Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Tayanch so„z va iboralar: 
 
Offshor, erkin port, texnopolis, texnopark, tashqi savdo, moliyaviy markaz, 
erkin iqtisodiy hudud, erkin bojxona hududlari, erkin savdo hududlari, erkin ilmiy – 
texnik hududlar. 
O„zini – o„zi tekshirish uchun savollar: 
1. Erkin iqtisodiy hududlarning ahamiyati 
2. Erkin iqtisodiy hududlarni rivojlanish bosqichlari 
3. Erkin iqtisodiy hududlarni investitsiyalarni jalb etishdagi mohiyati 
4. Erkin iqtisodiy hududlarni turlari 
5. Mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishning tashkiliy-
huquqiy asoslari 
6. Erkin iqtisodiy hududlar xo‗jalik ixtisosligi bo‗yicha turlari 
7. Erkin iqtisodiy hududlarga beriladigan imtiyozlar va afzalliklar. 


142 
VII BOB. IQTISODIYOT VA UNING REAL SEKTORINI 
RIVOJLANTIRISHDA XUSUSIY INVESTITSIYALARNING O„RNI VA 
AHAMIYATI 
 
§ 7.1. Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi mazmuni va uning milliy 
iqtisodiyot rivojidagi ahamiyati 
§ 7.2. Iqtisodiyotning real sektori tarkibiy tuzilishi va shakllanishi
§ 7.3. Xususiy investitsiyalarning mazmuni va mulkiy asoslari. Xususiy 
mulkning iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishdagi ahamiyati 
§ 7.4. Xususiy investitsiyalar yordamida iqtisodiyot va uning real sektorini 
rivojlantirishning xorij tajribalari 
§ 7.5. O‗zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga 
qaratilgan islohotlardan ko‗zlangan maqsad va uning amalga 
oshirilishi natijalari 
 
§ 7.1. Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi mazmuni va uning milliy 
iqtisodiyot rivojidagi ahamiyati 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy 
tuzilmasiga ega bo‗lish orqali barqaror iqtisodiy o‗sish sur‘atlariga erishish vatanimiz 
taraqqiyoti va xalq farovonligini ta‘minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. 
Ushbu maqsadga erishish uchun esa, eng avvalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal 
rivojlantirish zarur. Iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning real sektoriga turlicha 
ta‘rif beriladi va quyida biz ularning bir nechtasini ko‗rishimiz mumkin: 
1. Iqtisodiyotning real sektori (inglizcha – Real sector of economy) – iqtisodiy 
va qonuniy belgilanmagan iqtisodiy atama hisoblanadi va ma‘lum hududdagi 
faoliyati mahsulot ishlab chiqarishga yo‗naltirilgan kichik, o‗rta va yirik (industrial) 
korxonalarni birlashtiradigan iqtisodiyot sohasidir. 
2. Iqtisodiyotning real sektori – bu iqtisodiyotning muhim sektori bo‗lib, 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri mahsulot ishlab chiqarish, daromad olish va byudjet daromadlari 
tushumini ta‘minlaydi. Ishlab chiqarish, mahsulot ishlab chiqarish sohasi uning 
iqtisodiy atama sinonimlari hisoblanadi
49

49
Хасанов Р., Асатуллаев Х., Сувонқулов А., Хакимов Х. ―Реал сектор иқтисодиѐти ва уни прогнозлаш‖. Ўқув 
қўлланма. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги. ТМИ. Т.: ―Iqtisod-Moliya‖, 2013 й. 
192-б. 


143 
3. Iqtisodiyotning real sektori – xom ashyo va boshqa ishlab chiqarish omillari 
(ishchi kuchi, yer va kapital) yoki ishlab chiqarish jarayoni orqali tovar va xizmatlar 
ishlab chiqarish tushuniladi. Bozor jamiyatning ishlab chiqarish va ishlab chiqarish 
omilini birlashtirishni anglatadi
50

4. Iqtisodyotning real sektori – bu iqtisodiyotda moddiy buyum mahsulotlarini 
ishlab chiqaruvchi, moddiy boylikni yaratuvchi va xizmat ko‗rsatish sohalarini o‗z 
ichiga oladigan soha. Real sektorga moliya-kredit va birja faoliyati kirmaydi
51

5. Iqtisodyotning real sektori – korxonalar (nomoliyaviy korporatsiyalar), uy 
xo‗jaliklari va uy xo‗jaliklariga xizmat ko‗rsatuvchi institutlarni o‗z ichiga oladi. 
Fiskal (monetar) nuqtai nazardan qaraganda, uy xo‗jaliklari va uy xo‗jaliklariga 
xizmat ko‗rsatuvchi notijorat institutlar ma‘lum bir holatlarda ―boshqa ijtimoiy 
sektorlar‖ nomi ostidagi yagona subsektorlarga birlashadi
52

Iqtisodiyotning real sektori – xom-ashyo, mehnat va kapitaldan ajralmagan 
holda xizmat ko‗rsatish, mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalardan iborat 
iqtisodiy sohadir. Iqtisodiyotda real sektorni samarali faoliyat yuritishida moliyaviy 
manba muhim o‗rin egallaydi. Iqtisodiyotning real sektori taraqqiyoti mamlakatning 
makroiqtisodiy barqarorligini ta‘minlash, boshqaruv mexanizmlarining yechimlarini 
tanlash kabi imkoniyatlarni beradi. Bu esa, istiqbolda rejalashtirilgan maqsadlarga 
erishish uchun joriy holatdagi iqtisodiy jarayonlarga ta‘sir etish yo‗llarini belgilaydi. 
Jahonda integratsiya va globallashuv jarayonlarining chuqurlashib borishi 
milliy iqtisodiyot oldiga bir qator yangi vazifalarni qo‗ymoqda. Milliy 
iqtisodiyotning dunyo bozorida o‗z o‗rnini topishi, ya‘ni ma‘lum mavqeni egallashi 
uchun doimiy ravishda real korxonalarini texnik va texnologik jihatdan 
zamonaviylashtirib boorish lozim. Ushbu maqsadlarga erishish uchun milliy 
iqtisodiyotning barcha sohalarida texnik va texnologik yangilanishni amalga oshirish 
kerak. Bunga, ishlab chiqarishda boshqaruvning yangi usullarini hamda fan va 
texnika yutuqlarini doimiy ravishda joriy etish orqaligina erishish mumkin. 
Mamlakatimizda ham o‘tgan yillarda fan va texnika yutuqlarini, zamonaviy ishlab 
50
http: //www.asianinsider.com/Economic/definition.asp. 
51
Комов, Анализ системы кредитования реального сектора экономики России в 1 полугодии 2004 г. // Русское 
Экономическое Общество 2004 №141 ст. 7-8 
52
file:///F:/REAL%20SEKTOR/sectors.pdf.


144 
chiqarish texnologiyalarini va ishlab chiqarish boshqaruvini yangi usullarini 
amaliyotga joriy etish orqali iqtisodiyotning real sektori korxonalarining ishlab 
chiqarish hajmini ko‗paytirishiga va moliyaviy barqarorligini oshirishiga juda katta 
e‘tibor 
berilmoqda. 
Zamonaviy 
informatsion 
texnologiyalar 
va 
nanotexnologiyalarning 
ishlab 
chiqarish 
jarayoniga 
joriy 
etilishi 
mehnat 
resurslarining kasbiy malakasini oshirishni taqozo etish barobarida, ularning sifati 
sohaning raqobatbardoshligini va keyingi yillarda yuksak natijalarga erishishiga 
zamin bo‗ladi. 
So‗nggi yillarda iqtisodiyotning real sektorida ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarning katta qismi sanoat va qishloq xo‗jaligi tarmoqlarining hissasiga 
to‗g‗ri kelmoqda. O‗z navbatida, bu kabi yaratuvchanlik real sektorning YAIM 
tarkibida ham salmoqli o‗rin egallashini ta‘minlamoqda. Shu o‗rinda, real sektorning 
taraqqiyoti yana qanday imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin, degan savol tug‗ilishi 
tabiiydir. Mazkur sohaning rivojlanishi aholi daromadlarini oshishi, turmush 
farovonligini o‗sishi uchun imkoniyat, ta‘lim, tibbiyot, madaniyat sohalari rivojida 
moliyaviy-moddiy asos beradi. Iqtisodiyotni barqaror rivojlanishi mamlakatda 
moddiy ishlab chiqarish sohalari uchun yaratilgan huquqiy-me‘yoriy sharoit bilan 
uzviy bog‗liqdir. Ya‘ni, mahalliy va xorijiy investitsion mablag‗larni real sektorga 
jalb etish uchun investorlarga huquqiy kafolat berilishi va uning ijrosini davlat 
tomonidan kafolatlanishi lozim.
O‗zbekiston Respublikasida 2008 yil 28 noyabrdagi ―Iqtisodiyotning real 
sektori korxonalarini qo‗llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta‘minlash va 
eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‗g‗risida‖gi PF-4058-sonli, 
2008 yil 18 noyabrdagi ―Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy 
barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-4053-sonli 
Farmonlari asosida so‗nggi yillarda real sektor tarkibiga kiruvchi tarmoqlarda chuqur 
tarkibiy 
o‗zgarishlar amalga oshirildi va islohotlar davom etmoqda. 
Mamlakatimizning jahon bozorida mustahkam o‗rin egallashi va raqobat 
afzalliklariga ega bo‗lishini ta‘minlashda sanoat, agrosanoat majmuasi tarkibidagi 
sohalar hamda xizmat ko‗rsatish sohalarini rivojlantirish talab etiladi. 


145 
Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida 
amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o‗zining ijobiy natijalarini 
namoyon 
etmoqda. 
Buni 
mamlakatimizda 
makroiqtisodiy 
barqarorlikni 
ta‘minlanayotganligida ham ko‗rish mumkin. Iqtisodiyotning yetakchi sohalarini 
xususan, real sektorni kreditlash jarayonlarining jadallashuvi bir qator istiqbolli 
imkoniyatlarni yaratib beradi.
Birinchidan, iqtisodiyotda pul massasining ortishi pirovardida ishlab chiqarish 
hajmining to‗g‗ri proporsional ravishda oshishiga sabab bo‗ladi. 
Ikkinchidan, iqtisodiyotdagi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning moliyaviy 
resurslarga ehtiyojini qondiradi hamda xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar o‗rtasidagi 
to‗lovlarni amalga oshirishni tezlashtiradi. 
Uchinchidan, real sektorga ajratilgan bank kreditlari hajmining ortishi 
natijasida ishlab chiqarish hajmi ortadi hamda ichki bozor qo‗shimcha mahsulotlarga 
to‗yinadi. Bundan tashqari import hajmining kamayishi va aksincha, eksportning 
rivoj topishiga yordam berishi mumkin. 
To‗rtinchidan, kredit xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatini boshlash, 
rivojlantirish, takomillashtirish hamda ishlab chiqarish hajmini oshishiga xizmat 
qiladi. 
2020 
– 2022 yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini 
raqamlashtirishning asosiy yo‗nalishlari belgilab olindi. Keyingi ikki yilda 
mamlakatimizda 37 ta korxona faoliyatida raqamlashtirish keng tatbiq etiladi, real 
sektor tarmoqlarini raqamlashtirishda quyidagi ustuvor uch yo‗nalish belgilangan: 
- ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, moliyaviy-
iqtisodiy faoliyatni avtomatlashtirish, moddiy-texnik resurslarni hisobga olish 
va boshqarish tizimlari (ERP); 
- ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga qaratilgan 
axborot tizimlarni yagona axborot kompleksga jamlash bo‗yicha dasturiy 
mahsulotlar; 
- mijozlar bilan munosabatlarni tartibga solish, mahsulotlarni elektron tizimlar 
orqali sotish, marketingni boshqarish tizimlari (CRM). 


146 
Ushbu yo‗nalishlar bo‗yicha 2023 yilga qadar umumiy qiymati 5,2 trln. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling