Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Erkin iqtisodiy zonalar – konsignatsiya (ya‘ni tovarlarni sotish uchun berish) 
omborlarini, erkin bojxona zonalarini, shuningdek, tovarlarga ishlov berish, ularni 
qadoqlash, joylash, saralash, saqlash hududlarini o‗z ichiga oladi. 
Erkin bojxona hududlari – chet elda ishlab chiqarilgan va mamlakatga kirib 
kelayotgan mahsulotlarni imtiyozli to‗lov asosida saqlash, markalar va sortlarga 
ajratish, ishlov berish, agar kerak bo‗lib qolsa komplektlashtirish va sotish kabi 
vazifalarni bajaradi. Bunday erkin bojxona hududlari daryo va dengiz portlarida, 
chegaradosh temir yo‗l tarmoqlarida va aeraportlarda chet el valyutasida daromad 
olish maqsadida tashkil etiladi. 
Erkin savdo hududlari AQShda ko‗plab tashkil etilgan bo‗lib, ular tashqi 
savdo zonalari (Foreing Trade Zones) deb nomlanadi. Bugungi kunda AQShda 200 
ga yaqin zona va subzonalar faoliyat qo‗rsatmoqda. Bu hududlarning faoliyatini 
nazorat qilish tashqi savdo zonalari Departamentiga yuklatilgan bo‗lib, tadqiqotlar 
shuni ko‗rsatmoqdaki, Departament tomonidan zona ochilishi uchun ruxsat 
berilgandan so‗ng uning faoliyat ko‗rsatguniga qadar 6 oydan – 3 yilgacha vaqt kerak 
bo‗ladi. 


120 
Erkin ilmiy – texnik hududlar, ilmiy ishlab chiqarish va o‗quv markazlari 
jamlangan xozirgi kunda ishlayotgan va rivojlangan infrastrukturaga, chet el ilmiy – 
texnikaviy va texnologiyasiga, ishlab chiqarish va moliyaviy jixatdan potensialga ega 
bo‗lgan va maxsus xuquqiy tartibot o‗rnatiladigan alohida ajratilgan hududlardan 
iborat bo‗ladi. Erkin ilmiy texnik zonalar yuksak texnopolislar, texnoparklar, 
mintaqaviy inovatsiya markazlari – texnopolislar ishlaydigan zonalar shaklida tashkil 
etiladi. Bunday hududlarni tashkil etishda maqsad fan va texnika rivojlanishida 
muhim yo‗nalishlarni olib borish va uni xalqaro maydondagi nufuzini oshirishdan 
iboratdir. Erkin ilmiy texnik hududlar tashqi iqtisodiy masalalarni xal etish bilan bir 
qatorda mamlakatning ichki umumiy xo‗jalik masalalarini yechishga ham qaratilgan 
bo‗lishi lozim. Bunday holatda bu zonalarda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi va 
atrof muhitga ziyon – zahmat yetkazmaydigan ishlab chiqarishni tashkil etish va 
ishlab chiqarish resurslarini o‗zlashtirish uchun yuqori imkoniyatlar mavjud bo‗ladi.
O‗zbekiston Respublikasining 2020 yil 17 fevraldagi ―Maxsus iqtisodiy 
zonalar to‗g‗risida
43
‖gi qonuniga asosan - ―maxsus iqtisodiy zona deb – tegishli 
hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari va 
mahalliy investitsiyalarni, yuqori texnologiyalar hamda boshqaruv tajribasini jalb 
etish maqsadida maxsus ajratilgan, belgilangan chegaralarga va maxsus huquqiy 
rejimga ega bo‗lgan hududga aytiladi va maxsus iqtisodiy zonalar quyidagi turlarda 
tashkil etilishi mumkin: erkin iqtisodiy zonalar; maxsus ilmiy-texnologik zonalar; 
turistik-rekreatsion zonalar; erkin savdo zonalari; maxsus sanoat zonalari.
Erkin iqtisodiy hududlar o‗zlarining bojxona hududiga ega bo‗lib, bu hudud 
teretoriyasiga kirib – chiqish o‗rnatilgan tartibga amalga oshiriladi. Erkin iqtisodiy 
hududlar geografik jihatdan joylashishiga qarab, ―tashqi‖ ya‘ni ikki yoki bir necha 
mamlakat hududida joylashgan – xalqaro va bir mamlakat hududida joylashgan 
―ichki‖ erkin iqtisodiy hududlarga bo‗linadi.
Shu bilan birga erkin iqtisodiy hududlar xalqaro maydonda xo‗jalik ixtisosligi 
va tashkil etish turlariga qarab ham klasifikatsiya qilinadi. Bu klassifikatsiya asosida 
erkin iqtisodiy hududlar xo‘jalik ixtisosligi bo‘yicha
43
 
https://www.lex.uz/docs/4737511
 


121 
1. Erkin savdo hududi. 
2. Sanoat va ishlab chiqarish zonasi. 
3. Texnik va texnologiyani joriy etish hududlari. 
4. Xizmat ko‗rsatish zonalari. 
5. Kompleks zonalar. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling