Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 9.2. Qurilish bosqichlari, qurilishda ishlab chiqarishning davomiyligi


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

 
§ 9.2. Qurilish bosqichlari, qurilishda ishlab chiqarishning davomiyligi 
Qurilish mahsuloti – barcha turdagi ishlar bo‗yicha tugallangan va ishga 
tushirishga tayyor bo‗lgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlari, 
shuningdek, amaldagi korxonalarning kengaytirilishi va qayta ta‘mirlanishi, ularda 
ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlanishidir. Uy-joy muammolarining 
yechimi batamom qurilish zimmasiga yuklatiladi. Bu borada O‗zbekiston 


199 
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning ―O‗zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‗yicha harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi farmonida keltirilgan
82
:
- ijtimoiy-iqtisodiy jadal rivojlanishi, xalqning turmush darajasi va 
daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral va xom ashyo, sanoat, 
qishloq xo‗jaligi, turizm va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni 
ta‘minlash;

hududlar 
iqtisodiyotini 
modernizatsiya 
va 
diversifikatsiya 
qilish 
masshtablarni kengaytirish hisobiga hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
darajasidagi farqini kamaytirish, eng avvalo sanoat va eksport salohiyatini o‗stirish 
yo‗li bilan qiyoslangan tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish;
- yangi sanoat ishlab chiqarish va servis markazlarini tashkil etish hisobiga 
shahar tipidagi kichik shaharlar va shaharchalarni aktiv rivojlantirish, yirik xo‗jalik 
birlashmalarning mablag‗larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish kabi ustuvor vazifalar kelgusida sohada amalga oshirilishi 
lozim bo‗lgan islohot hamda ishlarni belgilab berdi.
Bundan anglash mumkinki, qurilish tarmog‗i ishlab chiqarish kuchlarini 
rivojlantirish va milliy iqtisodiyotni kompleks yuksaltirishda katta rol o‗ynaydi. 
Qurilishning milliy xo‗jalik miqyosidagi ahamiyati va yetakchi rol o‗ynashi, 
aholining katta qismini ish bilan ta‘minlashi, fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyotning 
jadallashuviga, ijtimoiy mehnat unumdorligining o‗sishiga imkon yaratishini 
e‘tiborga oladigan bo‗lsak, ushbu sohani rivojlantirish mamlakat aholisining turmush 
farovonligini oshishiga olib keladi. Keltirib o‗tilgan maqsadga erishish uchun tarmoq 
iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etish, ulardan samarali foydalanish yo‗llarini izlab 
topish va tadqiqotlar olib borish orqali investitsiyalarning tavakkalchilik hamda 
xatarlilik darajalarini aniqlash, ularni pasaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish 
lozim. Kapital qurilishda qurilish muddatlarini qisqartirish katta iqtisodiy ahamiyatga 
ega, chunki u kapital qo‗yilmalarning tezroq qoplanishini ta‘minlaydi. Masalan, 
qurilayotgan ob‘ekt qandaydir mahsulot ishlab chiqarishga mo‗ljallangan bo‗lsa, 
82
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning «O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha 
harakatlar strategiyasi to‗g‗risida»gi farmoni 2017 yil 7 fevral 


200 
bunda qurilish muddatini qisqartirish evaziga qo‗shimcha mahsulot ishlab chiqarish, 
qurilish muddati tugagandan so‗ng qo‗shimcha foyda olish imkoniyati bo‗ladi.
Kapital qurilish jarayonida uch bosqich ajratiladi. Uni quyidagi rasm orqali 
ifodalaymiz: 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling