Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Milliy boylik mohiyati va turlari
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy boylik
13.1. Milliy boylik mohiyati va turlari Milliy boylik kishilar mehnati tufayli to‘plangan moddiy, moliyaviy va ma’naviy boyliklar va tabiatdan yaratilgan tabiiy boyliklar yig‘indisidir. Milliy boylik hajmi ma’lum sanalarga aniqlanib, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy qudratini belgilaydi. Milliy boylikni hartomonlama chuqur o`rganish uchun, uni turli belgilari bo`yicha guruhlarga ajratib, o`rganish lozim. 1. Milliy boyliklar yaratilish manbai jihatdan 2 katta guruhga bo‘linadi: a. Tabiiy boyliklar. b. Inson mehnati tufayli shu davrgacha yaratilgan barcha moddiy, moliyaviy va ma’naviy boyliklar. Tabiiy boyliklarga qazilma boyliklar zahiralari, gidroenergetika resurslari, hayvonot va o‘simlik dunyosi, o‘rmonlar va shu kabilar kiradi. Shunday qilib, milliy boylik, tabiiy boyliklar, hamda jami inson mehnati bilan yig‘ilgan moddiy boyliklar va moliyaviy boyliklarning yig‘indisidan iborat ekan. Shunday qilib milliy boylik: MB=AF+AM+ASHM+TB yoki: MB=TB+IMTYMB+MR dan iborat. Bu yerda: IMTIMB-inson mehnati tufayli yig‘ilgan moddiy boyliklar. MR-moliyaviy resurslar. 170 MB-milliy boyliklar hajmi; AV – asosiy vositalar hajmi; AM – aylanma mablag‘lar hajmi; AshM – aholining shaxsiy mulki. Moddiy boyliklar tarkibiga turli xil asosiy vositalar va aylanma mablag‘lar kiradi. Moliyaviy resurslarga – naqd pullar, depozitlar, oltinlar, qimmatli qog‘ozlar kiradi. Ma’lumki O‘zbekiston tabiiy boyliklarga boy mamlakat. O‘zbekiston oltin, rangli metallar, tabiiy gaz, uran, zahiralari va ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarda turadi. Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlarida oltin va rangli metallar tayyorlanadi. Farg‘ona va Qarovulbozor neftni qayta ishlash zavodlarida neft mahsulotlari, Sho‘rtan va Kandim gaz-kimyo majmualarida tabiiy gaz qayta ishlanib gaz mahsulotlari ishlab chiqariladi. O‘zbekistondagi yovvoyi o‘ simliklarning ko‘plari dorivor. Shuning uchun ham Respublika Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 3 maydagi farmoniga asosan mamlakatimiz hududida dorivor o‘simliklarni qayta ishlab dori tayyorlaydigan erkin iqtisodiy zonalar (“Nukus- farm”, “Zomin-farm”, “Koson-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonlik- farm”, “Parket-farm”) tashkil etildi. Qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga qarab Milliy boylik (MB) 2 guruhga. a. Ishlab chiqarish sohasidagi MB: = sanoat.Qishloq xo’jaligi, transport, qurilish va shu kabilar kiradi. b. Noishlab chiqarish sohasidagi M.B. = sog‘liqni saqlash, ma’orif va madaniyat, mudofaa, fizkultura va sport kabilarga guruhlanadi. Tabiiy resurslar: tiklanadigan: o‘rmon, yer, suv, elektroenergiya tiklanmaydigan: temir, ko‘mir, oltin foydali qazilmalari. Milliy boyliklar yaratilish manbaiga qarab quyidagicha guruhlanadi: Milliy boylik Tabiiy boyliklar Insoniyat tomonidan yaratilgan, jamg‘arilgan boyliklar Tabiiy qazilma boyliklar Asosiy vositalar Yer va o‘rmonlar Aylanma mablag‘lar Suv resurslari Madaniy-ma’naviy boyliklar Xayvonlar Aholining shahsiy mulki Va shu kabilar Davlat va fuqoralarning xorijdagi mulki 171 2. Tarmoqlar bo‘yicha: sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish, sog‘liqni saqlash va boshqa tarmoqlaridagi boyliklar. 3. Regionlar bo‘yicha: barcha viloyat, Qorag‘alpog‘iston Respublikasi, tumanlar boyliklari, uy xo’jaligi boyliklariga guruhlanadi. 4. Mulk shakli bo‘yicha: davlat mulki boyliklari, aksionerlik jamiyati boyliklari, xususiy mulk va shu kabilar. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling