Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Jamg‘arish hisoblamalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

Jamg‘arish hisoblamalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

kapital bilan operatsiyalar hisoblamalari

moliyaviy hisoblama; 

aktiv va passivlardagi boshqa o‘zgarishlar hisoblamalari; 
a) 
aktiv va passivlardagi boshqa o‘zgarishlar hisoblamalari; 
b) 
aktiv va passivlarni qayta baholash hisoblamalari. 
Aktiv va passivlar balanslari o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 

davr boshidagi aktiv va passivlar balansi; 

davr oxiridagi aktiv va passivlar balansi. 
Joriy hisoblamalar quyidagi korinishda bo’ladi. 
Umuman olganda BMT tomonidan qabul qilingan milliy hisoblar tizimining 
yangi standarti (MHT-93) 700 sahifadan iborat bo’lib, 21bob va 600 ga yaqin bir-
biriga bog’liq hisoblamalarni o’z ichiga oladi.
2
 
10.3. Ishlab chiqarish hisoblamasining ko’rsatkichlari 
Ishlab chiqarish hisoblamasi ishlab chiqarish natijalarini yoritish uchun 
mo‘ljallangan. Keng ma’noda ishlab chiqarish - ishlab chiqarilgan barcha tovar va 
xizmatlar qiymatini aks ettiradi. Uni hisoblash jarayonida ishlab chiqarishning o‘zida 
sarflangan tovar va xizmatlar qiymati ayirib tashlanmaydi. Shuning uchun ishlab 
chiqarish tarkibida takrolanishlar mavjud bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish hisoblamasi 
Foydalanish 
Resurslar 
2. 
Oraliq iste’mol 
3. 
YAlpi qo‘shilgan qiymat (1-2) 
1. Ishlab chiqarilgan barcha 
mahsulotlar va ko’rsatilgan 
xizmatlar qiymati 
Jami foydalanilgan 
Resurslar jami 
2
Soatov N.M. Statistika. Darslik T:. “Abu Aliy Ibin Sino” nashriyoti , 2003y 663 bet 


130 
Bu hisoblamadan ko’rinib turibdiki, balans usulidan foydalanib makrodarajada 
yalpi qo’shilgan qiymat hajmi aniqlanmoqda. Demak hisoblamani qo’llashdan asosiy 
maqsad yalpi qo’shilgan qiymat hajmini toppish ekan. 


Iqtisodiyotning har xil sektor va tarmoqlarda har xil usullarda hisoblangan ishlab 
chiqarish hajmi bir-biridan farq qiladi. Masalan, nomoliyaviy sektorda ishlab chiqarish 
hajmi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: 
YaIM=SMX-TMZ; 
Bunda YaIM - yalpi ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar 
qiymati; 
CMX - sotilgan mahsulotlar va xizmatlar hajmi; 
TMZ - ishlab chiqarilgan, lekin sotilmay qolgan tayyor mahsulotlar 
zahiralarining va tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i o’zgarishi. 
Ma’lumki tijorat banklari sub’yektlarning bo’sh pul mablag’larini saqlash va 
ularga foiz to’laydi. Banklar bu jamg’armalarni mijozlarga kreditga berib, yuqori foiz 
oladi. Shuning uchun ham bank muassasalarining ishlab chiqarish hajmi quyidagi 
formula bo‘yicha aniqlanadi: 
ICHX=F
1
-F

Bunda ICHX - banklarning ishlab chiqarish hajmi 
F
1
- mablag‘larni jalb qilgani va kredit olgani uchun mijozlarning banklarga 
to‘lagan foizlari 
F
0
- banklar tomonidan bo’sh mablag’larni depozitlarga jalb etgani uchun 
banklarning xaridorlarga to‘lagan foizlari. 
Demak, banklar resurslarni saqlovchilar bilan investorlar orasidagi vositachi 
rolini o‘ynaydilar. Aytish lozimki moliyaviy vositalarning ishlab chiqarish hajmiga 
xaridorlarning quyidagi xizmatlar uchun to‘lovlari: boyliklarni seyflarda saqlash, 
investitsiyalash bo‘yicha berilgan maslahatlar, valyuta almashtirish va h.k. ham 
qo‘shiladi. 
Moliyaviy muassasalar sektoriga kiruvchi sug‘urta kompaniyalar mahsulot hajmi 
quyidagicha aniqlanadi: 
ICHX=SM-SQ+F-TR 
Bunda, SM - sug‘urta kompaniyalarga to‘langan sug‘urta mablag’lari 
Ishlab chiqarilgan 
barcha mahsulotlar va 
ko’rsatilgan xizmatlar 
qiymati (joriy yida 
sanoat korxonalari, 
qishloq xo’jaligi 
dehqon va fermer 
xo‘jaliklari, qurilish 
tashkilotlari va barcha 
xizmat ko’rsatuvchi 
tarmoqlar tomonidan 
ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar (tovarlar) 
va ko'rsatilgan 
xizmatlar qiymatidir) 
Oraliq iste’moli 
(bu joriy yilda 
yangi tayyor 
mahsulotlar 
ishlab chiqarish 
va xizmat 
ko’rsatish uchun 
homashyo 
sifatida 
ishlatilgan 
(sarflangan) 
mahsulotlar 
qiymatidir) 
Yalpi qo’shilgan 
qiymat (bu 
mahsulotlarni ishlab 
chiqarish va 
xizmatlar ko’rsatish 
jarayonlarida 
yangidan yaratilgan 
qiymatdir. Bu 
qiymat ishchi 
xodimlarga mehnat 
haqi, ijtimoiy 
sug’urtaga ajratma, 
davlat byudjetiga 
soliqlar, ishlab 
chiqaruvchilar va 
sotuvchilar foydalari 
kabilarga 
taqsimlanadi) 


131 
SQ - sug‘urta kompaniyalari to‘lagan sug‘urta qoplamalari 
F - sug‘urta kompaniyalari tomonidan qimmatbaho qog‘ozlarni va boshqa 
moliyaviy mablag‘larni investitsiyalashdan olingan foizlari 
MP - sug‘urtalangan texnik zahiralar hajmining o’zgarishi. 
Oraliq iste’mol joriy yilda yangi tovar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish 
jarayonida sarflangan tayor mahsulotlar va xizmatlar qiymati, masalan, ishlab 
chiqarishda sarflangan xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asbob-uskunalar 
qiymati, shuningdek, reklama agentliklari, yuridik konsultatsiyalar, transport 
agentliklari va h.k. xizmatlari uchun to‘lovlar va h.k. Misol: non tayorlash uchun non 
zavodida homashyo sifatida ishlatilgan un qiymati.
Asosiy vositalar eskirishi (iste’moli) oraliq iste’mol hisoblanmaydi. Oraliq 
iste’mol qiymati oxirgi foydalanish bahosida hisoblanadi va unga barcha savdo-
transport ustamalari ham qo‘shiladi. 
Yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) - iqtisodiy faoliyatning muhim ko‘rsatkichi 
bo‘lib, u ishlab chiqarish hisoblamasining balanslashtiruvchi moddasi hisoblanadi va 
ishlab chiqarish bilan oraliq iste’mol orasidagi farq sifatida aniqlanadi. Agar ishlab 
chiqarish asosiy baholarda (mahsulotlarga subsidiyalar qo‘shilib, soliqlar ayrilgan 
holda) baholangan bo‘lsa, YaQQ ham shu baholarda baholanadi, agar u ishlab 
chiqaruvchi bahosida baholangan bo‘lsa (mahsulotlarga soliqlar qo‘shilib, lekin 
qo‘shilgan qiymat soliqlari, subsidiyalarni hisobga olmagan holda) YaQQ xam shu 
baholarda baholanadi. Keng ma’noda barcha sektor va tarmoqlar YaQQ yig‘indisi 
Yalpi ichki mahsulotga teng. Ammo amalda YaIM va YaQQni baholashdagi o‘ziga 
xos xususiyatlarni e’tiborga olib ular orasidagi bog‘lanishni quyidagicha izohlash 
mumkin: 
YAIM=YQQ+N-S 
Bunda YAIM - yalpi ichki mahsulot 
YQQ - asosiy baholarda hisoblangan iqtisodiy barcha sektorlarning yalpi 
qo‘shilgan qiymati 
N - mahsulotlarga bo‘lgan barcha soliqlar summasi S - mahsulotlarga bo‘lgan 
subsidiyalar 
Yalpi qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichiga asosiy kapital iste’moli xarajatlari ham 
qo‘shilgani uchun uni yalpi ko‘rsatkich deyiladi. Asli uni qo‘shilmaslik kerak edi, 
ammo uning hajmini MHT talabi darajsida yoki tiklashdagi qiymati bo‘yicha doim 
ham aniqlab bo‘lmaydi. 
Daromadlarni hosil bo‘lishi hisoblamasi YaQQni qanday elementlarga ajralishini 
ko‘rsatadi. YaQQning asosiy elementlari hisoblamasining chap qismida keltiriladi. 
I. 
Daromadlarni hosil bo‘lishi hisoblamasi 
Foydalanish 
Resurslar 


132 
2. 
Ish haqqi 
3. 
Ishlab chiqarishga boshqa soliqar 
4. 
Asosiy kapital istemoli 
5. 
Foyda (aralash daromad) 1-2-3-4 
1. Yalpi qo‘shilgan qiymat 
Jami foydalanilgan 
Jami resurslar 
Ish haqqi ko’rsatkichiga hisoblangan barcha ish haqqi va ijtimoiy sug‘urtaga 
ajratmalar kiradi. Ish xaqqi YaQQni yaratishda qatnashgan rezidentlar va 
norezidentlarga ustamalar bilan to‘langan ish haqqini bildiradi.
Ishlab chiqarishga boshqa soliqlar - ishlab chiqarishning ayrim omillariga 
soliqlar: er, imorat, transport vositalari, ish xaqqi fondiga. Bu modda sof asosda qayd 
etiladi, ya’ni ishlab chiqarishga bo‘lgan boshqa subsidiyalar ayriladi. 
Asosiy kapital iste’moli - asosiy vositalarning qayta tiklashdagi bahosi bo‘yicha 
hisoblangan amortizatsiya summasi. 
Yalpi foyda - bu modda nomoliyaviy va moliyaviy korporatsiyalarning 
daromadlarini hosil bo‘lishi hisoblamasida paydo bo‘ladi. Yalpi foyda yalpi qo’shilgan 
qiymatdan barcha hisoblangan mehnat xaqi, ishlabchiqarish va importga qo’yilgan 
soliqlar sumasini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi. Yalpi foyda sumasidan asosiy 
vositalar amartizatsiya sumasini ayirib tashlasak sof foyda qoladi.
Aralash daromad - nokorporativ korxonalar uchun balanslashtiruvchi modda 
bo‘lib, u uy xo‘jaligi sektorining daromadlarini tashkil topishi hisoblamasida paydo 
bo‘ladi. Uy xo‘jaligi tarkibida nokorporativ korxonalar (kichik fermarlar, kichik 
ustaxonalar, restoran va magazinlar, ularda oila a’zolari xizmat qiladilar) ham bo‘ladi. 
III. Daromadlarni birlamchi taqsimlash. 
Foydalanish 
Resurslar 
5. 
Mulkdan olingan daromadlar (to‘langan) 
6. 
Birlamchi daromadlar qoldig‘i 
(1+2+3+4-5) 
1. 
Foyda (aralash daromad) 
2. 
Mulkdan olingan daromad 
3. 
Ishlab chiqarish va import soliqlari 
4. 
Ish haqi 
Jami foydalanilgan 
Jami resurslar 
Daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasi ishlab chiqaruvchi sektorlarda 
olingan birlamchi daromadlarni kelib tushishi va ularni qabul qiluvchi sektorlarga 
o‘tkazilish jarayonini ko‘rsatishdan iborat. Uning o‘ng tomonida olingan birlamchi 
daromadlar chap tomonida esa - mulkdan olingan daromadlarning to‘lanishi va 
balanslashtiruvchi mldda - birlamchi daromadlar qoldig‘i keltiriladi. 
Mulkdan olingan daromadlar - iqtisodiyotning barcha sektorlarida olingan 
birlamchi daromadlar: foizlar, devidentlar, renta, bevosita xorij investitsiyalaridan 
olingan daromadlar. Lekin yashaladigan va yashalmaydigan binolar uchun ijara xaqqi 
mulkdan olingan daromad emas, balki xizmatlar uchun to‘lovlar sifatida qaraladi. 
Ishlab chiqarish va import soliqlari – davlat tomonidan olingan (budjetga )


133 
birlamchi daromadlardir .
Ish haqqi - o‘z mamlakati va xorij davlati YAIMni yaratishda ishtirok etgani 
uchun mamlakat rezidentlariga to‘langan ish xaqqi. SHunday qilib, hisoblamadagi ish 
xaqqi, daromadlarni hosil bo‘lishi hisoblamasidagi ish xaqqiga teng kelmaydi, chunki 
unda shu mamlakat YAIMni yaratishda qatnashganlar rezident va norezidentlarga 
to‘langan to‘lovlar kiradi. 
Milliy daromad, shu mamlakat rezidentlari tomonidan olingan birlamchi 
daromadlar yig‘indisini beradi. Milliy daromad ham yalpi asosda, ham sof asosda 
aniqlanishi mumkin (asosiy kapital istemolini hisobga olgan va olmagan holda). Yalpi 
asosda hisoblangan YAlpi milliy daromad deb, sof asosda hisoblangan esa sof milliy 
daromad deb ataladi. 
Yuqorida qayd qilinganidek, YaIM bilan YaMD ko‘rsatkichlari orasidagi farq, 
shu mamlakat rezidentlarining xorijdan olgan daromadlari qoldig‘idan tashkil topadi. 
Odatga ko‘ra, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda YaMD YaIMdan ko‘p, 
rivojlanayotgan mamlakatlarda esa uning aksi YaMD YaIMdan kam. Bunga sabab, 
rivojlangan mamlakatlar, xorijga qo‘yilgan investitsiyalardan ko‘proq daromad 
oladilar. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling