12.3. Aholining ish bilan bandligi va ishsizlar statistikasi
Xalqaro statistik andozalarda iqtisodiy faol aholi tushunchasi bo‘lib, mahsulot
ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun ish kuchini (mehnatini) taklif qilishga
tayyor kishilardir.
Iqtisodiy faol aholi xalq xo‘jaligi turli tarmoqlarida mehnat qilish bilan band
bo‘ladi. Lekin turli sabablarga ko‘ra ishlamasdan yurgan iqtisodiy faol aholi bo‘lishi
mumkin, ularni ishsizlar deyiladi. Demak iqtisodiy faol aholini ish bilan band va
ishsizlar guruhlariga ajratish lozim.
Ish bilan band aholiga turli mulk shakliga asoslangan (davlat korxona va
tashkilotlarida, shirkat va aksioner jamiyatlarda, qo‘shma korxonalarda, dehqon-
fermer xo‘jaliklarida va shu kabilar) korxona va tashkilotlarda yollanma ishchi sifatida
ishlab mehnat haqqi olayotgan, hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘z xo‘jaliklarida
ishlayotgan shaxslar kiradi.
160
TALABLAR
TAKLIFLAR
1
Sanoat
korxonalari
Talab
Taklif
Oliy uquv yurti
bitiruvchilari
2
Qishloq va
o‘rmon
xo‘jaliklari
Talab
M
EHN
A
T BO
Z
OR
I
Kasb-hunar
3
Qurilish
tashkilotlari
Do'stlaringiz bilan baham: |