Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 11.2. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash usullari


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

§ 11.2. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash usullari 
Uzoq muddatli istiqbolga mo‗ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati 
va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb 
etadigan muhim ustuvor yo‗nalishlardan biri – bu asosiy etakchi sohalarni 
modernizasiya qilish, qishloq xo‗jaligini texnik va texnologik yangilash, transport va 
infratuzilma kommunikasiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga 
molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan 
iborat bo‗lib, bu masalani hal etish tarmoq korxonalarining moliyaviy barqarorligini 
ta‘minlashning zaruriy sharti hisoblanib, iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish va 
foydalanish samaradorligini oshirish yo‗llarini o‗rganish zaruratini keltirib chiqaradi.


232 
Investor uchun investitsion qarorlar qabul qilish juda qiyin vazifa hisoblanib, 
bunda asosiy mezon investorning boyligini ko‗paytirish, korxonaning qiymatlarini 
oshirish mezonlariga qaratiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda investitsiyalar 
samaradorligini baholashning quydagi usullari katta ahamiyat kasb etadi. Investitsiya 
loyihalarining samaradorligini baholash ikki mezon asosida, ya‘ni moliyaviy va 
iqtisodiy baholash orqali amalga oshiriladi
87
. Investitsiya loyihasi samaradorligini 
baholashning bu ikkala mezoni ham bir-birini to‗ldirib turadi.
1. Moliyaviy baholash investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonidagi 
likvidligini tahlil qilishda ishlatiladi. Bunda, moliyaviy baholash vazifasi, loyihani 
belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun, uning jami moliyaviy 
majburiyatlarini bajarishga korxonaning etarli moliyaviy resurslari bo‗lishini 
belgilashdir.
2. Iqtisodiy baholash esa, investitsiya loyihasining potensial qobiliyati, shu 
loyihaga qo‗yilgan mablag‗larning qiymatini saqlab qolishda va ularning o‗sishi 
sur‘atini etarli darajasini yaratib berishda foydalaniladi.
Ob‘ektni investitsiyalashda moliyaviy baholash (yoki moliyaviy asoslanganlik 
bahosi) investitsiya jarayonining ajralmas qismi bo‗lib hisoblanadi. Investor 
moliyaviy holati noma‘lum bo‗lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan hech qanday 
munosabatlar olib bormaydi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, 
korxonalar moliyaviy hisobotlarini ommaviy-axborot vositalari orqali yoki har xil 
to‗plamlar holatida chop etilib, e‘lon qilish normal holat hisoblanadi. Bu to‗plamlar 
orqali kompaniyalarning moliyaviy holati to‗g‗risida ma‘lumotlar olish mumkin. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling