Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
YaIM = (MR+XR)-OI.
Misol: ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bozor bahosidagi qiymati MR = 1092,6 birlik. Ko‘rsatilgan barcha xizmatlar qiymati XR = 900, 2 br. Mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatilgan xom ashyo va boshqa oraliq iste’moli (OI)ning bozor baholaridagi qiymati = 546,3br. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarflangan OI = 474,4 YaIM = 1092,6 + 900,2 – 546,3 – 474,4 =972,1 YaIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash MXTning ishlab chiqarish hisoblamasida aniqlanadi. Mamlakatda minglab mahsulot ishlab chiqarish korxonalari (zavod, fabrika, firma va shu kabilar) mavjud bo’lib, ular juda ko’p turdagi mahsulot, tovarlar ishlab chiqaradi. Bundan tashqari xizmat sohasi ham bozor munosabatlari sharoitida yuqori sur’atlar bilan rivojlanib, ularning turlari yildan-yilga kengayib bormoqda. Shuning uchun ham makrodarajada YaIM hajmini aniqlash murakkab jarayondir. Hurmatli o’quvchilarga tushunarli bo’lishi uchun shartli raqamga asoslangan bir oddiy misolda YaIM ning qanday hosil bo’lishini tushuntirib beraylik. Misol: Bir buxanka nonning sotish bahosi 750 so’m. Non zavodida bu buxanka nonni ishlab chiqarish uchun homashyo sifatida un, tuz, yog’, va xamirturish ishlatildi. Gaz, svet, suvdan foydalanildi. Bu ishlatilgan narsalarning qiymati 350 so’m bo’lsin (avvaldan bor qiymat). Qolgan 400 so’m (750-350 so’m) nonni ishlab chiqarish jarayonida qo’shildi. Bu 400 so’m ishchilarga to’langan ish haqi, ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar, soliqlar, ishlab chiqarish va sotish foydalarini tashkil etadi. Shuning uchun ham MXT da 350 so’mni oraliq iste’mol, 400 so’mni esa qo’shilgan qiymat deyiladi (ayrim adabiyotlarda 350 so’m bor bo’lgan qiymat, 400 so’m esa yangidan yaratilgan qiymat). Yalpi ishlab chiqarilgan mahsulot ko’rsatkichida nonga ishlatilgan bug’doyning qiymati (200 so’m bo’lsin) unning qiymati 350 so’m va nonning qiymati hisoblanib jami 1300 (200+350+750) hisoblanar edi. Chunki bug’doy qishloq xo’jaligining ishlab chiqargan mahsuloti, non esa non zavodining tayyor mahsuloti. Lekin shu 750 so’mda bug’doyning ham unning ham qiymati qo’shilgan. Shuning uchun ham YaIM yalpi ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmidan tubdan farq qiladi. YaIM hajmida oraliq iste’mol qilingan qiymatlar takrorlanmaydi. YaIM hajmi joriy davrda (yilda) barcha faoliyat yurituvchi sub’yektlar tomonidan ishlab chiqarilgan va iste’mol qilingan tovarlar (mahsulotlar) va xizmatlarning bozor (joriy) baholardagi qiymatlarining yig’indisidir. Mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlarida qo’shilgan qiymat (yangidan yaratilgan qiymat) mamlakat milliy daromadining asosini tashkil etadi. Mamlakat milliy daromadi esa o’z navbatida YaIM hajmining asosini tashkil etadi. Shunday qilib YaIM hajmi milliy daromadga (qo’shilgan qiymatga) ishlab chiqarishga va importga soliqlarni (N) qo’shib, ularga berilgan subsidiyalarni (S) ayrilganiga teng. YaIM= YaM – OI +N-S 141 Bu yerda YaM – yalpi ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar hajmi. Mamlakatlarning YaIM hajmining aholi jon boshiga to’g’ri kelishga qarab (rivojlangan mamlakatlarda YaMM) aholi turmush darajasi belgilanadi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling