418
innovatsion loyihani amalga oshirish uchun o‗rta yoki
uzoq muddatga investitsion
kredit berish tushuniladi.
Vertikal TTXI – chet eldagi xom ashyo materiallardan foydalanish yoki
distribyuterlik savdo shoxobchalari orqali iste‘molchilarga yaqinlashish maqsadida
amalga oshiriladi.
Gorizontal TTXI – xorijiy mamlakatda o‗z mamlakatida
ishlab chiqaradigan
mahsulotlar turi bilan bir xil mahsulot ishlab chiqarish uchun yo‗naltirilgan
investitsiyalardir.
Da‟vogar – malaka talabidan o‗tgan, ofertasi qabul qilingan tenderda
raqobatlashuvchi shaxs.
Davlat investitsiya siyosati – bu iqtisodiyotning
ustivor tarmoqlarini
rivojlantirish, moliyaviy qo‗llab-quvvatlash, markazlashgan investiyatsiyalash
jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga o‗tish, ustivor investitsion
loyihalarni qo‗llab quvvatlashga qaratilgan uslublar yig‗indisidir.
Diversifikatsiya – sotish bozorlarini kengaytirish
maqsadida tarmoq va
korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini
ko‗paytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: