Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Franchayz – bu mahsulot va tovarlarni ishlab chiqarishda o‗zga 
korxonalarning texnologiya, algoritm, formula va boshqa tashqi ko‗rinishlaridan 
foydalanish huquqi. Bunday huquq asosan boshqa firma yoki boshqa tuzilmalardan 
shartnomalar asosida sotib olinadi. Bozor iqtisodiyotiga o‗tish hamda erkin raqobat 
muhiti vujudga kelishi munosabati bilan ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish 
sohalarida raqobatbardoshlikni ta‘minlashda nomoddiy aktivlarni o‗rni ko‗tarilib, ular 
roli borgan sari oshib boradi. Barcha turdagi nomoddiy aktivlarni tashkil etish o‗z 
navbatida investitsiyalarni talab etadi. Moddiy mulk ob‘ektlaridek, nomoddiy 
aktivlarni tashkil etish va doimiy tarzda yangilab borish muayyan sarf-harajatlarni 
talab etadi.
Nomoddiy aktivlar muayyan vaqt birligida ishlab chiqarishni boshqaruvchi
tovar mahsulotni ilgari surishda, mahsulot tannarxini pasaytirishda, umuman 


396 
kapitallashuvni ta‘minlashda erkin raqobat muhitida juda ham qo‗l keladigan aktivlar 
qismi hisoblanadi. Investitsiyalarni bir qismi korxona, xo‗jalik yuritish sub‘ekti 
tomonidan asosiy kapitalni tiklash, yangilash, kengaytirish va muntazam 
modernizatsiyalashga qaratilsa, ikkinchi qismi nomoddiy aktivlar majmuasini 
kengaytirishga, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishga, nou-xaulardan 
foydalanish huquqlarini qo‗lga kiritish hamda korxona salohiyatini oshirishga, uning 
obro‗-e‘tibor qozonishiga, yuqori imidjga ega bo‗lishiga qaratiladi. Investitsiyalarni 
yana bir qismi aylanma mablag‗larni tashkil etishga, ularni to‗ldirishga qaratiladi. 
Nomoddiy aktivlarga investitsiyalar keskin raqobat muhitida ishlab chiqarish, xizmat 
ko‗rsatish sohalarida yetishtirilgan tovar mahsulot va xizmatlarni ilgari surishni, ular 
aylanma muddatini qisqartirishni, iste‘molchilarga qisqa muddatlarda yetkazilishini 
ta‘minlaydi, ko‗maklashadi. Nomoddiy aktivlar raqobatbardoshlikni yangi 
texnologiya, mahsulot patentlari, litsenziyalar va boshqa nomoddiy aktivlar turlarini 
harid yetish yo‗li bilan xo‗jalik yuritish sub‘ekti faoliyatini yangilanib borishga, 
zamonaviylashtirishga va bozor talablariga javob bera oladigan tovar va xizmatlarni 
yaratilishiga zamin yaratiladi. Nomoddiy aktivlarni asosiy turlari patentlar, 
litsenziyalar, savdo markalari, tovar belgilari franchayz, dasturlar ta‘minoti, ―gudvill‖ 
va boshqalar kapitallashtiriladi va foydalanish davri mobaynida so‗ndirib boriladi. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling