Xorijiy investitsiyalar – bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada
daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining,
tadbirkorlik va boshqa faoliyatlarini qo‗llab-quvvatlashga va rivojlantirishga safarbar
etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir.
Xususiy investitsiyalar – xususiy, korporativ xo‗jalik va tashkilotlar, fuqarolar
mablag‗lari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablag‗lar hisobidan qo‗yiladi.
Ekologik risklar – atrof-muhitni ifloslanishi bilan bog‗liq risklar.
Emissiya – barcha shakldagi banknotalarni muomalaga chiqarilishi.
Emitent – qimmatli qog‗ozlarni, valyutani muomalaga chiqaruvchi institut
yoki tashkilot.
Erkin bojxona hududlari – chet elda ishlab chiqarilgan va mamlakatga kirib
kelayotgan mahsulotlarni imtiyozli to‗lov asosida saqlash, markalar va sortlarga
ajratish, ishlov berish, agar kerak bo‗lib qolsa komplektlashtirish va sotish kabi
vazifalarni bajaradi.
Qarzni restrukturizatsiyalash – kreditni to‗lash muddatlarini foizlarni
to‗lashni orqaga surish orqali cho‗zish.
Qarz oluvchiga nisbatan hech qanday regressiz bo„lgan loyihaviy
moliyalashtirish – kreditor loyihadan keladigan pul oqimlarini baholab, ularni kredit
va foizlarni qaytarishga yo‗naltirgani holda o‗z zimmasiga loyihani amalga oshirish
bilan bog‗liq barcha tijoriy va siyosiy risklarni oladi
Qarz oluvchiga nisbatan cheklangan regressli loyihaviy moliyalashtirish –
loyihani amalga oshirish bilan bog‗liq bo‗lgan barcha risklarni nazarda tutadi. Loyiha
risklari loyiha ishtirokchilari orasida shunday taqsimlangan bo‗ladiki, ularga bog‗liq
bo‗lgan risklarni o‗zlari qabul qilishga tayyor bo‗ladilar.
Hosilaviy moliyaviy vositalar – egasiga qimmatli qog‗oz, valyuta, tovar yoki
nomoddiy aktivlar kelajakda belgilangan shartlarda sotish yoki sotib olish huquqini
yoki majburiyatini beruvchi qimmatli qog‗ozlar (opsion, svop, fyuchers va forvard
bitimlari).
425
Do'stlaringiz bilan baham: |