Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI BOB. IQTISODIYOTGA INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNING O„RNI § 6.1.
- § 6.1. Erkin iqtisodiy hududlarning mohiyati hamda ular rivojlanishining bosqichlari va asoslari
- Erkin iqtisodiy zona
Tayanch so„z va iboralar: Iqtisodiy o‗sish, kredit, xalqaro valyuta fondi, integratsiya, investitsiya loyihasi, xalqaro iqtisodiy integratsiya, integratsion uyushma, xalqaro iqtisodiy integratsiya, diversifikatsiya, modernizatsiya. O„zini – o„zi tekshirirsh uchun savollar: 1. Xalqaro valyuta fondini iqtisodiyotni xalqaro integratsiyasidagi roli 2. Milliy iqtisodiyotni diversifikatsiyalashni ahamiyati 3. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalarni o‗rni 4. Milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasiga qaratilgan davlat siyosatining asosiy maqsadi. 5. Iqtisodiyotni xalqaro integratsiyasini faollashtirishda to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarning ishtiroki. 6. Chet el kapitali ishtirokidagi tashkil yetiladigan korxonalar turlari. 7. Xalqaro kapitallar harakatini tartibga solishning usullari. 118 VI BOB. IQTISODIYOTGA INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNING O„RNI § 6.1. Erkin iqtisodiy hududlarning mohiyati hamda ular rivojlanishining bosqichlari va asoslari § 6.2. Erkin iqtisodiy hududlarning turlari va ularga jalb etilgan investitsiyalarga nisbatan turli imtiyoz va rag‗batlarning qo‗llanilishi § 6.3. O‗zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslari § 6.4. O‗zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarga jalb etiluvchi investitsiyalarning asosiy yo‗nalishlari va samaralari § 6.1. Erkin iqtisodiy hududlarning mohiyati hamda ular rivojlanishining bosqichlari va asoslari Erkin iqtisodiy zonalar xo‗jalik yuritishning yangi shakllaridan biri bo‗lib, xalqaro maydonda 1950 – yillarning oxiri va 60 – yillarning boshlarida paydo bo‗lgan. 1970 – yillarning o‗rtalariga kelib esa jahon maydonida keng ommalasha boshladi 42 . Bunday hududlar dastlab sanoat ishlab chiqarishi rivojlangan mamlakatlar hisoblangan AQSH, Yaponiya, Germaniya va Buyuk Britaniyada keyinchalik esa Polsha, Vengriya, Bolgariya kabi mamlakatlarda tashkil etildi. Eng muhimi, dastlabki yillarda erkin iqtisodiy zonalar daryo va dengiz portlarida, xalqaro aeroportlarda, temir va avtomobil yo‗llariga yaqin joylarda, sayyohlik va alohida olingan sanoat markazlarida tashkil etilgan. Chunki tovar moddiy boyliklarni chet el bozorlariga olib chiqishda va chet el investitsiyalarini iqtisodiyotga jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning roli muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqning farovonligi, xayotning ko‗rkamlashib borishi, ko‗p jihatdan shu mamlakat erkin iqtisodiy hududlarining tashkil etilishi va muvaffaqiyatli faoliyat ko‗rsatishi bilan bog‗liqdir. Qaysi mamlakatda chet el investorlari va tadbirkorlar faoliyati uchun qaysi mamlakatlarda keng imtiyozlar yaratilsa, ularning o‗zlarini tiklab olishlari uchun amaliy yordam berilsa va imkoniyatlar yaratilsa investitsiya miqdori ham, tadbirkorlikning mehnat qobilyati ham talab darajasida yuqori bo‗ladi. Erkin iqtisodiy zona xaqida tushuncha birinchi marta 1973 yil 18 maydagi Kioto konvesiyasida 42 http://biznes-daily.uz 119 berilgan. Unga ko‗ra erkin iqtisodiy zona deb – mamlakatning bir qismini ya‘ni tovarlar importi va eksportini, bojxona va soliq cheklovlarisiz olib kirish mumkin bo‗lgan zonaga aytiladi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 5 – sessiyasida qabul qilingan ―Erkin iqtisodiy zonalar to‗g‗risida‖gi qonunning 1 – moddasida esa quydagicha tarif berilgan: - ― Erkin iqtisodiy zona deb – mintaqani jadal ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish uchun ichki va tashqi kapitalni, istiqbolli texnologiyalar va boshqaruvga oid tajribalarni jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma‘muriy chegaralari va alohida xuquqiy tartiboti bo‗lgan maxsus ajratilgan hududga aytiladi‖. Hozirda erkin iqtisodiy zonalarning 30 ga yaqin turi mavjud bo‗lib, ulardan keng tarqalganlari qatoriga erkin savdo hududlar, erkin bojxona, erkin ishlab chiqarish, erkin ilmiy – texnik hududlarni kiritish mumkin. Bularning har biri erkin iqtisodiy zona toifasiga kirgani bilan o‗z funksiyasiga ko‗ra bir-biridan farq qiladi. Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling