Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Yalpi qo’shilgan qiymat
- Sanoat (qurilishni qo’shgan holda)
10.1-jadval
O’zbekiston Respublikasi bo’yicha yalpi ichki mahsulotning tarmoqlari tarkibi (joriy narxlarda, mlrd. so’m) 1995 y. 2000 y. 2005 y. 2010 y. 2016 y.* I. YaIM jami 302,8 3 255,6 15 923,4 62 388,3 199325,1 Shu jumladan Yalpi qo’shilgan qiymat 263,0 2 848,0 14 233,3 56 671,4 182071,9 Mahsulotlarga sof soliqlar 39,8 407,6 1 690,1 5 716,9 17253,2 II. Yalpi qo’shilgan qiymat 263,0 2848,0 14233,3 56671,4 182071,9 3 O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining mustaqillik yillaridagi (1990-2010 yillar) asosiy tendensiya va ko’rsatkichlari hamda 2011-2015 yillarga mo’ljallangan prognozlari. Statistik to’plam. T: O’zbekiston, 2011 yil, 13-bet. 137 Qishloq, o’rmon, va baliq xo’jaligi 85,1 978,5 4192,8 11201,0 32048,1 Sanoat (qurilishni qo’shgan holda) 73,1 658,6 4142,0 18875,3 59820,9 Sanoat 51,7 462,4 3370,9 15114,8 46708,7 Qurilish 21,4 196,2 771,1 3760,5 13112,2 Xizmatlar 104,8 1210,9 5898,5 26595,1 90202,9 Savdo, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar 23,1 351,6 1400,2 5982,7 19137,3 Tashish va saqlash, axborot va aloqa 22,1 250,6 1676,7 7337,7 22745,8 Boshqa xizmat tarmoqlari 59,6 608,7 2821,6 13274,7 48319,8 *dastlabki ma’lumotlar Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, iqtisodiyotning barcha real tarmoqlari yuqori sur’atlar bilan o’sgan. Ayniqsa sanoat tarmoqlariga (mashinasozlik gaz va neftni qayta ishlash, yengil va oziq-ovqat sanoati va shu kabi tarmoqlar) yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilish, qulay sharoit yaratilib, investitsiyalar jalb qilinishi natijasida bu tarmoq iqtisodiyoti jadal rivojlandi. Qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilishi, investitsiyalarning keng jalb qilinishi natijasida nafaqat iqtisodiy o’sish sur’atlarining oshishi, balki iqtisodiyot tarkibida muhim sifat o’zgarishlarining yuz berishi ta’minlandi. Tarkibiy o’zgarishlar borasidagi siyosatning izchil amalga oshirilishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti tarkibi diversifikatsiya qilindi. Mamlakat yalpi ichki mahsulot tarkibida qishloq xo’jaligi mahsulotlarining ulushi katta bo’lsa, bu mamlakat agrar iqtisodiyotli mamlakat hisoblanadi. Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakat YaIM tarkibida qishloq xo’jaligi katta ulushni tashkil etgan (1995 yilda 32,4 %, 2000 yilda 34,4 %) shuning uchun ham mamlakatimiz agroindustrial mamlakat hisoblangan. Mamlakat yaIM tarkibida sanoat tarmoqlari mahsulotlari hajmi katta ulushni tashkil etsa, bunday mamlakatlar industrial iqtisodiyotli (Yevropa mamlakatlari, AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya va shu kabilar) mamlakatlar hisoblanadi. O’zbekiston hukumati iqtisodiyotni (xususan sanoat tarmoqlarini) rivojlantirish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida sanoat tarmoqlari yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Natijada mamalakat YaIM hajmi tarkibida sanoat mahsulotlarining ulushi 1995 yildagi 27,8 foizdan (qurilish bilan birga), 2016 yilga kelib 32,9 foizga yetdi. Bu mamlakatimiz iqtisodiyoti industrial-agrar ekanligini bildiradi (10.2-rasm). Shu bilan birga, xizmatlar sohasining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti, bandlik va aholi daromadlari o’sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Xizmat ko’rsatish va servis sohasini isloh qilish bo’yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilish natijasida, mazkur tarmoq qisqa muddat ichida iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylandi. Xizmatlar sohasining YaIM dagi ulushi 1995 yildagi 39,8 foizdan 2016 yilda 49,5 foizgacha oshdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling