Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
- Bu sahifa navigatsiya:
- § 7.2. Iqtisodiyotning real sektori tarkibiy tuzilishi va shakllanishi
so„mga teng jami 92 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Yuqorida ko‗rib chiqilgan holatlar tahlili shundan dalolat beradiki, bank kreditlari iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi muhim moliyaviy manba hisoblanadi. Bu moliyaviy manbalar mamlakat iqtisodiyotining o‗sishi, mehnat unumdorligining oshishi, aholining ish bilan bandligini ortishi va biznes ko‗lamining kengayishga xizmat qilishi mumkin. Mamlakatimizda real sektorning yanada taraqqiy topishi uchun tijorat banklari tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash ko‗lamining oshirilishi va milliy ishlab chiqaruvchilarning mavjud ichki va tashqi imkoniyatlardan samarali foydalanganlari holda o‗z faoliyatlarini maqsadli va oqilona tashkil etishni talab qiladi. § 7.2. Iqtisodiyotning real sektori tarkibiy tuzilishi va shakllanishi Makroiqtisodiyotning real sektorida turli tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, sotish va iste‘mol qilish yuz bersa, moliyaviy sektorda iqtisodiy sub‘ektlarning talab va taklifni shakllantiruvchi pulga oid o‗zaro munosabatlari amalga oshiriladi. Moddiy tovar ta‘minoti hamda bozor sub‘ektlarining bozor tizimi rivojlanishi uchun sharoitlar yaratuvchi iqtisodiy o‗zaro munosabatlari yig‗indisini o‗z ichiga oluvchi tizim real sektor infratuzilmasi deb nomlanadi. Uning tarkibiga, birinchidan, ishlab chiqarish infratuzilmasi moddiy mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan shug‗ullanuvchi korxonalar va kompaniyalar birlashtiriladi. Bunga sanoat, transport, savdo, telekommunikatsiya, marketing kampaniyalari kiradi. Ikkinchidan, noishlab chiqarish infratuzilmasi – moddiy mahsulot ishlab chiqarmaydigan va haridor bilan sotuvchi o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar shakllanishiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir ko‗rsatmaydigan tashkilotlardan iborat. Ular o‗z ichiga tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga ta‘sir ko‗rsatuvchi yangi g‗oyalar, asbob-uskunalar, texnologiyalarning rivojlanishiga yordam beruvchi ilmiy tashkilotlar va kompaniyalar, qonunlar va normativ hujjatlarni qabul qilish yordamida o‗zaro munosabatlarning shakllanishini tartibga soluvchi davlat tuzilmalari, turli xizmatlar ko‗rsatuvchi, tovarlarga bo‗lgan talabni yuzaga keltiruvchi 147 va haridor bilan sotuvchining aloqalarini o‗rnatuvchi ijtimoiy tashkilotlar (sog‗liqni saqlash, madaniyat, ta‘lim)ni qamrab olgan. Real sektorning tarmoq infratuzilmasi o‗zaro bog‗langan bo‗lib, ko‗pincha o‗zaro kesishadi va bir-birini almashtiradi. Real sektor tarmoqlariga elektroenergetika, oziq-ovqat sanoati, neft va gaz sanoati, qurilish materiallari sanoati va qurilish sohasi, qora metallurgiya, rangli metallurgiya, kimyo sanoati, neft-kimyo sanoati, agrar sanoat majmuasi, ko‗mir sanoati, yog‗och sanoati, yuk tashish va ishlab chiqarish aloqasi, yo‗lovchi tashish va noishlab chiqarish aloqasi, mashinasozlik va metallga ishlov berish, sog‗liqni saqlash, madaniyat, san‘at, ta‘lim, turizm, uy-joy kommunal xo‗jaligi, maishiy xizmat ko‗rsatish, fan va ilmiy xizmat ko‗rsatish, yengil sanoat, boshqa sanoat tarmoqlari, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlari kiradi. Ular yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, sof iqtisodiy farovonlik, ya‘ni aholi turmushining sifatini namoyish etuvchi, atrof muhitning holatini tavsiflovchi ko‗rsatkichlar, milliy boylik – avvalgi va hozirgi avlod mehnati bilan ishlab chiqarilgan (ijtimoiy boylik) va resurslarni takror ishlab chiqarish jarayonida qo‗llanilgan (tabiiy boylik), muayyan vaqt mobaynida umumiy foydalaniladigan moddiy va nomoddiy ne‘matlarning umumiy hajmidan iborat. Iqtisodiyotning real sektorini tartibga solish sohasida davlat sanoat va tarkibiy o‗zgartirishlar siyosatini amalga oshirishga xizmat qiladi. Tarkibiy o‗zgartirishlar siyosati – davlatning iqtisodiyotni o‗zgarib turuvchi bozor sharoitlariga moslashtirishda ishtirok etishi jarayonini o‗zida namoyon etadi. Davlatning vazifasi iqtisodiyotning muayyan tarkibiy qismlari (tarmoqlar va sektorlar, korxonalar, faoliyat yo‗nalishlari, iqtisodiy hududlar)ni qo‗llab-quvvatlash va yuzaga keladigan harajatlarni bartaraf etishdan iborat. Tarkibiy o‗zgarishlar, Birinchi Prezidentimiz ta‘kidlaganidek, ―Mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 2016-2030 yillarda 2 barobar ko‗payishiga erishish uchun o‗rtacha yillik o‗sish sur‘atlari 4,8 foiz darajasida bo‗lishini ta‘minlash zarur. Agar keyingi 11 yilda bu ko‗rsatkich 8 foizdan yuqori bo‗lib kelganini hisobga oladigan bo‗lsak, bu vazifani amalga oshirish uchun mustahkam asos va zamin borligi yaqqol 148 ayon bo‗ladi‖. Iqtisodiyotga 16,6 milliard AQSH dollaridan ko‗p investitsiya qilindi, yoki 2015 yilga nisbatan 9,6 foizga ko‗pdir. O‗zlashtirilgan chet el investitsiya va kreditlar hajmi esa 11,3 foizga o‗sib, 3,7 milliard dollardan ko‗p bo‗ldi. 2016 yilda Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard dollarlik 164 yirik ishlab chiqarish ob‘ekti ishga tushirildi. Bundan tashqari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hududiy dasturlari doirasida 2016 yilda 28 mingdan ko‗p loyiha amalga oshirildi. 2015-2019 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar tomonidan sanoat mahsulotlarining 80 dan ortiq yangi turi o‗zlashtirildi. 2016 yilda Mahalliylashtirish dasturi doirasida qiymati 6145,8 milliard so‗mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi va o‗sish 2015 yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobarni, import o‗rnini bosish samaradorligi 2,1 milliard dollarni tashkil qildi. 2016 yilda mahalliy xomashyo resurslarini bosqichma-bosqich chuqur qayta ishlash va tayyor iste‘mol mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish tarmoqlari evaziga sanoat mahsulotlarining yuqori o‗sish sur‘atlariga erishildi. Xususan, to‗qimachilik buyumlari, kiyim va charm mahsulotlari ishlab chiqarish 111,7 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari 110,8 foiz, farmatsevtika mahsulot va preparatlari 123,9 foiz, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlari 129,7 foiz, boshqa noruda meneral mahsulotlar 113,8 foizga oshdi. Sanoatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash loyihalari, shuningdek, 2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturining hayotga samarali tatbiq etilishi natijasida respublika YAIMga energiya sarfini 7,4 foizga, hamda yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini esa o‗tgan yilga nisbatan o‗rtacha 10,6 foiz kamaytirishga erishildi. Umumiy tarzda aytganda, iqtisodiyotimizning real sektori – bu iqtisodiyotning asosiy moddiy ne‘matlar yaratuvchi qismidir. Mazkur sektorning barqaror o‗sish tendensiyalari, raqobatbardoshligining ijobiy tomonga o‗zgarib borayotganligi va real 149 sektor manfaatlarining moliyaviy sektor manfaatlari bilan muvofiqligi iqtisodiy rivojlanishga sezilarli darajada ta‘sir ko‗rsatmoqda. Real sektordagi korxonalarni rivojlantirish hamda ular o‗rtasida raqobat muhitini shakllantirish, mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmini o‗sishida real sektor korxonalarining o‗ziga xos o‗ringa egaligi, ularning raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga bo‗lgan intilishlarini yanada oshirdi. Bunda esa bevosita real sektor korxonalarini tubdan qayta tashkil etish va rivojlantirishning tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish asosida real sektor korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga bo‗lgan mas‘uliyatni o‗z zimmalariga olishni yuklab qo‗ydi. Dastlabki ma‘lumotlarga ko‗ra, 2019 yilning yanvar-martida O‗zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 91 097,7 mlrd. So‗mni tashkil etdi va 2018 yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 5,3 foizga o‗sdi. YAIM deflyatori indeksi 2018 yilning yanvarmartidagi narxlarga nisbatan 120,4 foizni tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YAIM 2 734,4 ming so‗mni tashkil etdi va bu ko‗rsatkich o‗tgan yilning mos davriga nisbatan 3,4 foizga yuqoridir. Iqtisodiy o‗sish sur‘ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika bilan bog‗liqdir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‗shilgan qiymat (keyingi o‗rinlarda YAQQ) hajmi YAIM umumiy hajmining 88,7 foizini tashkil etdi va 5,2 foizga o‗sdi (YAIM mutloq o‗sishiga ta‘siri 4,5 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 11,3 foizni tashkil etdi va 5,8 foiz darajasida o‗sish qayd etildi (YAIM mutloq o‗sishiga ta‘siri 0,8 f.p.). YAIM o‗sish sur‘atiga xizmatlar sohasi eng katta ta‘sir ko‗rsatdi (2,0 f.p.) va bu soha o‗tgan yilning mos davriga nisbatan 5,0 foizga o‗sdi. Shundan, savdo xizmatlari (avtotransport vositalarini ta‘mirlash xizmatlarini qo‗shgan holda) 4,2 foizga, yashash va ovqatlanish bo‗yicha xizmatlar 3,7 foizga, tashish va saqlash 4,6 foizga, axborot va aloqa 2,7 foizga va boshqa xizmatlar 5,7 foizga o‗sdi. Sanoat tarmog‗ining qo‗shilgan qiymatida 6,8 foizlik o‗sish qayd etildi. Sanoat ishlab chiqarishining YAIM mutloq o‗sish sur‘atiga ijobiy ta‘siri 1,8 f.p. darajasida 150 baholandi. Sanoat tarmog‗idagi ijobiy dinamika tog‗-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‗i qo‗shilgan qiymatining 4,8 foizga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat tarmog‗i qo‗shilgan qiymatining 7,6 foizga va boshqa sanoat tarmoqlarining 5,5 foizga o‗sishi hisobiga ta‘minlandi. O‗tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda YAIM tarmoqlari bo‗yicha tarkibida qishloq, o‗rmon va baliq xo‗jaligining ulushi 16,6 foizdan 14,9 foizga, qurilishning ulushi 6,6 foizdan 6,1 foizga kamaydi, sanoatning ulushi esa 30,3 foizdan 33,9 foizga o‗sdi. Xizmatlar sohasining YAIM tarkibidagi ulushi 45,1 foizni tashkil etdi va o‗tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 1,4 f.p. ga kamaydi (7.1 - rasm). Darhaqiqat, real sektor korxonalari mamlakatda oziq-ovqat, yengil va og‗ir sanoat, metallurgiya sanoati, avtomobilsozlik sanoati, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati, agrosanoat, elektr-energiya sanoati, to‗qimachilik sanoati, neft va gaz sanoati va boshqa sanoat tarmoqlarini qamrab olgan holda o‗z faoliyatini yuritib kelmoqda. Shu jihatdan, ―real sektor‖ tushunchasiga nazariy jihatdan ta‘rif beradigan bo‗lsak, real sektor – haqiqatda mavjud bo‗lgan ishlab chiqarish tarmoqlari va unga xizmat ko‗rsatuvchi tarmoqlarni o‗z ichiga qamrab olgan tarmoq va sohalardir. Yirik korxonalarda ishlab chiqiladigan mahsulotlarni raqobatbardoshligini oshirishga yo‗naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, ya‘ni, texnologik jarayonlarni hamda xom ashyo va materiallarni sarflash normalarini ratsionlashtirish, shuningdek, yo‗qotishlar va behuda harajatlarni bartaraf etish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxining o‗rtacha 10,1 foizga kamayishiga erishildi va umuman real sektorda sanoat korxonalari bo‗yicha mehnat unumdorligining 6,5 foizga oshganligi ta‘minlandi. Real sektorda muhim yuqori texnologik va zamonaviy ob‘ektlar hamda quvvatlar ishga tushirildi. 2019 yilning yanvar-mart oylarida O‗zbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 29885,1 mlrd. so‗mlik, (dollar ekvivalentida 3,6 mlrd.AQSH doll.) yoki 2018 yilga nisbatan 129,9 foizga asosiy kapitalga investitsiyalar o‗zlashtirildi. YAIM ga nisbatan asosiy kapitalga investitsiyalar – 32,8 151 foizni tashkil etib, 2018 yilning mos davridagi ko‗rsatkichiga nisbatan 4,4 foiz punktga o‗sish. Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling