Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Litsenziya - bu ma‘lum bir faoliyat turi bilan shug‗ullanish huquqini beruvchi 
rasmiy hujjat. Litsenziyalarni nomoddiy aktiv sifatida tan olishning zaruriyati 
negizida, uni ma‘lum vaqt birligi davomida korxona, firma, xo‗jalik yuritish sub‘ekti, 
tadbirkorga daromad keltirishi yotadi.
Bundan tashqari sanoat intellektual mulki tarkibiga:
- ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bajarilishi oqibatida olinadigan 
ilmiy-texnik mahsulot; 
- ilmiy ishlar tadbiq yetiladigan sanoat namunalari kiritiladi. 
Mualliflik huquqi bilan himoyalanadigan intellektual mulk ob‘ektlari sirasiga:
- adabiyot va san‘at asarlari;
- musiqa asarlari;
- rassomchilik asarlari;
- kinematografiya asarlari;
- ilmiy izlanishlar, ilmiy kashfiyotlar va boshqalar kiritiladi. 
Intellektual mulk ob‘ektlari boshqa mulk ob‘ektlaridek o‗zining qiymatiga 
egadir. Intellektual mulk boshqa mulk ob‘ektlari singari narxi aniqlanadi, undan 
foydalanish esa qo‗shimcha naf keltirish mumkin bo‗ladi. Moddiy ashyoviy asosga 
ega bo‗lmagan jami nomoddiy aktivlar xo‗jalik sub‘ektlariga nisbatan shartli ravishda 
uchta yirik guruhga ajratilishi mumkin: 
Birinchi guruh tarkibiga muayyan korxonadan, firmadan xo‗jalik yuritish 
sub‘ektlaridan ajratib olib bo‗lmaydigan nomoddiy aktivlar kiradi:
- maxsus malaka yegalari bo‗lish, ma‘lumotli personal;
- reklama sohasida va o‗z mahsulotini ilgari surishdagi erishilgan yutuqlar;
- hududiy joylashish afzalliklari;
- biznesda erishilgan reputatsiya, ya‘ni obro‗-e‘tibor.
Ushbu guruh tarkibiga kiritilgan aktivlar qoida sirasida noaniq xizmat 
ko‗rsatish muddatiga ega bo‗lganligi tufayli jamlangan holda baholanadi. Bunday 


395 
aktivlarni xizmat ko‗rsatish muddatini aniqlash va amortizatsiya normalarini 
o‗rnatish mumkin bo‗lmaganligi uchun, amortizatsiya ajratmalari hisoblanmaydigan, 
ya‘ni amortizatsiya ajratmalari qilinmaydigan aktivlar deb e‘tirof etish mumkin. 
Ikkinchi guruh tarkibiga korxona, firma yoki xo‗jalik yuritish sub‘ekti 
xodimidan ajratib olib bo‗lmaydigan aktivlar kiradi. Bular jumlasiga har bir 
xodimlarning obro‗-e‘tibori, ya‘ni reputatsiyasi va professionallik ko‗nikmalari, 
mahorati, shu jumladan shaxsiy nou-xau, tijorat sohasidagi mahorati moliya 
operatsiyalarini o‗tkazish va hokazolar kiradi. Birinchi guruh tarkibiga kiritilgan 
aktivlardek, bunday aktivlar ham har biri ajratib olib bo‗lmaydi, foydalanish 
muddatiga ega emas va amortizatsiya qilinmaydi.
Uchinchi guruh tarkibiga, korxona, firma yoki xo‗jalik yuritish sub‘ektidan 
ajratib olinib, baholanishi mumkin bo‗lgan aktivlar kiritiladi. Bular sirasiga fabrika 
markalari, firma yoki savdo belgilari, savdo markalari, mualliflik huquqlari, patentlar, 
litsenziyalar, franchayz va boshqalar kiritiladi. Bu guruhdagi har bir aktiv ajratilgan 
holda, yakka tartibda alohida baholanishi mumkin va ularni ko‗pchiligi aniq xizmat 
ko‗rsatish muddatlariga egadir. Bunday aktivlar amortizatsiya qilinadigan aktivlar 
deb e‘tirof etilgan va ularni korxona, firma yoki xo‗jalik yuritish sub‘ekti balansida 
aks ettirish mumkin.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling