Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Investitsion loyiha dasturi – O‗zbekiston Respublikasida qabul qilingan 
qonunchilik andozalariga muvofiq ishlab chiqilgan zaruriy hujjatlarni hisobga olgan 
holda kapital qo‗yilmalar hajmi va amalga oshirish muddatini maqsadga 


420 
muvofiqligini asoslovchi va shuningdek investitsiyalarni (biznes reja) amalga 
oshirish bo‗yicha amaliy faoliyatning dasturidir. 
Iqtisodiy samaradorlik – mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish natijalari 
bilan ishlab chiqarish va mehnat harajatlari o‗rtasidagi nisbat. 
Iqtisodiyotning real sektori (inglizcha – Real sector of economy) – iqtisodiy 
va qonuniy belgilanmagan iqtisodiy atama hisoblanadi va ma‘lum hududdagi 
faoliyati mahsulot ishlab chiqarishga yo‗naltirilgan kichik, o‗rta va yirik (industrial) 
korxonalarni birlashtiradigan iqtisodiyot sohasidir. 
Ipoteka krediti – ko‗chmas mulk garovi ostida bank tomonidan yuridik yoki 
jismoniy shaxslarga beriladigan uzoq muddatli kredit. Bunda garov sifatida ishlab 
chiqarish va turar joy binolari uchun yerlar, inshoot va qurilmalar bo‗lishi mumkin. 
Investitsion risklar – ko‗zda tutilmagan ko‗ngilsiz hodisalarning yuzaga 
kelishi natijasida rejalashtirilgan foydani ololmaslik yoki umuman foyda va 
boshlang‗ich investitsiyalardan ajralish ehtimolidir. 
Kapital investitsiyalar – asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab 
chiqarishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiyalashga, rekonstruksiya 
qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning 
boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar. 
Kapital qurilish – iqtisodiyotning alohida tarmog‗i bo‗lib, unda ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish sanoati uchun asosiy vositalar quriladi, ta‘mirlanadi 
va modernizatsiyalanadi. Kapital qurilishning tayyor mahsuloti bo‗lib bino, inshoot 
va boshqa shu kabilar hisoblanadi. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling