128
uy xo‘jaligi sektori;
uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat (ijtimoiy) muassasalar sektori;
Tashqi iqtisodiy aloqalar sektori.
Nomoliyaviy korxonalar guruhi turli mulkga (davlat, jamoa, aksioner, xususiy va
shu kabi) asoslangan korxonalarni o‘z ichiga oladi. Ular mahsulot ishlab chiqaruvchi
va xizmat ko‘rsatuvchi turli korxonalardir.
Moliyaviy tashkilotlar guruhiga markaziy va boshqa tijorat banklari, kredit hamda
sug‘urta muassasalari kiradi.
«Uy xo‘jaligi» guruhi mustaqil yuridik maqomga ega bo‘lmagan
ishlab
chiqaruvchilarni ya’ni ishchi va xizmatchilarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari, turli
xunarmand – kosiblarni o‘z ichiga oladi.
Uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat (ijtimoiy) tashkilotlar guruhiga fan,
sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at, dam olish uylari
sanatoriylar hamda jamoa
tashkilotlari kiradi.
Shunday qilib, MHTda behisob miqdordagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning
barchasi beshta nisbatan bir xil guruhlarga - sektorlarga birlashtirilgan. MHTda har bir
sektor uchun andozaviy hisoblamalar yig‘indisidan foydalaniladi va quyidagi
operatsiyalar: Tovar
va xizmatlar ishlab chiqarish, daromadlarni hosil bo‘lishi,
daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, ularni saqlash va jamg‘arish, moliyaviy
aktivlarni sotib olish va moliyaviy majburiyatlar olish kabilar hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: