Moliyaviy lizing – lizingning bir turi bo‗lib, bunda lizing shartnomasi quyidagi
talablardan biriga javob berishi kerak: izing shartnomasining muddati tugagach,
lizing ob‘ekti lizing oluvchining mulki bo‗lib o‗tsa lizing shartnomasining muddati
lizing ob‘ekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo‗lsa yoki lizing ob‘ektining
lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang‗ich
qiymatining 20 foizidan kam bo‗lsa, lizing oluvchi lizing ob‘ektini qat‘iy belgilangan
narxda yoki lizing shartnomasi muddati tugaganda aniqlanadigan narxda sotib olish
huquqiga ega; lizing shartnomasi davridagi to‗lovlarning umumiy summasi lizing
ob‘ekti qiymatining 90 foizidan ortiq bo‗lsa.
Moliyaviy risklar – moliyaviy resurslarni yo‗qotish ehtimoli bilan bog‗liq
risklar.
Nou-xau – ilmiy, texnik, moliyaviy, sanoat, tijorat kabi turli bilimlar majmui
yoki omma tomonidan keng qollanilmaydigan boshqaruv, harakter, tajriba, malakaviy
faoliyat.
Nomoddiy aktivlar – bu moddiy ko‗rinishga ega bo‗lmagan, lekin ―nomoddiy
qiymat‖ ga ega bo‗lgan va shu sababli, firmaga qo‗shimcha daromad keltiruvchi
aktivlardir. Ularga tovar markalari va belgilari, ishlab chiqarish sirlari, nashr etish
huquqlari, patentlar va firmaning yaxshi reputatsiyasi (nomi, imidji) kabilar kiradi.
Oferta – tender hujjatlariga muvofiq tender ob‘ektiga talabgorning taklifi.
Obligatsiya – qarz munosabatini ifodalovchi qimmatli qog‗oz bo‗lib, egasiga
uning qiymatiga ko‗ra qat‘iy belgilangan foizlar shaklida daromad keltiradi.
Patent – 1) ixtirochiga beriladigan avtorlik huquqini hamda ixtiro uning o‗ziga
tegishliligini tasdiqlovchi hujjat, guvohnoma; 2) qandaydir ish (kasb) yoki amaliy
faoliyat bilan belgilangan sharoitlarda va belgilangan to‗lovlarni (patent uchun
to‗lovlarni) to‗laganda shug‗ullanishga ruxsat beruvchi hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |