Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
Aytish joizki, xorij iqtisodchi olimlaridan B.Nidlz, X.Anderson va D.Kolduyellar ―nomoddiy aktivlar
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
Aytish joizki, xorij iqtisodchi olimlaridan B.Nidlz, X.Anderson va D.Kolduyellar ―nomoddiy aktivlar – jismoniy ko‗rinishga ega bo‗lmagan, sotib olinayotgan aktivlar tarkibida kapital qo‗yilmalarni tashkil etuvchi asosiy aktivlar‖, deb qaraydilar 127 . R.Entoni nomoddiy aktivlarni ―yakka tartibda sotiluvchi aktivlar va korxona bilan birga sotiluvchi aktivlar‖, deb e‘tirof etadi. Yakka tartibda aks ettiriluvchi aktivlar barcha huquqlarni o‗zida namoyon etsada, mahsulotlar belgilari, uning xilma-xilligi korxonaning umumiy qiymatiga qo‗shiladi. 126 ―Ko‘rinmas‖, ―sezib bo‘lmaydigan‖, ―ushlab bo‘lmaydigan‖ aktivlar tushuniladi. 127 Нидлз Б., Андерсон Х., Колдуэлл Д. Принципы бухгалтерского учета. – М.: «Финансы и статистика», 1996. – С. 227. 392 Rossiyalik iqtisodchi olim A.Sheremet nomoddiy aktivlarga umumiy holda quyidagicha ta‘rif beradi: ―…moddiy qiymatga ega bo‗lmagan yuridik va boshqa huquqiy munosabatlarni o‗zida namoyon etuvchi, o‗z egasiga ma‘lum vaqt davomida foyda (daromad) keltiruvchi, foydalanuvchilar uchun qulayliklarni yaratuvchi aktivlardir‖ 128 . Hozirgi kunga qadar chop etib kelingan iqtisodiy adabiyotlarda ―nomoddiy aktivlar o‗zida nojismoniy elementlarni tavsiflovchi aktivlardir‖ yoki ―nomoddiy aktivlar – korxona aktivlarining ajralmas bir qismi hisoblanib, ular buyum shakligi ega bo‗lmaydi‖ yohud ―nomoddiy aktivlar - moddiy ko‗rinishga ega bo‗lmagan intellektual faoliyat mahsuli, ya‘ni intellektual mulk‖, deb ta‘riflangan. Demak, nomoddiy aktivlarning tushunchasi ularning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ular moddiy ko‗rinishga ega bo‗lmagan, uzoq vaqt davomida harajatlarga aylanib boruvchi, korxonaga kelajakda daromad keltiruvchi va aktivlarning bir qismini tashkil etadigan hamda huquqiy munosabatlarni o‗zida mujassam qiluvchi aktivlar hisoblanadi. Shuningdek, nomoddiy aktivlar moddiy mohiyatga ega bo‗lmagan aktivlarga bo‗lgan va uning egalariga uzoq davr davomida muayyan daromad yoki boshqa xil foyda olishni ta‘minlaydigan aktivlarga nisbatan mulkiy huquqlardir. Umumiy tarzda yondashib fikr yuritadigan bo‗lsak, korxona faoliyatida bir yildan ortiq ishtirok etadigan, kelgusida iqtisodiy naf keltira oladigan, indentifikatsiyalanuvchi, moddiy buyumlashgan shaklga ega bo‗lmagan aktivlarga nomoddiy aktivlar deyiladi. Nomoddiy aktivlar boshqa aktivlardan quyidagilar bilan farqlanadi: – asosiy vositalardan – moddiy-mulkiy qiymatlikka yega bo‗lmasligi bilan; – tovarlardan – sotish uchun mo‗ljallanmaganligi bilan; – ishlab chiqarish zaxiralaridan – ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat (bir yildan ortiq) foydalanilishi bilan. Ko‗p hollarda, nomoddiy aktivlar deganda ma‘lum qiymatlikka ega bo‗lgan intellektual mulk ob‘ektlari, mulk huquqlari tushuniladi. Bozor munosabatlarining tobora rivojlanib borishi va erkinlashishi hamda raqobat muhitini keskinlashib borishi 128 Шеремет А., Рахман З. Бухгалтерский учет в рыночном экономике. – М.:«Инфра-М», 1996. – С. 135. 393 xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarining aktivlari tarkibida nomodiy aktivlar hissasini orttirib borishni taqozo etadi. Nomoddiy aktivlar bo‗lib, korxonaga mulkchilik xuquqlarida tegishli bo‗lgan aniq, moddiy asosga ega bo‗lmagan, pul shaklida bo‗lmagan aktivlar hisoblanadi, ishlab chiqarishda, xizmat ko‗rsatishda, ijara uchun yoki ma‘muriy maqsadlarda bir yildan ortiq ishlatiladi va daromad keltiradi. Nomoddiy aktivlar xo‗jalik yuritish faoliyatida uzoq vaqt (bir yo‗ldan ko‗p vaqt) mobaynida foydalanilgan moddiy ashyoviy mazmunga ega bo‗lmagan mulk ob‘ektlaridir. Nomoddiy aktiv deb e‘tirof etish uchun mulk ob‘ekti quyidagi shartlarga javob berishi talab etiladi: - foydalanish evaziga iqtisodiy yoki boshqa turdagi samara, daromad (foyda) keltirishligi; - xizmat muddati bir yildan ortiq bo‗lishi mumkin; - moddiy ashyoviy asosga ega bo‗lmasligi; - qiymatga ega bo‗lishligi va uni aniq o‗lchash mumkinligi. Intellektual mulk ob‘ektlari iqtisodiy ob‘ekt sifatida o‗zining o‗rni va roliga egadir. Intellektual mulkni boshqa mulk ob‘ektlaridan farqi shundaki, u inson salohiyatini hosilasini tashkil etadi. Intelektual mulk uning kelib chiqishi va tashkil etish xususiyatlaridan kelib chiqib hamda mualliflik huquqi himoyalanishi jihatidan ikkita turga ajratiladi: sanoat mulki; asarlar. Sanoat intellektual mulki tarkibiga tegishli hukumat muassasasi tomonidan berilgan patent bilan e‘tirof etilgan ixtirolar kiradi. Lekin barcha turdagi ixtirolar ham to‗lov qobiliyatiga ega bo‗lavermaydi. Patent orqali himoyaga olingan ixtironing mualliflik guvohnomasi bilan himoyalangan iqtidordan farqi shundaki patent bilan himoyaga olingan ixtironi patent egasigina qo‗llash huquqiga yegadir. Mualliflik guvohnomasi esa iqtidorni istisno sifatida faqat davlat tomonidan qo‗llanilishi mumkinligini e‘tirof etadi, muallifga esa mukofot to‗lovi huquqini beradi. Patent – bu yangi yaratilgan mahsulot, texnologiya va faoliyatni qo‗llash, ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish bo‗yicha ularni egasiga maxsus davlat patentlashtirish idorasi tomonidan berilgan huquq, yangi ixtiro uchun olingan patentga qaratilgan investitsiyalar tarkibiga uning yaratilishiga sarflangan harajatlar 394 (materiallar sarfi, ish haqi va ijtimoiy sug‗urta ajratmalari, amortizatsiya va boshqalar), patentlashtirish idorasiga to‗langani bois va boshqa patentga erishishga doir harajatlar majmuasi kiritiladi. Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling