T E S T L A R
1. Statistikada o‘rtacha miqdorlar deganda nimani tushuniladi?
A. Taqqos etgan statistik miqdorlarining o‘zaro nisbatining
son o‘lchovini beruvchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar.
B. Hodisalar o‘zaro nisbatining makondagi miqdoriy tasviri
C. Xodisalar davr mobaynida o‘zgarishining umumlashgan tasviri
D. To‘plamning qandaydir belgisining umumlashgan miqdoriy tasviri
2. Garmonik o‘rtacha qachon qo‘llaniladi?
A. Belgi qiymatlari interval shaklda ifodalanganda
B. Tortkichlar jamiga nisbatan foizlarda berilganda
C. Belgi qiymatlari bir xil tortkichlarga ega bo‘lganda
D. Xodisalar jami (M) va o‘zgaruvchan belgi (X) berilgan bo‘lib, salmoqlar
esa yashirilgan bo‘lsa
3. Qachon o‘rtacha arifmetik formulasi qo‘llaniladi?
A. Agarda belgi hajmi (M) va belgi qiymati (X) berilgan bo‘lsa va “M”ning
qiymatlari uch vaqtdan ortiq paytda berilgan bo‘lsa va paytlar orasidagi
davrlar o‘zaro teng bo‘lsa
B. Agarda belgi qiymatlari (X) va salmoq (V) berilgan bo‘lsa,
salmoqlarining qiymatlari o‘zaro teng bo‘lsa
C. Agarda belgi qiymatlari va salmoq berilgan bo‘lsa, salmoqlarning
qiymatlari o‘zaro teng bo‘lsa
D. Barcha javoblar to‘g‘ri
4. Agarda magazinlarning tovar oboroti rejalarini bajarish foizi (har xil
darajada) va ularning haqiqiy tovar oboroti summasi berilgan bo‘lsa, u holda
hamma magazinlar uchun rejaning bajarilishi o‘rtacha foizi qaysi formulada
A. Oddiy o‘rtacha garmonik formula bilan
B. Salmoqli arifmetik formula bilan
C. Oddiy o‘rtacha arifmetik formula bilan
D. Salmoqli o‘rtacha garmonik formula bilan
5. Soliq inspeksiyasi xodimlarining choraklik o‘rtacha ro‘yxatdagi sonini
aniqlashda qaysi formulani qo‘llash kerak, agarda soliq inspeksiyasi hisobida
1.01. da - 250 kishi, 1.02. da - 254 kishi, 1.03.-260, 1.04. - 264 kishi bo‘lganligi
ma’lum bo‘lsa?
A. Xronologik o‘rtachani
B. Salmoqli arifmetik o‘rtachani
C. Garmonik o‘rtacha
D. Oddiy arifmetik o‘rtacha
Do'stlaringiz bilan baham: |