llaniladi. Noaniqlik – bu investitsion loyihani amalga oshirish shart-
sharoitlari xaqidagi ma‘lumotlarning to‗liq yoki aniq yemasligidir. Masalan, 
inflyatsiya xaqidagi, texnika-texnologiyalardagi o‗zgarishlar haqidagi, loyiha 
quvvatining, ob‘ektning qurilish va foydalanishga topshirish muddatlari, harajat va 
natijalarning notug‗ri hisob-kitob qilinishi kabi ma‘lumotlarning to‗liq yoki aniq 
emasligi natijasida noaniqlik yuzaga keladi.
Riskni tushunishda ikki xil qarash mavjud. Birinchidan, risk – bu ob‘ektiv, 
ya‘ni xavf-xatar, muvaffaqiyatsizlik va uning natijasida moliyaviy resurslarining bir 
qismidan yoki butunlay ajralish, rejalashtirilgan daromadni ololmaslik, zarar ko‗rish 
deb qarash. Ikkinchidan, risk – bu sub‘ektning xavf-xatar, muvaffaqiyatsizlik, zarar 
ko‗rish ehtimolini bila turib, yaxshi natijaga erishish umidida faoliyatni amalga 
oshirish deb qarash. Demak, ikkinchi xil qarashda risk faoliyatdir, faoliyat boshlash 
yoki boshlamaslikning sharti.
Ammo shu o‗rinda aytish joizki, investitsiya loyihasini amalga oshirish 
jarayonida yuzaga kelish imkoniyati bilan bog‗liq salbiy holatlar va oqibatlar risk 
tushunchasi bilan izohlanadi. Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar 
ehtimolligi joriy davr ma‘lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e‘tiborga 
olinadi. Noaniqlik esa bunday ehtimollik o‗tgan va kelasi davr ma‘lumotlari 
yetishmasligi yoki to‗liq emasligi sababli sub‘ektiv aniqlangan vaqtda e‘tiborga 
olinadi. Har qanday holda ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash 
(inflyatsiya, foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va boshqalar) 
kelajakning ma‘lum emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo‗lishi 
mumkin.
Risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo‗qotish va zararlarga bog‗liq 
bo‗lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda ifodalash maqsadga 
muvofiqdir. Investitsiya risklarini turli belgilar bo‗yicha tasniflash mumkin (21.1 – 
jadval). Shu o‗rinda aytish joizki, risklardan mutloq yo‗qotishlar ―0‖ ga teng bo‗lgan 
holatini yuzaga keltiradi. Bunday holatdan chiqish esa tadbirkorning innovatsion 
g‗oyalarini amaliyotda qo‗llash darajasi bilan bog‗liq bo‗ladi.



Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling