391
XX BOB. NOMODDIY AKTIVLARGA SAFARBAR ETILADIGAN
INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISH
§ 20.1. Nomoddiy aktivlar, ularning tarkibi va roli. Nomoddiy aktivlar–
investitsiya ob‘ekti sifatida
§ 20.2. Erkin bozor va kuchli raqobat muhitida
nomoddiy aktivlarni
kengaytirish zaruriyati
§ 20.3. Nomoddiy aktivlarni baholash va ―gudvill‖. Gudvill tarkibi. Gudvill –
investitsiya ob‘ekti sifatida
§ 20.1. Nomoddiy aktivlar, ularning tarkibi va roli. Nomoddiy aktivlar–
investitsiya ob‟ekti sifatida
Ma‘lumki, nomoddiy aktivlarga
126
yo‗naltirilgan investitsiyalar korxonalarning
ilmiy-texnik salohiyatini kengaytirishga mo‗ljallangan bo‗lib, mulkchilik huquqiga
ega bo‗lmasdan turib, foyda keltiradi. Nomoddiy aktivlar moddiy ko‗rinishga ega
bo‗lmagan, xo‗jalik yurituvchi sub‘ekti faoliyatida uzoq vaqt (bir yildan ortiq)
davomida foydalaniladigan mulk bo‗lib, bir qancha turlarga bo‗linadi.
Iqtisodiy
adabiyotlarda va me‘yoriy-huquqiy hujjatlarda nomoddiy aktivlarga berilgan ta‘riflar
deyarli bir xil mazmunni ifodalaydi. Masalan, ―Nomoddiy aktivlar‖ nomli 38-sonli
buxgalteriya hisobining xalqaro standartida quyidagicha ifodalangan: nomoddiy
aktivlar pul (qiymat) ko‗rinishiga, material-buyum ko‗rinishiga ega bo‗lmagan, ishlab
chiqarish yoki xizmat ko‗rsatishda
qatnashuvchi, ijaraga berish mumkin bo‗lgan va
boshqaruv maqsadlarida foydalanuvchi aktivlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: