Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

 
 
12.6. Xodimlar mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari 
 
Mehnat unumdorligi ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi muhim 
iqtisodiy ko‘rsatkichdir. Korxonalarda mehnat unumdorligi ma’lum vaqt ichida ishlab 
chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini shu 
mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqtga bo‘lib topiladi. Bu 
ko‘rsatkichning teskarisi bo‘lib ma’lum miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun 
sarflangan vaqt (mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt) sifatida ham 
aniqlash mumkin. Bundan tashqari har bir xodimga to‘g‘ri keladigan (yoki ishchiga) 
ishlab chiqarilgan mahsulot ham xodimning (ishchining) o‘rtacha mehnat 
unumdorligini bildiradi. 
Bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulot (ko‘rsatilgan xizmatlar)natural (kg, metr, 
kabi), shartli natura va qiymat o‘lchovdagi ko‘rsatkichlari qo‘llanishi mumkin. Natura 
ko‘rsatkichlarida mehnat unumdorligini aniqlash va o‘zgarishlarini o‘rganish yaxshi, 
ayniqsa narxning ta’siri bunda bo‘lmaydi, lekin chegaralangan chunki mehnat 


165 
unumdorligini natura ko‘rsatkichda faqat bir xil (tur)dagi mahsulot ishlab chiqarishda 
aniqlash mumkin. 
Mehnat unumdorligini (V) natura o‘lchovida ishlab chiqarilgan mahsulot 
miqdorini (G) ja’mi sarflangan vaqtiga (T) bo‘lib topamiz. 
V = 
Т
G



Mehnat unumdorligi qiymat o‘lchovida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini 
(Σqp) sarflangan vaqtga bo‘lib topiladi. 
V =
Т
qp


; ularning indeksi 
Ularning davrlar bo‘yicha o‘zgarishi ya’ni dinamik indeksi. 
Jv = 
Vo
V1

1
1
1
Т
p
q


:
Тo
p
q





Mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqt kishi-minut, kishi-soat, kishi-
kunlarda ifodalanishi mumkin. 
Mehnat unumdorligi o‘rganilganda yuqoridagi ko‘rsatkichlarga asosan: natural 
usulda: a) sarflangan vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, misol 1 soatda 
terilgan paxta, tayyorlangan non mahsuloti; b) bir xodimga to‘g‘ri keladigan ishlab 
chiqarilgan mahsulot, misol bir terimchiga to‘g‘ri keladigan terilgan paxta, bir xodimga 
to‘g‘ri keladigan non mahsuloti (kg, tonna); v) bir ishchiga to‘g‘ri keladigan ishlab 
chiqarilgan mahsulot miqdori. Shartli natural va qiymat o‘lchovlarida ham bu 
ko‘rsatkichlar aniqlanadi va o‘rganiladi. Statistikada bu ko‘rsatkichlar holati o‘rganilib 
qolmasdan, korxonalarda mehnat unumdorligi qanday o‘zgarayotganligi aniqlash 
uchun, ularning dinamikasi ya’ni ma’lum vaqt-davr mobaynida (oy, chorak, yil) 
o‘zgarishi ham aniqlanadi va o‘rganiladi. Mehnat unumdorligi dinamikasi iqtisodiy 
indekslar yordamida o‘rganiladi. Bunda o‘zgaruvchan va doimiy tarkibli indekslar
hamda tarkibiy o‘zgarishlar (siljishlar) indekslaridan foydalaniladi. Natijada mehnat 
unumdorligiga ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi va uning tarkibi o‘zgarishning, 
hamda narx o‘zgarishining ta’siri aniqlanadi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling