423
Rentabellik indeksi – diskontlangan pul oqimi summasini boshlang‗ich
investitsiyalarga nisbati.
Sindikat – yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida
kreditorlarning vaqtinchalik birlashishi bo‗lib, o‗z zimmalariga loyihani kreditlash
bo‗yicha barcha faoliyatlarni amalga oshirish bilan birga har bir a‘zo
bankning ish
yuritish va yuridik jihatdan mustaqilligini saqlab qoladilar.
Sindikatli kreditlash – odatda, yagona kredit kelishuvi doirasida aniq
ulushlarda eng kamida ikkita kreditor (kreditorlar sindikati)
orqali byurtmachiga
beriladigan kredit.
Sof risklar – salbiy natija bo‗lishini yoki hech qanday natija bo‗lmasligini
anglatadi, quyidagi risk turlarini o‗z ichiga oladi: fors-major, ekologik, siyosiy,
transport va qisman tijorat risklari (mulkiy, ishlab chiqarish, savdo) ham kiradi.
Spekulyativ risklar –
oqibatida ham ijobiy, ham salbiy natijaga erishish
mumkin. Bunday risklarga tijorat risklarining bir qismi bo‗lgan moliyaviy risklar
kiradi.
Siyosiy risklar – mamlakatning siyosiy holati va hukumatning siyosiy faoliyati
bilan bog‗liq. Siyosiy risklar ishlab chiqarish va savdo shart-sharoitlarining buzilishi
aynan xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga bog‗liq bo‗lmagan risklar.
Texnopolis – bu yaxshi rivojlangan xizmat ko‗rsatish
infratuzilmasiga ega
bo‗lgan va geografik jihatdan alohida shaharda joylashgan ilmiy-ishlab chiqarish
kompleksidir.
Do'stlaringiz bilan baham: