Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 9.3. Kapital qurilishda loyihalashtirish va tanlovni tashkil etish


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

§ 9.3. Kapital qurilishda loyihalashtirish va tanlovni tashkil etish 
Qurilish ob‘ektlarini loyihalashtirish jarayoni, qoida tariqasida 3 bosqichga 
bo‗linadi. Ob‘ektlarni loyihalashtirish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 
Loyihalashtirishni tashkil etishning taxminiy sxemasini 9.2-jadval asosida ifodalash 
mumkin. 
9.2-jadval 
Loyihalashtirish ishlarini bosqichlar bo„yicha tashkil etish sxemasi
83
 
Ishlar bosqichi 
Asos 
Ijrochilar 
1-bosqich. Loyiha oldi ishlari 
1.1. Texnik-iqtisodiy 
asosnoma (TIA) ishlab 
chiqish 
Kapital 
qo‗yilmalarning rejasi. 
Qaror (qurilishni amalga oshiruvchi 
tashkilotning buyruqlari) 
Buyurtmachi 
yoki 
uning 
topshirig‗iga ko‗ra loyihaviy 
yoki ilmiy-tadqiqot tashkiloti 
1.2. Loyihalashtirish 
uchun shartnomalar tuzish 
Buyurtmachining taklifi 
Buyurtmachi yoki loyihaviy 
tashkilot 
2-bosqich. Loyihaviy ishlar 
2.1. Qidiruv-izlanish 
Buyurtma va shartnoma 
Loyihaviy tashkilot 
2.2. Bosqichlar bo‗yicha 
loyihani ishlab chiqish 
Loyihalashtirish uchun belgilangan 
vazifalar 
(buyurtma), 
loyihani 
ishlab chiqish va shartnoma tuzish 
uchun yo‗riqnoma 
Loyihaviy tashkilot 
3-bosqich. Loyihani ekspertizadan o„tkazish va tasdiqlash 
3.1. Loyihani ekspertizasi Loyihani ishlab chiqish tartibi 
bo‗yicha yo‗riqnoma va loyihani 
ekspertiza 
qilish 
bo‗yicha 
yo‗riqnoma 
Loyihaviy tashkilot, loyihalar 
ekspertizasi bo‗limi 
3.2. Loyihani tasdiqlash 
Loyihani ishlab chiqish tartibi 
bo‗yicha yo‗riqnoma 
Loyihaviy tashkilot, tegishli 
muassasa tomonidan loyihaning 
tasdiqlanishi 
Qurilishning amalga oshirilishi tegishli tartibda tasdiqlangan loyihaviy 
hujjatlarsiz amaldagi qonunchilikka ko‗ra ta‘qiqlanadi. Kapital qurilishni 
83
 
www.ziyonet.uz
 ma‘lumotlari asosida 


203 
loyihalashtirishda loyiha oldi hujjatlari, loyiha hujjatlari, dastlabki TIA yoki dastlabki 
texnik-iqtisodiy hisoblash, yakuniy TIA yoki texnik-iqtisodiy hisoblash, ishchi 
loyiha, smeta, ish hujjatlari, loyihalovchi, yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi), 
qurilishlarning aniq ro‗yxati, qurilishlarning titul ro‗yxati, mablag‗ bilan ta‘minlovchi 
organ, ijro hujjatlari, qurilish maydoni, vaqtinchalik inshootlar, biriktiriladigan ishlar, 
shartnoma narxini bo‗lib chiqish kabi tushunchalar qo‗llaniladi. Shuni ta‘kidlash 
joizki, kapital qurilishda loyihalashtirishning markaziy qismini loyihaning TIA 
egallaydi.
Taniqli xorijlik iqtisodchi olimlardan V.Berens, P.Xavraneklar fikricha: 
texnik-iqtisodiy asoslashbu salohiyatli investorlar, loyiha quruvchilari va 
moliyachilarni investitsiyalash va moliyalash usullari bo‗yicha qaror qabul qilish 
uchun zarur bo‗lgan ma‘lumotlar bilan ta‘minlovchi vosita‖
84
. Rossiyalik olim 
V.Zolotogorov: 
―texnik-iqtisodiy asoslash – bu investitsiya loyihasining 
samaradorligi va maqsadliligini ko‗rib chiqishga imkon beruvchi texnik va tashkiliy 
qarorlar, hisob-smeta, baholash va boshqa ko‗rsatkichlarni aks ettiruvchi hisob-
analitik hujjatlar to‗plami‖
85
, deya tavsiflaydi. Umuman aytganda, birinchidan, 
loyihani TIA uning samaradorligi va afzalligini ta‘minlash uchun olib borilgan 
izlanishlar natijasida olingan tahliliy ma‘lumotlarni, baholash va hisob-smeta 
ko‗rsatkichlarini, texnik va tashkiliy qarorlarni o‗zida mujassam etuvchi hisob-
analitik hujjatlar to‗plami hisoblanadi. 
Tanlovlar iqtisodiyotda nisbatan yangi hodisa bo‗lib, bunda buyurtmachi biror 
ob‘ektni qurish yoki loyihalash, asbob-uskunalar yetkazib berish bo‗yicha tanlov 
e‘lon qilayotganligini ochiq yoki yopiq shaklda xabardor qiladi va xohlovchilarni shu 
tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi. Bunda maxsus hujjat tayyorlanadi va unda 
tanlovning asosiy g‗oyasi, uning tijoriy va boshqa shartlari ko‗rsatiladi. Bunday 
hujjatlar majmuasi ―tender‖ deb ataladi. 
O‗zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilish, shuningdek, ilgari 
to‗xtatib qo‗yilgan ob‘ektlar qurilishini davom ettirish bilan bog‗liq ishlar va 
84
Berens V., Xavranek P.M. Rukovodstvo po otsenke effektivnosti investitsiy: Per. s angl. perer. i dopoln. Izd-vo. – M.: 
«Interekspert», «Infra-M», 1995. – S. 6. 
85
Zolotogorov V.A. Investitsionnoye proyektirovaniye: Ucheb.pos. – Mn.: «Ekoperspektiva», 1998. – S. 33.


204 
xizmatlarning butun kompleksini bajarish, tovarlar harid qilish, asbob-uskunalar sotib 
olish Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi 302-sonli qaroriga asosan tanlov 
savdolari (tenderlar) orqali amalga oshiriladi. Uni tashkil etish va o‗tkazish tartibi va 
shartlarini ushbu qarorda qabul qilingan ―O‗zbekiston Respublikasi hududida kapital 
qurilishda tanlov savdolari to‗g‗risida‖gi Nizom belgilaydi. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling