Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


 Yalpi ichki mahsulotni daromadlarni taqsimlash usulida


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

10.7. Yalpi ichki mahsulotni daromadlarni taqsimlash usulida 
hisoblash 
 
YaIM ni taqsimlash usulini hisoblashda mamlakatdagi barcha rezidentlarga 
taqsimlangan va ular olgan daromadlarning umumiy yig‘indisi hamda ishlab chiqarish 
va importga qilingan sof soliq sifatida hisoblanadi. Mamlakatdagi rezidentlar 
daromadlariga xodimlar (yollanma ishchilar) olgan mehnat haqqi (MH), ishlab 
chiqarishga va importga sof soliq (s), hamda moliyaviy va nomoliyaviy aktivlardan 
olingan yalpi daromadlar (Yad) kiradi. 
Xodimlarga to‘langan mehnat haqqiga natural va pul ifodasida berilgan vaqtbay 
yoki ishbay ish haqqi, ish haqqiga qo‘shimcha va ustamalar, turli xil mukofotlar va 
rag‘batlantirishlar, har yilgi ta’til uchun va malaka oshirish uchun yo‘lovchilar va shu 
kabilar. 
Ijtimoiy sug‘urta ajratmalar ham mehnat haqqi guruhiga kiritiladi. Ijtimoiy 
sug‘urta ajratmalari rezidentlar tomonidan amalga oshiriladi va kelgusida 
xodimlarning nafaqa olishi uchun ishlatiladi. Bundan tashqari ijtimoiy sug‘urtaga 
ajratmalar summasidan xodimlar kasal bo‘lib qolgan paytlari yoki kasal bo‘lgan oila 
a’zolariga qarash uchun ishga chiqmagan paytlari nafaqa to‘lash, nogironlarga nafaqa, 
ayollarning dekret ta’tiliga chiqqan va yosh bolalarni tarbiyalash paytida to‘lanadigan 
nafaqalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuning barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 
belgilangan stavkalarda xodimlarga hisoblangan ish haqqi jami summasidan ijtimoiy 
sug‘urta jamg‘armasiga ajratma qiladi. Xodimlarning ishsizlik davrida himoya qilish 
uchun aholining bandlik jamg‘armasi tuzilgan va bu jamg‘armani mehnat birjasi 
boshqaradi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar aholi bandlik jamg‘armasiga ham ajratma 
qiladi va bu summa ham daromadlar taqsimoti hisoblanadi. 
Mahsulotlar ishlab chiqarish va import solig‘iga mahsulot ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan davlat budjetiga to‘lanadigan solig‘lar (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz 
solig‘i, reklama solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va shu 
kabilar) hamda turli xil litsenziyalar olish uchun to‘lovlar kiradi. Bu soliqlar xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar tomonidan majburiy ravishda to‘lanadi va qaytarib berilmaydi. 
Umuman iqtisodiy mohiyati jihatdan yangidan yaratilgan qiymatning bir qismidir. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mahsulotlarni sotish, xizmat ko‘rsatishdan olgan 
sof tushumlaridan va boshqa daromadlaridan sotilgan mahsulot tannarxini (ish haqqi 
ham birgalikda) va boshqa moliyaviy xarajatlarini ayirib tashlasa, to‘langan soliqlarni 
ham chiqarib tashlasa yalpi foydasi qoladi. Qishloq xo‘jaligida shug‘ullanuvchi, yakka 
tartibda faoliyat yurituvchi sub’ektlarda mahsulot sotishdan tushgan tushumdan 
xarajatlar va soliqlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan summa yalpi aralash 
daromadlar deyiladi. Chunki bu daromadlar ichida o‘zining mehnatiga tegishli haq 
(daromad) ham bor. 


142 
Shunday qilib, YaIM ni taqsimlash usulida xodimlarga hisoblangan mehnat 
haqqi (MH), davlat budjetiga to‘langan soliqlar (S) va sub’ektlarning yalpi foydalari 
(YAF) yig‘indisi ko‘rinishida ifodalasa bo‘ladi. 
YaIM = MH +S+YAF
Agarda juda keng ma’noda yozadigan bo‘lsak, bu formulani quyidagicha yozish 
mumkin. 
YaIM = MH+ISA+ABFA+ST+YAF. 
Bu yerda ISA – ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar
ABFA – aholining bandlik fonidiga ajratmalar; 
ST – soliq va to‘lovlar. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling