Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

 
 
§ 20.2. Erkin bozor va kuchli raqobat muhitida nomoddiy aktivlarni 
kengaytirish zaruriyati 
 
Iqtisodiyotni globallashuvi sharoitida intellektual tovarlarga bo‗lgan talabni 
tobora kuchaytirib boradi. Ayniqsa, aqliy mehnat mahsuli bo‗lmish tovarlar va 
xizmatlarga bo‗lgan talab ko‗tarilib boradi. Maxsus tovar hisoblangan ilmiy g‗oyalar, 
texnikaviy yangiliklar, texnologik ishlanmalar, xilma-xil axborotlardan xabardor 
bo‗lish va ulardan raqobatbardoshlikni ta‘minlash maqsadida doimiy tarzda 
foydalanish zaruriyati paydo bo‗ladi. Erkin bozor va kuchli raqobat muhitida, 
ayniqsa, ilmiy texnikaviy ishlanmalarga bo‗lgan talab kuchayadi. U amalda patent, 
litsenziya, franchayz, nou-xau, dasturiy ta‘minot, turli axborot, savdo markalari, tovar 
belgilari va boshqalarga bo‗lgan talablardir. Ilmiy-texnikaviy ishlanmalar bozorni


397 
ko‗pincha, tashqi bozorni, mamlakat tashqarisidagi bozorlarni nazarda tutadi. Ilmiy-
texnikaviy ishlanmalar bozori XXI asrda tez kengayib bormoqda, yangi-yangi 
qismlarga ajratilmoqda va ishlab chiqarish hamda xizmat ko‗rsatish sohalarida 
ulardan juda ham unumli foydalanish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Buning sababi 
iqtisodiyotda intellektual mehnat mavqeining kuchayib borishidir. Ilm talab ishlab 
chiqarishning o‗sishi eng avvalo turli xizmatlar, axborot xizmati ahamiyatining 
kuchayishi bilan harakterlanadi. Buni internet xizmati bozorining shiddat bilan yer 
yuzida o‗sib borishi tasdiqlaydi. Shunday ekan, kuchli raqobat muhitida o‗z mavqei, 
obro‗-e‘tiborini yo‗qotish, raqobat muhitida sinish hech gap emas. Ilmiy-texnikaviy 
yangiliklar haridor mulkiga aylanish sharti bilan yoki o‗z egasi mulki bo‗laturib, 
vaqtincha foydalanish huquqi yoki shartlari orqali ishlab chiqarishga tatbiq etadi. 
Ishlab chiqarish sub‘ektlarini novatsiyalarga, ya‘ni yangilik kiritib borishga undaydi. 
Nomoddiy aktivlar tarkibining asosiy qismini intellektual mulk ob‘ektlari 
tashkil etganligi uchun mazkur paragrafda ularni baholashga alohida e‘tibor 
qaratamiz. Ma‘lumki, intellektual mulk ob‘ektlarini baholash ―Intellektual mulk 
ob‘ektlarini baholash tartibi to‗g‗risida‖gi
129
Nizomga asosan amalga oshiriladi. Unga 
ko‗ra, intellektual mulk ob‘ektini baholash Mol-mulkni baholash milliy standartlariga 
muvofiq baholovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi va baholash hisoboti 
bilan rasmiylashtiriladi. Intellektual mulk ob‘ektining qiymati uch yondashuv bilan, 
ya‘ni daromadli, harajatli va qiyosiy yondashuvlar bilan aniqlanadi.
Daromadli yondashuv – bu baholash ob‘ektidan kutilayotgan daromadlarni 
aniqlashga asoslangan baholash ob‘ektining qiymatini baholash uslublari majmui. 
Bunday usul intellektual mulk ob‘ektidan foydalanishdan daromad olish yehtimollari 
mavjud bo‗lgan hollarda qo‗llaniladi. Intellektual mulk ob‘ektidan foydalanishdan 
tushgan daromadlar intellektual mulk ob‘ektidan foydalanish huquqi topshirilgan 
huquq egasi tomonidan ma‘lum davr uchun olinadigan pul tushumlari va pul 
to‗lovlari orasidagi farqdir. Intellektual mulk ob‘ektidan foydalanishdan olinadigan 
asosiy daromadlar quyidagilar hisoblanadi:
129
Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasining 2009 yil 22 apreldagi 01/19-18/08-sonli Qarori 
bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2009 yil 8 mayda 1953-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 


398 
– mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish va sotishda va (yoki) asosiy va 
aylanma mablag‗larga sarmoya kiritishdagi harajatlardan tejash, shuningdek, 
harajatlarni amalda kamaytirish, intellektual mulk ob‘ektidan foydalanish huquqini 
qo‗lga kiritishda harajatlarning bo‗lmasligi (masalan, litsenzion to‗lovlarning 
yo‗qligi, litsenziarga daromaddan eng ko‗p ehtimoldagi ulushni ajratish zaruratining 
bo‗lmasligi);
– ishlab chiqarilayotgan dona mahsulotning (ish, xizmat) narxini oshirish, 
uning sotuv hajmini oshirish; 
– soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni kamaytirish, qarz yevaziga xizmat 
ko‗rsatish to‗lovlarini kamaytirish;
– baholash ob‘ektini ishlatishdagi pul oqimini olishdagi tavakkalchilikni 
kamaytirish, baholash ob‘ektidan foydalanishdagi pul oqimining vaqtinchalik 
tuzilishini yaxshilash.
Intellektual mulk ob‘ektlarini baholashning harajatli yondashuvi – bu mulkning 
eskirganligini inobatga olgan holda baholash ob‘ektini tiklash yoki almashtirish 
uchun zarur bo‗lgan sarf-harajatlar miqdorini belgilashga asoslangan baholash 
uslublari majmui. Bunday usulni qo‗llash baholash ob‘ektini tiklash yoki almashtirish 
imkoni bo‗lganda amalga oshiriladi. Harajatli yondashuvni qo‗llash orqali baholash 
quyidagi asosiy jarayonlarni o‗z ichiga oladi:
– baholash ob‘ektiga shunga o‗xshash yangi baholash ob‘ektini yaratish uchun 
sarflanadigan harajatlar miqdorini aniqlash;
– baholash ob‘ektining shunga o‗xshash yangi ob‘ektga nisbatan eskirganligi 
hajmini aniqlash; 
– baholash ob‘ekti qiymatini unga nisbatan shunga o‗xshash yangi baholash 
ob‘ektini yaratish uchun sarflanadigan harajatlar miqdorini chegirib tashlash yo‗li 
bilan hisoblash.
Qiyosiy yondashuv – bu baholash ob‘ektini unga nisbatan bitimlari qiymatlari 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarga ega bo‗lgan boshqa shunga o‗xshash ob‘ektlar bilan 
solishtirish orqali baholash ob‘ektining qiymatini baholash uslublari majmui. Bunday 
usulni qo‗llash baholash ob‘ektlarining o‗xshash narxlari haqidagi ishonchli va to‗liq 


399 
ma‘lumot hamda ular bilan amalga oshiriladigan bitimlarning haqiqiy shartlari 
mavjud bo‗lgan taqdirda amalga oshiriladi. Qiyosiy yondashuvni qo‗llagan holda 
qiymatni aniqlash quyidagi asosiy jarayonlarni o‗z ichiga oladi:
– baholash ob‘ektini shunga o‗xshash ob‘ektlar bilan solishtirishdagi 
yelementlarni aniqlash;
– baholanayotgan intellektual mulk ob‘ektining har bir solishtirish yelementlari 
bo‗yicha shunga o‗xshash har bir ob‘ektdagi xususiyat va farqlari darajasini aniqlash 
va h.k. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling