Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


 Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

10.4. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi 
MHTdagi sektorlar hisoblari, hamda iqtisod tarmoqlaridagi hisob axborotlari 
quyidagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlash imkonini beradi. 
 yalpi ichki mahsulot (YaIM) 
 sof ichki mahsulot (SIM) 
 yalpi milliy daromad (YaMD) 
 sof milliy daromad (SMD) 
 pirovard istemol (PI) 
 yalpi foyda (YaF) 
 sof foyda (SF) 
 milliy jamg‘arma (MJ) 
 milliy boylik (MB) va boshqalar. 
YaIM – milliy hisoblar tizimida eng asosiy iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, 
mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum davrda (vaqt ichida) pirovard (oxirgi) 
iste’mol uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatidir. YaIM pirovard 
iste’molni bozor baxolarida, ya’ni transport xarajatlari, soliqlar (aksiz, qqs) qo‘shilgan 
holda xaridor to‘lagan baholarda hisoblanadi.


134 
O‘zbekiston Respublikasi Yalpi ichki mahsulot hajmining dinamikasi 
jadval 
Yillar 
2000 
2005 
2010 
2015 
2016 
2017 
YAIM 
hajmi 
mlrd.so‘m 
3255,6 15923,4 62388,3,2 171369,0 199325,1 249136,4 
Manba: Uzban iqtisodisti. ISAID. T.: O‘zbekiston. 2006. 17 bet va keyingi statistik 
ma’lumotlar 
YaIM – ishlab chiqarish, iqtisodiy rivojlanish darajalarini belgilashda, mehnat 
unumdorligi va boshqa ko‘rsatkichlarni hisoblashda foydalaniladi. 
Yalpi ichki mahsulot – bu mamlakat ichida barcha xo‘jalik birliklari bo‘yicha: 
(moddiy ne’matlar ishlab chiqarishdagi korxonalar, tashkilotlar, xizmat ko‘rsatuvchi 
sohani hamda aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini, yakka tartibda mehnat 
faoliyati natijalari): yaratilgan moddiy ne’matlar va ko‘rsatilgan xizmatlar 
yig‘indisidir. 
SIM – YaIM qiymatidan asosiy kapital iste’moli chiqarib tashlanadi. Yalpi 
milliy daromad – mamlakat rezidentlarining ma’lum davr (vaqt) davomida olgan 
birlamchi daromadlari yig‘indisidir. 
YaMD – YaIMdan sifat jihatdan ham, miqdor jihatidan ham farq qiladi. 
YaMDning YaIM dan farqi shundaki, YaIM pirovard iste’mol uchun bo‘lgan 
tovarlar va xizmatlar bo‘lsa (ya’ni yaratilgan qo‘shilgan qiymatni ifodalasa) YaMD 
mamlakat rezedentlari shu mamlakatda va chetda tovar ishlab chiqarish, xizmat 
ko‘rsatishdan oladigan birlamchi daromadlarining yig‘indisidir. 
Miqdor jihatdan YaMD bilan YaIM ning farqi chet davlatlardan olingan va chet 
davlatlarga to‘langan birlamchi daromadlar saldosidan iboratdir. 
MHT da birlamchi daromadlarga mehnat haqqi, sub’ektlar foydasi, xususiy 
mulkdan oladigan daromad, hamda soliqlar kiradi. 
Sof milliy daromad (SMD) yangidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar 
qiymatining yig‘indisidir. 
SMD = YaMD – A. Asosiy vositalar iste’moli 
SMD = SIM + 

1
D. 
Sof milliy daromad daromadlarning shaklanishi bo‘yicha quyidagicha 
aniqlanadi: SMD = MX+ICHS+ YaF. 
MX – mehnat haqqi: ICHS - ishlab chiqarish sof soliqlari, YaF-yalpi foyda. 
Demak sof milliy daromad uni yaratishda ishtirok etganlar o‘rtasida: xodimlarga 
– ish haqqi, kapital egasiga – foyda, yer egasiga – renta qimmatbaho qog‘oz egasiga – 
divident yoki foiz, tadbirkorga - foyda sifatida taqsimlanadi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling